Soliqlar va soliqga torish


) Soliq to‘lovchining oilaviy holatiga ko‘ra


Download 119.61 Kb.
bet2/22
Sana16.06.2023
Hajmi119.61 Kb.
#1500056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy

1) Soliq to‘lovchining oilaviy holatiga ko‘ra:

- individual soliqqa tortish;

- oilaviy soliqqa tortish (soliq oilaning umumiy daromadidan olinadi).

2) Doimiy yoki doimiy bo‘lmagan yashash joyiga ko‘ra:


- doimiy yashovchi rezidentlarning daromadlari qaerdan olinganligidan qat’iy nazar soliqqa tortiladi;

- doimiy bo‘lmagan rezidentlarning mamlakat tashqarisida to‘lanadigan daromadlari soliqqa tortilmaydi;

- norezidentlarning daromadlari faqat ushbu daromad olingan mamlakatda soliqqa tortiladi. 

3) Soliq stavkalariga ko‘ra:

- proporsional soliqqa tortish - daromad miqdoridan qat’iy nazar barcha daromadlar uchun yagona soliq stavkasi qo‘llaniladi;

- progressiv soliqqa tortish - daromadlar oshishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi oshib boradi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undirilmaydigan davlatlar ham mavjud bo‘lib, ularga (14 ta davlat):


  • Bagama orollari

  • Bahrayn, Bermud

  • KXDR, Monako

  • Quvayt, BAA

  • Ummon, Qatar kabilar kiradi.

Soliq kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.


Jismoniy shaxslar tushunchasi

Soliq kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.

Respublikamiz soliq qonunchiligida jismoniy shaxslarni, ular daromadlarini soliqqa tortishda rezidentlik tamoyili qabul qilingan, ya’ni ularning yashash joyidan qat’iy nazar soliq majburiyatlari rezident va norezidentligiga qarab vujudga keladi.

Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.


Rezident jismoniy shaxslar tushunchasi

Download 119.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling