Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Download 2.1 Mb.
bet150/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


2-modul. Bilvosita soliqlar

5-mavzu. Qo’shilgan qiymat solig’i


O’zbekistonda qo’shilgan qiymat solig’i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari tarkibi. Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq ob’ektining tarkibi: tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo’yicha aylanmalari; tovarlarning importi bo’yicha aylanmalar. Soliq solinadigan aylanma tarkibi: tovarning realizatsiyasi bo’yicha aylanma; ishlarning realizatsiyasi bo’yicha aylanma; xizmatlarning realizatsiyasi bo’yicha aylanma. Soliq solinadigan aylanmani aniqlash. Soliq solinadigan aylanmani tuzatish. Soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydigan aylanmalar. Qo’shilgan qiymat solig’ining stavkasi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo’shilgan qiymat solig’i. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash tartibi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha mavjud muammolar.


6-mavzu. Aktsiz solig’i


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aktsiz solig’i va uning soliq tizimida tutgan o’rni. O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun aktsiz solig’i. Aktsiz solig’i to’lovchilarining tarkibi. Aktsiz solig’ining soliqqa tortish ob’ekti. Soliq ob’ekti tarkibi: qat’iy soliq stavkalari belgilangan mahsulotlar bo’yicha sotilgan mahsulot hajmiga nisbatan naturadagi ifodasi; o’z ichiga aktsiz solig’ini olgan qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olmagan holda yuklab jo’natilgan tovar qiymati.
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aktsiz solig’i stavkalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston Respublikasiga import qilinadigan aktsizosti mahsulotlariga qo’llaniladigan soliq stavkalari. Aktsiz solig’ini hisoblash tartibi. Aktsiz solig’ini hisobga olish. Aktsiz solig’ini to’lash muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida import qilinadigan aktsizosti mahsulotlaridan soliq undirish tartibi. Aktsiz markalari va ularni qo’llash tartibi. Aktsiz markalari bo’yicha xarajatlarni hisobga olish.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling