Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Download 2.1 Mb.
bet54/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

3.Aksiz solig‘i stavkalari. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizosti tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. 2018 yilda aksizosti tovarlarga belgilangan soliq stavkalari quyidagilardan iborat:
6.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari50

Tovarlar nomi

Soliq stavkasi

aksiz solig‘i va QQSni
hisobga olmagan holda
sotilgan tovarlar qiymatiga
nisbatan foizlarda

bir o‘lchov
birligiga
so‘mda

1. Etil spirti, shu jumladan oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraktsiyadan texnik etil spirti (1 dal uchun)




9 800

2. Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun):







tabiiy ravishda achitilgan (etil spirti qo‘shilmagan) tabiiy




7 700

boshqa vinolar




13 200

3. Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)




92 500*

4. Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)




84 500**

5. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)




9 200

6. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar




117 900 so‘m/1 000 dona - 4 foiz***

7. Zargarlik buyumlari

25




8. "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ ishlab chiqargan avtomobillar(2)

3




9. Mobil aloqa xizmatlari

15




10. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari

11




11. Neft mahsulotlari:







Ai-80 benzini




32 143 so‘m/tonna

Ai-91, Ai-92, Ai-93 benzini




35 343 so‘m/tonna

Ai-95 benzini




40 889 so‘m/tonna

dizel yoqilg‘isi




27 340 so‘m/tonna

EKO dizel yoqilg‘isi




28 425 so‘m/tonna

aviakerosin




5 058 so‘m/tonna

dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi




20 700 so‘m/tonna

12. Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport(2)

15




13. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz ("O‘ztransgaz" AK mintaqalararo unitar korxonalari orqali aholiga sotiladigan hajmlar bundan mustasno), shu jumladan eksport(2)

26




14. Polietilen granulalar

25




15. Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan(3):







benzin




1 litri uchun 285 so‘m/ 1 tonnasi uchun 378 480 so‘m(4)

dizel yoqilg‘isi




1 litri uchun 285 so‘m/ 1 tonnasi uchun 346 275 so‘m(4)

suyultirilgan gaz




1 litri uchun 285 so‘m/ 1 tonnasi uchun 540 645 so‘m

siqilgan gaz




1 kub metri uchun 360 so‘m

*) Spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lgan konyakka aksiz solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 152 400 so‘m miqdorida belgilanadi..
**) Spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 140 300 so‘m miqdorida belgilanadi.
***) Aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natural ifodadagi aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor stavkasi aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan ishlab chiqaruvchi realizatsiya qilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Izohlar:
1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
2. “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
3. Daval xom ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isi bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalarining miqdorlari benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishga aksiz solig‘ini hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari bo‘yicha import qilinadigan xom ashyodan daval asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilg‘isining hajmi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishga aksiz solig‘ini to‘lovchilar, uni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
4. Benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib, boshqa hollarda esa 1 tonnadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling