6.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari tarkibida aksiz solig‘ining salmog‘i to‘g‘risida ma‘lumot49
Ko’rsatkichlar
|
2017 yil
|
2018 yil
|
2019 yil
|
mlrd.so’m
|
jami nis-n, %da
|
mlrd.so’m
|
jami nis-n, %da
|
mlrd.so’m
|
jami nis-n, %da
|
Davlat maqsadli jamg’armalar daromadlarisiz - jami
|
44469,6
|
100
|
62229,5
|
100
|
|
100
|
Egri soliqlar
|
24285,4
|
54,6
|
33404,3
|
53,7
|
47 029,8
|
45,8
|
Aksiz solig’i
|
6870,8
|
15,5
|
8343,8
|
13,4
|
9 017,5
|
8,8
|
Yuqorida keltirilgan jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Davlat budjeti daromadlari umumiy summasi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Bunga albatta bir qancha omillar ta‘sir kiladi. Masalan, soliq stavkalarining oshirilishi, yangi soliq turlarining joriy etilishi, inflyatsiya, yangi daromad manbalarining yaratilishi va xokazolar. Jadval ma‘lumotlarini tahlil etar ekanmiz, oxirgi yillarda aksiz solig‘i salmog‘ining kamayish tendentsiyasiga egaligini ko‘rishimiz mumkin.
Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendentsiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son “Bozorni iste‘mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan “O‘zJMAvto” aktsionerlik jamiyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste‘mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat budjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika budjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste‘molchilar zimmasida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |