Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


-mavzu. Davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar


Download 2.1 Mb.
bet144/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

12-mavzu. Davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar


Ijtimoiy soliq. Ijtimoiy soliq miqdori va uni hisoblash ob‘ekti. Ijtimoiy soliqni to‘lash muddatlari. Ijtimoiy soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari.
Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga fuqarolarning sug'urta badallarini hisoblash va to'lash tartibi.
Sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan davlat maqsadli jamg’armalariga tushadigan majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlarni joriy qilinishining sabablari hamda huquqiy asoslari. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq solish ob‘ekti va soliq solinadigan baza, majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni to‘lash tartibi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar. Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarning turlari, soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq solish ob‘ekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, yig‘imlarni to‘lash tartibi.

13-mavzu. Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi


Hisobotlarni elektron ko’rinishda topshirishning zarurligi, joriy etilishi va me’yoriy huquqiy asoslari. Elektron raqamli imzo (ERI). Elektron raqamli imzoni olish tartibi.
“Soliq to’lovchilarga interaktiv xizmatlar” tizimi (“Shaxsiy kabinet”)ga kirish paytida ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlar oynasi. Elektron hisobotlarni tuzish tartibi. Elektron hisobotlarni jo’natish tartibi. Hisobotlarni tekshirish va xatolarni tuzatish tartibi. Hisobotning o’z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori tomonidan imzolangani to’g’risidagi ma’lumotni olish tartibi.


IV. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

  2. Soddalashtirilgan soliq tizimi

  3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

  4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

  5. Aksiz solig‘i

  6. Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

  7. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

  8. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i

  9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

  10. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar

  11. Mahalliy yig’imlar

  12. Davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar

  13. Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi

Amaliyot mashg’ulot mavzulari bo’yicha fanning ishchi o’quv dasturida qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra pedagog-xodimlari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy mashqlar, masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qullanmalar bo’yicha talabalar bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash, tarqatma materiallar asosida bilimlarni o’zlashtirish, ilmiy maqolalar va tezislardan foydalanish, masalalar echish, mavzular bo’yicha taqdimotlar va ko’rsatmali qurollar tayyorlash, qonun, qaror, me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanish lozim.


Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling