Soliqlar va soliqqa fanidan
II. Kredit tashkilotlarining daromad va xarajatlarini aniqlash tartibi
Download 25.16 Kb.
|
97-2 Maxmudov Elyor SST.htm
II. Kredit tashkilotlarining daromad va xarajatlarini aniqlash tartibi
3. Soliqlarni hisoblash uchun kredit tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari to‘lov vaqti hamda pulning kelib tushishi sanasidan qat’iy nazar, ular qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida aks ettiriladi va quyidagilarga bo‘linadi: Kredit tashkilotlarining daromadlari: a) hisoblangan foizli daromadlar. O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli muddat berilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar shartnomaga asosan olish muddati yetib kelmagunicha kredit tashkilotining soliqqa tortiluvchi daromadi sifatida ko‘rilmaydi. b) foizsiz daromadlar, jumladan: vositachilik haqi va xizmatlar uchun to‘lovlardan olingan daromadlar; xorijiy valyutalardagi foyda; boshqa foizsiz daromadlar. Kredit tashkilotlarining xarajatlari: a) hisoblangan foizli xarajatlar. O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olingan kredit resurslari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida berilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar, shartnomaga asosan to‘lov muddati yetib kelmagunicha kredit tashkilotining xarajati sifatida ko‘rilmaydi. b) foizsiz xarajatlar, jumladan: vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar; xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar; tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar; investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar; boshqa foizsiz xarajatlar; v) kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash; g) foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan operatsion xarajatlar: ish haqi va xodimlar uchun qilingan boshqa xarajatlar; ijara va ta’minot xarajatlari; xizmat safari va transport xarajatlari; ma’muriy xarajatlar; reprezentatsiya va xayriya; eskirish xarajatlari; sug‘urta, soliqlar va boshqa xarajatlar; ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash (kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash bundan mustasno). Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling