Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri
- Soliqlar va sugurta fakulteti dekani: 2020 yil “_____” ______________ ___________i.f.n., dotsent L.Zoyirov Kelishildi
- Soliqlar va soliqqa tortish” fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANIDAN O‘QUV–USLUBIY MAJMUA
KIRISH Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Albatta bunda nafaqat iqtisodiyot tarmoqlari shu bilan birga ta’lim tizimiga masofaviy ta’limni zudlik bilan joriy etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari talabalarga asosiy ta’lim sahifasi hisoblangan PLATONUS platformasi orqali ta’lim bera boshladi. Iqtisod va pedagogika ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tayyorlanayotgan kadrlarning iqtisodiy bilimlarini va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o'ynovchi “Soliqlar va soliqqa tortish” fani o‘qitiladi. Ushbu fanni o‘qitish jarayonida fanning predmeti, vazifalari va maqsadi, yuridik shaxslar tushunchasi, soliqqa tortishning ob'ektiv zarurligi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar turlari, ularni hisoblash va to'lash tartibi, soliq hisobotlarini to'ldirish va taqdim etish muddatlari, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash mexanizmi, soliq imtiyozlari va preferentsiyalar, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq tushumlarining davlat budjetida tutgan o'rni, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish muammolari bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilim berish kabi masalalarni qamrab olgan. Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir. Fanning vazifasi – talabalarni soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir. Shu maqsadda “Soliqlar va soliqqa tortish” fani bo‘yicha o‘qitishning ilg‘or pedogogik texnologiya qoidalari asosida o'quv-uslubiy majmua ishlab chiqilgan. O'quv-uslubiy majmua tarkibi har bir dars mashg'ulotlari uchun ma’ruza, amaliy mashgʻulot, mustaqil ta’lim, glossariy, ilovalardan tashkil topgan. O'quv-uslubiy majmua tarkibi mazmunan quyidagicha ifodalangan: - ma’ruzada har bir mavzu bo'yicha 10-12 bet hajmda matn ishlab chiqilgan hamda foydalanilgan mahalliy va xorijiy manbalar ko'rsatilgan; - amaliy mashgʻulotda nazorat savollari, mavzularga oid masalalar, keys metod topshiriqlari, test topshiriqlari keltirilgan; - mustaqil ta’limda har bir mavzu muammolarini o'zida aks etgan savolnomalar, muammoli vaziyatlarni qamrab olgan topshiriqlar berilgan; - glossariyda mavzular doirasida asosiy tayanch so'z va iboralarning (o'zbek, rus va ingliz tillaridagi) talqinlari keltirilgan; - ilovalarda fan bo’yicha namunaviy dastur, ishchi dastur, fanga oid test variantlari o'rin olgan. “Soliqlar va soliqqa tortish” fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua MUNDARIJASI
Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling