Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan xba-84, 85 Joriy nazorati-1


Download 15.36 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi15.36 Kb.
#1732542
  1   2   3
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish


Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan
XBA-84, 85
Joriy nazorati-1
1.Quyidagi tushunchalarga ta’rif bering: soliq, yig‘im, soliq funksiyalari, soliqqa tortish tamoyillari.
2.Foyda solig‘i amaliyotining SWOT tahlilini amalga oshiring.
3.Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq imtiyozlarini izohlang.

1.Quyidagi tushunchalarga ta’rif bering: soliq, yig‘im, soliq funksiyalari, soliqqa tortish tamoyillari.


Soliq - Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Yig'im deganda byudjet tizimiga Soliq kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to'lov tushuniladi, bu yig'imning to'lanishi uni to'lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo'ladi.
Soliq funksiyalari .Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqqa tortish tamoyillari. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo’lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo’jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliya rеsurslari to’planishini ta`minlasin. Shuni ham ta`kidlab o’tish lozimki, soliq stavkalari (o’zicha olganda) soliq yuki ko’rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to’lovchi soliq to’lar ekan, davlat tomonidan bеpul xizmatlardan bahramand bo’lgani holda ayni choqda o’zining ba`zi xarajatlarini qisqartiradi.


Download 15.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling