Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Qo’shilgan qiymat solig’ining xorijiy davlatlarda undirishning ijobiy tajribalarini o’zlashtirish masalalari
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
7. Qo’shilgan qiymat solig’ining xorijiy davlatlarda undirishning ijobiy tajribalarini o’zlashtirish masalalari. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son Qonuni asosida Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, soliq davri davomida yalpi tushumi 3 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan, yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan yuridik shaxslar uchun 2019 yil 1 yanvardan boshlab ikki yil muddatga (2021 yil 1 yanvarga qadar) qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi (aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchilar bundan mustasno) joriy etildi.
Soliq kodeksining 2261-moddasiga muvofiq soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning ushbu bobda belgilangan soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish uchun 2261-moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish to‘g‘risida yozma xabarnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi: o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshmagan yuridik shaxslar — joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmasdan; soliq davri davomida yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan yuridik shaxslar — yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan; ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash istagini bildirgan yuridik shaxslar — hisobot davri boshlanishidan bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, o‘z faoliyatini amalga oshirishni boshlagunga qadar. Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga: o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshmagan yuridik shaxslar - hisobot yilining boshidan; soliq davri davomida yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan yuridik shaxslar - yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan oydan keyingi oyning boshidan; ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash istagini bildirgan yuridik shaxslar - hisobot davrining boshidan, yangi tashkil etilganlar esa, faoliyatini boshlagandan o‘tadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 35-40-boblarida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga o‘tish to‘g‘risida yozma xabarnoma taqdim etilgan oydan keyingi oyning boshidan o‘tadi. Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshgan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchilar, yalpi tushumi belgilangan me’yoriy miqdordan oshgan oydan keyingi oyning boshidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga o‘tadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga o‘tilganda yuridik shaxs ushbu tartibga o‘tilgan paytdan e’tiboran tovar-moddiy zaxirasi, uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini Soliq kodeksining 218-moddasida belgilangan talablarni inobatga olgan holda hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibini qo‘llayotgan yoki ushbu tartibga o‘tgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tishga haqli emas. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 37-bobida, boshqa qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida, alohida hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilagan imtiyozlarni qo‘llash huquqiga ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va summasini ko‘rsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchi uchun Soliq kodeksining 218-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish uchun asos bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida kalendar yil soliq davri hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida hisobot davri bir oy hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanadi: 1) Soliq kodeksining 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan oborot. Bunda Soliq kodeksining 38-bobida nazarda tutilgan, nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinmaydigan oborot hisoblanadi. 2) Soliq kodeksining 201-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan import. Realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana Soliq kodeksining 203-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmasdan belgilanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq to‘lovchining soliq solinadigan bazasiga tuzatish kiritish Soliq kodeksining 205-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Soliq solinadigan oborotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan baza va farqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda Soliq kodeksining 39-bobida nazarda tutilgan soliqni hisobga olishni qo‘llamasdan hisoblab chiqariladi. Soliq kodeksiga asosan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan amalga oshiriladigan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan, shuningdek tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini Soliq kodeksining 206 va 207-moddalarida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda Soliq kodeksining 2111-moddasida belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqaradi. Soliq kodeksining 2264-moddasiga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling