Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
6. Aksiz markalari. Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek, aksiz solig‘i to‘liq undirilishi, ko‘rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi 285-son qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalash joriy etildi va ularni aksiz markalarini yopishtirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta‘qiqlandi.
Aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respublika byudjetiga nominal qiymati bo‘yicha buyurtma berilayotgan aksiz markalari miqdorining butun summasini to‘lagach, davlat soliq inspeksiyalariga turlari bo‘yicha aksiz markalarining zarur miqdorini xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari soliq inspeksiyalarining aksiz markalariga doir kelib tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda aksiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi. Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani «Davlat belgisi» Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi. Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar. Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar. «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini: alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymatining 50 foizi to‘langanidan keyin; tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘liq to‘langanidan keyin; tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘laganidan keyin beradilar. Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha xarid qiladigan aksiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika byudjetiga kiritiladi va aksiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aksiz markalarining qiymati hisobiga olinmaydi. Aksiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Davlat belgisi» DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlaydi. «Davlat belgisi» DIChBning aksiz markalarini ishlab chiqarishga doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida qoplaydi. Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas: Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan: respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib kelinadigan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelinadigan; O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan; jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan aksizsiz olib kirish me’yorlari doirasida keltirilayotgan. Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan tamg‘alanmaydi. Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aksiz tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular bo‘yicha umumiy belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘lanadi. Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi: IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan; O‘Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan; 98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil; 01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari; 4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi; 5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi; 98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi; 99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz tovarlari anglatadi. anglatadi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling