Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan xba-84, 85 Joriy nazorati-1


Foyda solig‘i amaliyotining SWOT tahlilini amalga oshiring


Download 15.36 Kb.
bet2/3
Sana28.10.2023
Hajmi15.36 Kb.
#1732542
1   2   3
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

2.Foyda solig‘i amaliyotining SWOT tahlilini amalga oshiring.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga muvofiq, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligini tolashdan toliq ozod qilish korinishidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega bolgan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligini imtiyozlar amal qilish muddati tugagunga qadar ikki baravar pasaytirilgan stavkada tolaydilar. Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi 25.01.2019-y.
Ushbu norma yangi tahrirdagi Soliq kodeksida investitsiyaviy chegirma korinishida berilishi va foyda soligi soliq solish bazasidan bir marta investitsiyaviy xarajatlarning turlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha miqdorda chegirilishi belgilangan SKning 308-moddasi1 yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va yoki texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va yoki axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taminotini sotib olishga yonaltiriladigan mablaglar summalarining 10 foizi miqdorida2 ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yonaltiriladigan mablaglar summasining 5 foizi miqdorida.
Soliq kodeksining 344-moddasiga asosan, Ozbekiston Respublikasi rezidenti bolgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va byudjet tashkilotlariga mablaglarni depozitga joylashtirishidan tolanadigan foizlarga tolov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 333-moddasiga asosan soliq tolovchi zararni ushbu zarar korilgan soliq davridan keyingi on yil mobaynida foyda kelgusiga otkazishni amalga oshirishga haqlidir. Yani, soliq tolovchi korilgan zararni kelgusi davrlardagi foyda soligining soliq solinadigan bazasidan chegirish huquqiga ega. Avval ushbu muddat 5 yil edi.Shuningdek kelgusiga otkazilayotgan zarar summasi foyda soligining soliq solinadigan bazasining 60 foizidan ortiq bolmasligi kerak 50 foiz edi.

Download 15.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling