Soliq va soliqqa tortish
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati
Download 127 Kb.
|
Soliq va soliqqa tortish.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlatning yuridik va jismoniy shaxslar bilan yuzaga keladigan pul munosabatlari bilan xarakterlanadi. Bu pul munosabatlari obyektiv shartlidir va o`ziga xos ijtimoiy massadga - pul mablag`larining davlat ixtiyorida to`planishiga ega. Shuning uchun soliq suyidagi unga tegishli funksiyalar bilan birga iqtisodiy kategoriya sifatida saralishi mumkin:
· Fiskal - muayyan maqsadlarda foydalanish uchun byudjetga daromadlarning bir qismini olib qo`yish. · Rag`batlantiruvchi - soliq imtiyozlari, sanksiyalari yordamida texnik taraqqiyot, kapital qo`yilmalar, ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari hal qilinadi. · Tartibga soluvchi - byudjetlar o`rtasidagi va byudjet tizimi ichidagi munosabatlarni tartibga solish. · Taqsimlovchi va qayta taqsimlovchi. Soliq yordamida milliy daromad taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. · Ijtimoiy - soliq imtiyozlari hisobiga ijtimoiy infratuzilma obyektlari qo`llab-quvvatlanadi (ayrim jismoniy va yuridik shaxslarni soliqdan ozod etish). · Nazorat - soliqlar yordamida korxonalarning faoliyatini nazorat qilish, xarajatlar va foydani shakllantirish amalga oshiriladi. Tartibga soluvchi va rag`batlantiruvchi funksiyalar iqtisodiy funksiyalar deb ataladi. Soliqlar funksiyasining bunday chegaralanishi maqsadli xarakter kasb etadi, chunki uning barcha funksiyalari bir-biri bilan chatishib ketadi va bir vaqtning o`zida amalga oshiriladi. Soliq kategoriyasi namoyon bo`lishining aniq shakllari qonun chisaruvchi hukumat organlari belgilaydigan soliq to`lovlari turlaridir. Bugungi kunda soliq tizimi bozor munosabatlari boshlanishini mustahkamlashga amaliy ta`sir etish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko`maklashish va bir vastning o`zida aholining past daromadli qatlamlarining ijtimoiy qashshoslashish yo`liga to`sis bo`lib xizmat qilishga yo`naltirilgandir. Soliqlar davlat faoliyatining barcha yo`nalishlarini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri va davlatning ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirishning iqtisodiy vositasidir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga soliq davlat byudjetini shakllantirish, jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarni soliqqa tortish vositasida rivojlantirishga ta`sir etish usulidir. Shunday silib, davlatning mavjud bo`lishi soliqlar bilan uzviy bog`lis, chunki soliq tushumlari - davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir. Soliqlar, qarzlar bilan birga har qanday mamlakat mavjud bo`lishining manbaidir. Davlatning to`lov qobiliyati va jahon hamjamiyatidagi umumiy mavqei muayyan darajada uning byudjetidagi soliqlar va qarzlar ulushining nisbatiga bog`lisdir. Soliq tushumlari yetarli bo`lmagan hollarda davlat xorijiy davlatlarning kreditlariga murojaat qilishga, mamlakat aholisi o`rtasida qimmatli qog`ozlarni joylashtirishga (ichki qarz olish) va xorijiy investorlar uchun maxsus qog`ozlarni chiqarishga (tashqi qarz) majbur bo`ladi. Dunyoda hech kim soliq to`lashni yoqtirmaydi, lekin birorta davlat ham soliqlarsiz yashay olmaydi. Soliq munosabatlari umumdavlat darajasida daromadlar tizimini yaratish ehtiyojlari mavjudligi sababli yuzaga keladi. Soliqlarsiz byudjet bo`lmaydi. Iqtisodchi olimlar davlat soliq tizimining uchta turini ajratib ko`rsatadilar: Birinchi turi - eng yuqori, ya`ni maksimal soliqlar siyosati, u olish mumkin bo`lgan narsaning, hammasini olish tamoyili bilan xarakterlanadi. Bunda davlatga «soliq tuzog`i» tayyorlab qo`yilgan bo`ladi, soliqlarni oshirish davlat daromadlarining oshishiga olib kelmaydi. Ikkinchi turi – oqilona soliqlar siyosati, bunday siyosat tadbirkorlik uchun qulay soliq iqlimini ta`minlab, uning rivojlanishiga ko`maklashadi. Uchinchi turi - soliq solishning yetarlicha yuqori darajada bo`lishini ko`zda tutadigan soliq siyosati, lekin bunda ijtimoiy himoya ham yetarli bo`ladi. Kuchli iqtisodiyotda yuqorida ko`rsatilgan soliq turlarining barchasi muvaffaqiyatli qo`shib olib boriladi. O`zbekiston uchun soliq tizimida ko`proq birinchi turning uchinchi tur bilan qo`shib yuritilishi xosdir. Turli mamlakatlarda byudjet daromadlarining asosiy qismini aynan soliqlar tashkil etadi. Masalan, Fransiyada soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 95% ni, AQSHda - 90% dan ko`prog`ini, Germaniyada - 80%, Rossida - 93% ga yaqin, O`zbekistonda - taxminan 96% ni shakllantiradi. Davlat byudjeti daromadlarining kattagina qismi bilvosita soliqlar hisobiga shakllantiriladi (1-jadval). 2001 yilda ularning ulushi byudjetga barcha soliq tushumlarining 51,8% ni tashkil etdi. Umuman olganda esa oxirgi yillarda byudjetni shakllantirishda bilvosita soliqlarning roli oshib bormoqda - bu soliq yuki tobora ko`proq yuridik shaxslardan jismoniy shaxslarga o`tkazilayotganligini bildiradi. 1-jadval
Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling