Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


-jadval O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning o‘rni2 (foizda)


Download 2.1 Mb.
bet6/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

1.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning o‘rni2 (foizda)


Ko‘rsatkichlar

Yillar

2019 yilda 2015 yilga nisbatan o‘zgarishi, punktda

2015

2016

2017

2018

2019




1.

Davlat budjeti daromadlari – jami

100

100

100

100

100

X


2.

Shu jumladan: -egri soliqlar

52,9

55,1

54,6

53,7

45,8

-7,1

Mazkur tendentsiyaning mavjudligi davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning sababi shundaki, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.


O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarini o‘sish tendentsiyasiga ega ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini budjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog‘ini ta‘minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir.
Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi3.
O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlari tashkil etadi.
Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik shaxs maqomini olganidan tashqari, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad olgan bo‘lishlari zarur yoki tovarlar (ish, xizmatlar) sotishdan oborotga ega bo‘lishlari hamda statistika idoralarida, hokimiyatlardan ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga binoan soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘lingan. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat budjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar asosan budjetga naqd pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslar davlat budjetiga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi:
- jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq;
- mol-mulk solig‘i;
- yer solig‘i;
- jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda daromadiga o‘rnatilgan qat’iy stavkadagi soliq;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlar.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling