Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 133 Kb.
Sana19.08.2020
Hajmi133 Kb.
#126870
Bog'liq
2019 Кичик бизнес НД


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Ro`yxatga olindi:

_______________________

2019 yil “___” __________





Termiz davlat universiteti

bayonnomasining 2019 yil “__” avgustdagi

__- sonli qarori bilan o`quv jarayonida foydalanishga tavsiya etildi

2019 yil “___” __________



KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK ASOSLARI”
FANINING
O`QUV DASTURI


Bilim sohasi: 200000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi: 230000 - Iqtisod

Ta’lim yo’nalishi: 5230100 - Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)

5231700 - Kadrlar menejmenti


Termiz-2019

Fanning o’quv dasturi Termiz davlat universiteti o’quv-metodik Kengashining 2019 yil “___” avgustdagi “___” - sonli majlisida muhokama etilib, o`quv jarayonida foydalanishga tavsiya etildi.


Fanning o’quv dasturi Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasida ishlab chiqilgan.

Tuzuvchilar:

1. Хatamov O.Q.- TerDU Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, dotsent.

2. Gadoyev S.J. – TerDU Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o’qituvchisi


Taqrizchilar:

1. Avazov E.X. TerDU Moliya kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

2. Mirzayev A.Q. TerDU Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi

Fanning o’quv dasturi Termiz davlat universiteti O’quv uslubiy kengashida tavsiya qilingan( 2019 yil “___” avgustdagi ___ - sonli bayonnoma)



© «Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari (o’quv dasturi)». - T.: TermDU, 2019. – 12 bet.

KIRISH
Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish suratlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish, turmush farovonligini yaxshilash masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda.

Prezidentimiz, SH.M. Mirziyoyev ta`kidlaganlaridek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishdir.1

Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Kichik biznes va tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor vazifa etib belgilandi.

2016 yilning keyingi choragida va 2017 yil joriy oylarida kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo’yicha ko’plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar amaliyotga joriy etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5- oktyabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmoniga asosan, tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida, tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni qisqartirish va ularning faoliyatiga asossiz aralashishning oldini olish sohasida, tadbirkorlik sub’ektlarining javobgarligini yanada liberallashtirish sohasida, moliyaviy hamda soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish sohasida, tadbirkorlarning sud orqali himoya qilinishini kuchaytirish, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash, investitsiyaviy jozibadorligini va respublikaning xalqaro reytingini oshirish sohasida o’zgartirishlar va imtiyozlar berildi.Ushbu farmonga asosan, 2017 yil 3- yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (O’RQ-419-son) qabul qilindi.

Undan tashqari, Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 07- iyundagi “Har bir oila tadbirkor” dasturini amalga oshirish to`g`risidagi Qarori, 2018 yil 27- iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to`g`risidagi 27.06.2018 yil Farmoni va hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan va amalda qo‘llanilayotgan qaror hamda farmoyishlar qilinayotgan ishlarning amaliy davomi sifatida e’tirof etishimish mumkin.



O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishning maqsadi talabalarga kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, ularning milliy iqtisodiyotimizni rivojlan-tirishdagi o’rni va aholining bandlik muammosini hal etishdagi roli to’g’risida nazariy hamda amaliy bilimlar berishdan iboratdir.

Fanni o’qitishning asosiy vazifasi esa mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning o’ziga hos xususiyatlarini, kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy–huquqiy asoslarini hamda ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalarini, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, ularning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta’minlash shakllarini, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining bank, soliq va audit bilan bo’ladigan aloqalarini, axborot bilan ta’minlash usullarini va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llarini talabalarga o’rgatishdan iboratdir.



«Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari» fanini o’rganish natijasida talabalar kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari, kichik biznesni belgilovchi mezonlar, kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari, ularning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning xorijiy mamlakatlar tajribasi, kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari, soliq yukini kamaytirishga qaratilgan soliq siyosati, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’ladilar.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari» talaba tanlov fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmunini, kichik biznes va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o’rnini, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishni, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni, kichik biznes va tadbirkorlikni bank, soliq, sug’urta, bojxona kabi tashkilotlar bilan munosabatlarini, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini bilishi;

  • yangi korxonani tashkil etish, uni davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziya olish tartibi, texnik-iqtisodiy asoslash va va biznes-reja ishlab chiqishni, kichik korxonani boshqarish, kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida marketing faoliyatini tashkil etishning uslubiy asoslari bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi;

kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari haqida, kichik biznes va tadbirkorlikni belgilovchi mezonlar haqida, kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash haqida, kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlashning xorijiy mamlakatlar tajribasi haqida. kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari haqida, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo’yicha malakalariga ega bo’lishi kerak.
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari» fani tanlov fani hisoblanib, o`quv rejaga muvofiq 1-kursning 1, 2- semestrlarida o`qitiladi. Umumkasbiy (mikroiqtisodiyot, statistika, makroiqtisodiyot, mehnat iqtisodiyoti. inson taraqqiyoti, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, menejment, marketing, pul, kredit va banklar, moliyaviy va boshqaruv hisobi, moliya va soliqlar, iqtisodiy tahlil va audit, turizm iqtisodiyoti, sanoat iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, fermer va dehqon xo’jaligi iqtisodiyoti) tanlov fanlar (mutaxassislikka kirish, ASM iqtisodiyoti, korxona iqtisodiyoti, loyiha tahlili, O`zbekiston milliy iqtisodiyoti, innovatsiya iqtisodiyoti, makro-mikroiqtisodiy statistika, kichik biznes va tadbirkorlik asoslari, xalqaro marketing, ishlab chiqarish infratuzilmasi, balans muammolari, amaliy audit, qimmatli qogozlar bozori infratuzilmasi, xizmatlar sohasi iqtisodiyoti, ish yuritish, kapital qurilish iqgisodiyoti, transport iqgisodiyoti) ixtisoslik fanlar (mintaqaviy iqtisodiyot, bozor infratuzilmasi iqgisodiyoti, tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari, biznes reja, iqtisodiy xavfsizlik, logistika, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti), qo’shimcha fanlar (bozor iqgisodiyoti va biznes asoslari, tibbiy bilim asoslari, favqulotda xolatdagi harakatlar, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi, ekonometrikaga kirish) fanlaridan yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

So’nggi vaqtda turli mulkchilik shakldagi korxonalar, tovar ishlab chiqaruvchi savdo va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar ishbilarmonlar, tadbirkorlarning mamalakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga ishonchi ortdi. Ustuvor yo’nalishlardan biri – milliy bozorlarga tovar ishlab chiqarish va sotish borasida eksport salohiyatini oshirish, mamlakatimizdagi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati sohalarida tashqi bozorlarga tovar ishlab chiqarish, sotish va aholiga yetkazish, iste’molchilarni manfaatlarini himoya qilish, eksport salohiyatini oshirish va valyuta zaxiralarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat. Mazkur ustuvor masalaning amalga oshirilishi iqtisodiyotning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini o’sishida xususiy sektor ulushini ko’paytirish orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish va savdo tizimini yanada erkinlashtirishni taqozo etadi. Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun iqtisodchi tadbirkorlardan biznesni xalqaro miqyosda yuritish usullarini bilish va ulardan oqilona foydalana olish talab etiladi. SHuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi.



Fanni o’qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari


Talabalarning «Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari» fanini o’zlashtirishlari uchun ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.

Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua,ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi.

Mavzularni o’tishda “insert”, “blits-so’rov”, “klaster”, “aqliy hujum” kabi usul va texnikalardan keng foydalaniladi. Amaliy va seminar darslarda “zig-zak”, “guruh bo’lib ishlash”, “insert”, “koop-koop” kabi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllaitirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri.

Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.


Axborogni takdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’kuv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta qo’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baxolash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Exsel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
ASOSIY QISM

Fan bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari va ularning mazmunlari
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING MOHIYATI VA MAZMUNI

Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari. Kichik biznes va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o’rni. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar.


KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING

TURLARI, SHAKLLARI HUQUQIY ASOSLARI

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga oid me’yoriy-huquqiy asoslari.Tadbirkorlik turlari. Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Innovatsion tadbirkorlik. Ilmiy texnik tadbirkorlik. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik. Tijorat tadbirkorligi. Moliyaviy tadbirkorlik. Maslahat tadbirkorligi. Maslahat xizmatlari.

Tadbirkorlik shakllari. YAkka tartibdagi tadbirkorlik. Xususiy tadbirkorlik. Jamoa tadbirkorligi. Firmalar. Ma’suliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar. Aktsiyadorlik jamiyati. Korporatsiya. Xolding kompaniya. Davlat korxonalari. Kontsern. Konsortsium. Kooperativ. Kartel. Sindikat. Venchur korxonalar. Ijara korxonalar. Injiniring korxonalar.
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI

TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH

Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi. Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun zarur hujjatlar, ularning mazmuni. Kichik biznes sub’ektlarining bankrotliligi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qayta tashkil etish va yopish tartibi. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya beruvchi tashkilotlar. Litsenziya berish muddatlari. Litsenziyani bekor qilish tartibi.

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va vazifalari. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini boshqarish usullari va qarorlar qabul qilish jarayoni.
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA

MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning ahamiyati. Marketing – biznes falsafasi. Marketingning boshqaruv funktsiyasi. Bozorni tanlash. Tadbirkorlik faoliyatida bozor segmentatsiyasining ahamiyati. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari. Bozorni segmentlashni tashkil etish. Bozordagi maqsadli segmentni tanlash. Bozor imkoniyatlarida biznesdagi kuchli tomonlarning muvofiqligi. Tovarning hayotiylik davri. Kichik biznes va tadbirkorlik tizimida reklama faoliyatini tashkil etish. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketing tadqiqotlaridan foydalanish. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dasturini ishlab chiqish.


KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI REJALASHTIRISH

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirishda biznes-rejaning ahamiyati. Biznes-rejaning mohiyati, mazmuni va tuzish zaruriyati. Biznes-rejaning asosiy bo’limlari. Biznes-rejani bajarilishini nazorat kilish. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish.

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning maqsadi va vazifalari. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyatini operativ va strategik tahlil qilish. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyati samaradorligi tahlili.
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIGA XIZMAT

KO’RSATUVCHI BOZOR INFRATUZILMALARI

Infratuzilmaning mohiyati. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmasi turlari. Brokerlik idoralari, ulgurji va chakana savdo tuzilmalari, lizing, konsalting va sug’urta kompaniyalari, bojxona xizmati, axborot – maslahat markazlari, injinering va auditorlik firmalari.

O’zbekistonning bank-moliya tizimi. Bank-moliya sohasidagi o’zgarishlar. Banklarning asosiy operatsiyalari. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli. Banklardan kredit berish tartibi.

O’zbekistonda soliq tizimi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar. Soliq yukini kamaytirishga qaratilgan soliq siyosati. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan soliq turlari. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlaridan soliq olish qoidalari va soliq imtiyozlari.


KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA

ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI TAHLILI

Ishlab chiqarish harajatlarining mohiyati tarkibi va elementlari. Kichik biznes sub’ektlarning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarni turkumlash. Ishlab chiqarish xarajatlari. Noishlab chiqarish xarajatlari. Ichki xarajatlar. Tashqi xarajatlar. Doimiy xarajatlar. O’zgaruvchan xarajatlar. Bevosita xarajatlar. Bilvosita xarajatlar. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. Davr xarajatlari. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar. Favqulotda zararlar. Mahsulotni tannarxi va uni hisoblash usullari. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari.


KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING

MOLIYAVIY FAOLIYATI TAHLILI

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati ko’rsatkichlari. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy moliyaviy xujjatlari. Balans. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy faoliyatini tahlil qilish. Moliyaviy tahlilning turlari va ularni o’tkazish uslublari. Kichik biznes va tadbirkorlikda moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsadi va asosiy ko’rsatkichlari. Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari. Kichik biznes sub’ektlarini kredit bilan ta’minlash shakllari. Kredit turlari. Kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirishning boshqa manbalari va ulardan samarali foydalanish.

YAlpi daromad va foyda. Foydaning turlari. Kichik biznes va tadbirkorlik sohasida foyda turlarini tahlil qilish. Kichik biznes va tadbirkorlik tizimida rentabellik darajasini hisoblash usullari.
TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYATI

Tadbirkor raxbar etikasi. Tadbirkor raxbarning etika kodeksi. O’ziga jalb qilish imidji. Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik hususiyatlari. Tadbirkor raxbar etiketi. Suxbatlashish, tanishish hamda so’rashish normasi. Ish kontraktlarini tashkil qilish. Ish suhbatlarini olib borish. Ish qog’ozlarini yozish. Telefonda gaplashish madaniyati. Ish protokoli va hisoboti. Tadbirkor rahbarning nutq madaniyati va uning ruxiy-psixologik hususiyatlari. Tadbirkor rahbarning tashqi ko’rinishi va o’zini tutishi. Tadbirkor raxbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar. Tadbirkor raxbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullari.


KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida eksportning hozirgi holati va tahlili. eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi. eksportyor korxonalarga yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar. eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar oldida turgan muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari. Kichik biznes korxonalarida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish. Xorijda o’zbek savdo uylarini tashkil etish. eksport ko’rsatkichlarini hisoblash usullari.


ELEKTRON BIZNES

Elektron biznes mohiyati. Elektron biznesnig asosiy tushunchalari. Kichik biznes va tadbirkorlikda Elektron biznesning tutgan o`rni. Elektron biznesning asosiy elementlari. Elektron biznesning huquqiy asoslari. Elektron biznesning normativ hujjatlari.

Elektron biznesda ishlatiladigan kompyuter programmalari. Elektron savdo. Elektron biznesning afzalliklari hamda kamchiliklari. Elektron biznesni qo`llash tajribasi. Elektron biznesni rivozlantirish tendensiyalari. Elektron biznes tizimlari infratuzilmasi. Internet magazin. Elektron to`lovlar.
AGROBIZNES VA UNING TURLARI

Qishloq xo’jaligi sohasi. Tadbirkor fermerlar. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash. SHu mahsulotlarni sotish bilan shug’ullanish. Banklar, sug’urta va moliya kompaniyalari. Fermer xo’jaligi. Agrofirmalar. Agrosanoat birlashmalari.


BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini mikrokreditlash va soliqqa tortish. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan soliq turlari va soliq tizimidagi imtiyozlar. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlanishining hozirgi holati va tahlili. Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari.


O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning Davlat dasturi. Kichik biznes va tadbirkorlikni milliy iqtisodiyotning turli sektorlarida rivojlanishi. Kichik va yirik biznes korxonalari o’rtasida xo’jalik aloqalarining yo’lga qo’yilishi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi.


Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar va tavsiyalar

“Kichik biznes va tadbirkorlik” fani bo’yicha amaliy va seminar mashg’ulotlari talabalarning fanni nazariy va amaliy jixatlarini chuqurroq tushunishlariga yordam beradi. Amaliy va seminar mashg’ulotlarda O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari batafsil o’rganiladi.


Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

  1. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni.

  2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari.

  3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish.

  4. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish.

  5. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish.

  6. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari.

  7. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili.

  8. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili.

  9. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati.

  10. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash.

11.O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari.

Amaliy va seminar mashg’ulotlari talabalar bilan blits–so’rov savollari, “davra suhbati” munozarasi shaklida o’tkaziladi. Aqliy hujum uslubi asosida talabalar faoliyati faollashtiriladi. Amaliy va seminar mashg’ulotlarida talabalar bir necha guruhlarga bo’linadi va ularga muxokama qilish uchun savollar beriladi. Har bir guruhga natijalarni baholash varag’i tarqatiladi. Har bir guruhdan yetakchi o’z guruhining javoblarini taqdim qiladi. Har bir guruh boshqa guruhlar javoblarini baholaydi. Bundan tashqari amaliy va seminar mashg’ulotlarida mashg’ulot mavzusiga oid bo’lgan masala va misollar, test savollari yechiladi, keys-stadilar muhokama qilinadi, xamda ishbilarmon o’yinlari o’tkaziladi. Talabalar amaliy va seminar mashg’ulotlarida uy vazifasini bajarish bo’yicha berilgan topshiriqlar va referatlarni taqdimot qiladilar. Taqdimot jarayonida POWER POINT dasturidan keng foydalaniladi. Pinbord texnikasi, Venna diagrammasi, T-sxema, SWOT taxlili, “Sinkveyn”, “Nima uchun”, “Qanday”, “Koop-koop” va boshqa grafik organayzerlardan foydalanish amaliy va seminar mashg’ulotlari sifatini yaxshilashga hamda talabalarning mavzuni o’zlashtirish darajasini oshirishga yordam beradi.



Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar


O’quv rejasi bo’yicha ushbu fandan laboratoriya mashg’ulotlari rejalashtirilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar

Fan bo’yicha kurs ishi o’quv rejasida rejalashtirilmagan.


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo’lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o’qib o’rganishi va shu yo’nalish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:

darslik yoki o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;

tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;

avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

talabalarning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;

keys-stadilar va o’quv loyihalarini mustaqil bajara olish;

faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlarini o’zlashtirish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari


  1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari.

  2. Xorijiy mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlanishi.

  3. Aholining bandlik muammosini hal etishda kichik biznes va tadbirkorlikning tutgan o’rni.

  4. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari.

  5. O’zbekistonda oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari.

  6. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari.

  7. Kichik biznes taktikasi va strategiyasi.

  8. Kichik biznes ob’etlari, sub’ektlari va shakllari.

  9. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash.

  10. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish.

  11. Kichik biznes korxonalarini boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari.

  12. Kichik biznes korxonalarining bankrotliligi va ularni davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash.

  13. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida mahsulot tannarxining kamaytirish yo’llari.

  14. Kichik korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotiga baho belgilash bosqichlari va usullari.

  15. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tavakkalchilikni kamaytirish yo’llari.

  16. Tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari.


Axborot-uslubiy ta’minot

Fanni o’qitishda o’qitishning interfaol usullaridan, axborot-kommunikatsiyalarining prezentatsion, multimediya, elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalaniladi.


TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR:

Asosiy adabiyotlar

  1. Boltaboev M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaeva SH.J., G’oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirokrlik. – T.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.

  2. Xodiev B.YU., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.: TDIU, 2016.

  3. Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. –T.: TDIU - 2014.


Qo`shimsha adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. ва бошқалар. Ўзбекистонда ишбилармонлик ва тадбиркорликнинг ривожланиши. -Т.: Университет, 1994. -53 б.

  2. Fazilоv F. M. Jahоn iqtisоdiyotining glоballashuvi sharоitida O`zbеkistоn оziq-оvqat havfsizligini ta`minlash. I.f.n. ilmiy darajasini оlish uchun ss. Avtоrеf. T: 2009 yil

  3. Bеkmurоdоv A.SH. va bоshqalar. Оmmabоp iqtisоdiyot: mоhiyati va asоsiy tushunchalari. Ilmiy оmmabоp qo`llanma. T.: “Iqtisоdiyot”, 2009. -92 bеt.

  4. Р.М.Нуриев Экономика развития: модели становления экономики. Учебник. М.: Норма, 2008. 640 стр.

  5. Круглова Н.Ю. Основы бизнеса. Учебник для вузов. – М.: РДЛ, 2005.

  6. M.Rasulоv Bоzоr iqtisоdiyoti asоslari. T.: O`zbеkistоn, 1999. – 383 bеt.

  7. Sunnatоv M.N. “O`zbеkistоnda bоzоr iqtisоdiyotiga o`tishning bеsh tamоyili va ularni amalga оshirish natijalari” mavzusi bo`yicha ishlab chiqilgan kеys-tеxnоlоgiya. Uslubiy qo`llanma. T.: TDIU, 2008. -32 bеt.


O’zbekiston Pespublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari,

Vazirlar Mahkamasi qarorlari

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 07.02.2017 yildagi PF-4947-sonli Farmoni

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish,tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi 13.08.2019 yil PF-4931-sonli Farmoni

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi kichik biznyes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 03.08.2019 yil F-5491-sonli Farmoyishi

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 13.08.2019 yil PQ-4931-sonli Qarori.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Urgut», «G’ijduvon», «Qo’qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida” 12.01.2017 yil PF-4931-sonli Farmoni

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 17.01.2017 yildagi PF-4933-sonli Farmoni.

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 5.10.2016 yil, PF-4848-sonli farmoni.

  8. O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkoplikka yanada keng erkinlik bepish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 18 iyul 2012 yil, PF-4455-sonli Farmoni.

  9. O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkoplikni yanada pivojlantipish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantipishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 24 avgustda chiqapilgan PF-4354-sonli Farmoni.

  10. O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 1.02.2017 yil, PQ-2750-son Qarori.

  11. O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 31.01.2017 yil, PQ-2746-sonli Qarori.

  12. O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Har bir oila tadbirkor” dasturini amalga oshirish to`g`risidagi 07.06.2018 yil, Qarori.

  13. O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to`g`risidagi 27.06.2018 yil Farmoni.


O’zbekiston Pespublikasi Prezidenti asarlari

  1. SH.Mirziyoev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” // Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2017 yil 16 yanvar.

  2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. –  Toshkent : O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

  3. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy  tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev.  –  Toshkent : O‘zbekiston,  2017. – 104 b.

  4. Mirziyoev Sh.M.  Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza.  2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b

  5. Mirziyoev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. /Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

  6. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. / Sh. M. Mirziyoyev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. -592 b.

  7. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajak yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –T.: O’zbekiston, 2015, 304 b.


Internet saytlari

1. www.economics.ru

2. www.ved.ru

3. www.ser.uz

4. www.uza.uz

4. www.ifmr.uz

5. www.Lex.uz

6. www.ziyonet.uz



7. www.marketing.ru

1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning bo’yicha Harakatlar strategiyasi” to’rtinchi ustuvor yo’nalish, to’rtinchi bo’limi birinchi xatboshi. 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. «Xalq so’zi» 2017 yil 8 fevral 28 (6722)-son.



Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling