17. Jismoniy shaxslarning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga necha foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi?
A) 12 foiz
B) 15 foiz
C) 5 foiz
D) 10 foiz
18. Quyidagi jismoniy shaxslardan qaysi biri yer solig‘idan ozod etilmagan?
A) uchala darajali shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar
B) i va ii guruh nogironlari
C) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar
D) yolg‘iz bo‘lmagan, boquvchisi bor pensionerlar
19. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydigan qatorni toping?
A) notijorat tashkilotlar tomonidan tijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari
B) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari
C) dehqon xo‘jaliklari tomonidan foydalaniladigan yer osti suv resurslari
D) fermer xo‘jaliklari tomonidan foydalaniladigan yer osti suv resurslari
20. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati..........
A) soliq imtiyozi
B) soliq obyekti
C) soliq stavkasi
D) soliq bazasi
21. Belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi soliq to‘lovchilarning ... hisoblanadi.
A) majburiyatlari
B) xuquqlari
C) ixtiyoriy amalga oshiradigan faoliyati
D) barchasi to‘g‘ri
22. «Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir». Ushbu fikr soliq solishning qaysi prinsipini ifodalaydi?
A) majburiylik prinsipi
B) adolatlilik prinsipi
C) soliq tizimining yagonaligi prinsipi
D) oshkoralik prinsipi
23. «Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas». Ushbu fikr soliq solishning qaysi prinsipini ifodalaydi?
A) majburiylik prinsipi
B) adolatlilik prinsipi
C) soliq tizimining yagonaligi prinsipi
D) oshkoralik prinsipi
Do'stlaringiz bilan baham: |