Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi
Download 29.52 Kb.
|
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning oziga xosligi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARINI SOLIQQA TORTISHNING OZIGA XOSLIGI
- TOSHKENT-2016 REJA
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar royxati
- Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning nazariy jihatlari.
- Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq obektlarini aniqlash hamda hisobini yuritish.
- 1-jadval
- Yigim turlari
- Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq solishning soddalaltirilgan tartibining amaldagi holati tahlili.
- Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq tolovi stavkalari 3
- Xorijiy davlatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tajribasi.
- XULOSA
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” fanidan KURS ISHI MAVZU: IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARINI SOLIQQA TORTISHNING O'ZIGA XOSLIGI Bajardi: Baratov S Ilmiy rahbar: k.o'q. Qiyosov Sh. TOSHKENT-2016 REJA: Kirish Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning nazariy jihatlari. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq ob'ektlarini aniqlash hamda hisobini yuritish. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq solishning soddalaltirilgan tartibining amaldagi holati tahlili. Xorijiy davlatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tajribasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati KIRISH Ma'lumki, savdo faoliyati orqali aholining kundalik ehtiyojlari qondiriladi va moddiy farovonligi taminlanadi. Iqtisodiyotni alohida tarmog'i sifatida iqtisodiy o'sishni, mamlakatning makro iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda savdo xizmatining o'rni va ahmiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Umumiy ovqatlanish tizimi esa azaldan aholiga xizmat qilib, mehnat unumdorligini oshirida, aholining turmush farovonligini ta'minlashda muhim rol o'ynab kelgan. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki yillaridan Hukumatimiz tomonidan savdo va umumiy ovqatlanish sohalarini rivojlantirishga katta ahmiyat berib, ushbu sohalarni rivojlantirishga oid ko'plab qonunlar va qonun osti hujjatlar qabul qilindi. Natijada, respublikamizda xalqaro andozalarga mos keluvchi, milliy an'analarimizni o'zida mujassamlashgan savdo va umumiy oqatlanish tizimi vujudga keldi. Ayniqsa bozor munosabatlari sharoitida savdo va umumiy ovqatlanish sohasi ham tadbirkorlik faoliyati bo'lganligi sababli, mazkur sohani davlat tomonidan tartibga solish amaldagi soliq siyosati orqali amalga oshiriladi. Savdo va umumiy ovqatlanish sohalarini soliqqa tortish orqali faqatgina davlat byudjeti daromadlar bilan ta'minlanmaydi, balki ushbu soha tomnidan ko'rsatiluvchi xizmatlarning yuqori sifatliligi, samaradorligi yanada oshishiga ham xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzasida quyidagi ko'rsatkichlarga alohida e'tibor qaratgan: 2015 yilda amalga oshirgan keng ko'lamli, uzoqni ko'zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferentsiyalar yo'lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o'sish sur'atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta'minlash bo'yicha o'z ijobiy ta'sirini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya'ni prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'ldi.1 Har bir ishlab chiqaruvchi korxona o'zi ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmat)larni sotishi shart, aks holda uning ishlab chiqarish jarayoni davom etmay qoladi. O'z mahsulotini sotgan korxona kelib tushgan pulga qo'shimcha mehnat ashyolari va mehnat qurollarini sotib oladi, ular asosida yana ishlab chiqarishni davom ettiradi. Demak, savdo yuridik shaxslar xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida muhim o'rinni egallaydi. Savdosiz takror ishlab chiqarishni ta'minlash, uni rivojlantirish umuman mumkin bo'lmaydi. Mablag'lar aylanishi jarayonida savdo ishlab chiqarish sohasini iste'mol sohasi bilan bog'lovchi vosita hisoblanadi. Savdosiz jamiyatda yaratilgan nozu-ne'matlar o'z iste'molchilariga etib bormaydi, shuningdek ularni takror ishlab chiqarishni amalga oshirib bo'lmaydi. Savdo tushunchasi keng qamrovli bo'lib, bir tomondan, maxsus faoliyatni, ikkinchi tomondan esa, iqtisodiyotning maxsus tarmog'ini ifodalaydi. Faoliyat sifatida savdo yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni sotib olish va sotish, ularni aylanishini tashkil etish bo'yicha olib boriladigan tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning nazariy jihatlari. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati katta. Tovar ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni bog'lovchi bosh bo'g'in hisoblanuvchi savdo sohasining samaradorligini oshirishda oqilona soliq siyosatini olib borish muhim rol o'ynaydi. Respublikamizda barqaror soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan bu boradagi keng ko'lamli islohotlar savdo tizimi korxonalariga nisbatan joriy etilgan soliq tizimini ham chetlab o'tmadi. Shu o'rinda savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarini budjet bilan munosabatlari bilan bog'liq muammolarga to'xtalishdan oldin ularni soliqqa tortish davriyligiga bir qadar to'xtalib o'tish lozim. Bunda biz yaqin o'tmishda va hozirda amalda bo'lgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning bir nechta tartiblarini har tomonlama ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil qilishga harakat qilamiz. Savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarini soliqqa tortish borasidagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'zgarishlardan biri sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 apreldagi “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to'g'risida” gi 153-son qarorini qayd etish mumkin. Mazkur qarorga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad (foyda) solig'i va qo'shilgan qiymat solig'i o'rniga yalpi daromad solig'i joriy etildi. Yalpi daromad solig'ining mohiyati shundan iborat ediki, yalpi daromad solig'ini to'lovchilarni aniqlashning asosiy mezoni qilib davlat statistika organining ro'yxatdan o'tkazish kodi hisoblanib, soliqning ob'ekti qilib esa, korxonaning yalpi daromadi qilib belgilandi. Soliq stavkalari esa korxona faoliyatining turi, korxona joylashgan joyi va yalpi daromadning tovar oboroti nisbati sifatida aniqlanadigan korxonaning daromadlilik darajasiga bog'liq ravishda tabaqalashtirilgan holda belgilandi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimidagi mazkur o'zgarish ularni soliqqa tortish borasidagi o'ziga xos xususiyatni kasb etib, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining faoliyatiga mos ravishda yondashishga erishildi. Savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarini soliqqa tortish borasidagi eng muhim o'zgarish shubhasiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 3 dekabrdagi “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Farmoni hisoblanadi. Mazkur farmonga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 1999 yildan e'tiboran barcha umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig'imlar o'rniga yalpi daromad solig'i va mol-mulk solig'i to'laydigan bo'ldilar. Prezidentning ushbu farmoni mamlakatimiz aholisiga sifatli savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarida soliq yukini bir qadar kamaytirgan holda ularda tovarlarga ustamalarni kamaytirgan tarzda belgilashga ham keng imkoniyatlar yaratdi. Darhaqiqat ushbu tizim korxonalariga nisbatan bunday soliq siyosatining yuritilishi birinchi navbatda ularda soliq yukining kamayishiga erishilgan bo'lsa, bunga qo'shimcha sifatida aytish mumkinki, ularda hisob-kitob ishlarini kamayishiga, soliq idoralarida ish unumdorligining oshishiga, eng asosiysi ularning soliqdan qochishiga bo'lgan moyilligini bir qadar kamayishiga erishildi. Aytishimiz mumkinki savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning mazkur tartibi amal qilgan paytda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati bir qadar barqaror bo'lgan. Respublika soliq tizimining tarkibiy qismi hisoblangan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish borasidagi islohotlar tobora chuqur ko'rinish olib bordi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 maydagi “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 208-son va 2002 yil 13 iyuldagi “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to'risida”gi 249-son qarorlariga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tartibi tubdan qaytadan tashkil qilindi, ya'ni ular yalpi daromad solig'i va mol-mulk solig'i o'rniga yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni (ulgurji va chakana savdo korxonalari) va agarda savdo korxonasi chakana savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi mikrofirma va kichik korxona bo'lsa belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni to'laydigan bo'ldilar. Shuningdek, yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni to'lovchi ulgurji savdo korxonalari belgilangan tartibda qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar ham qilib belgilandi, yalpi tushumdan olinadigan soliqning ob'ekti qilib, qaysi birining ko'pligiga qarab yalpi tushum yoki bazaviy tushum qilib belgilandi. 2003 yildan e'tiboran savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilindi. Lekin, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish borasidagi mazkur tartib o'zini oqlamadi. Albatta soliqqa tortish tizimiga kiritilgan har qanday o'zgartirish ham ijobiy ham salbiy natijaga olib kelishi mumkin. Savdo va umumiy ovqatlani korxonalari uchun belgilangan tushumdan soliq hisoblash korxonalar uchun qulay edi. Chunki tushumni aniqlab undan 5 foizni davlat budjetiga o'tkazar edi. Lekin korxonalar tomonidan soliqdan bo'yin tovlash maqsadida tushumlarning haqiqiy miqdorini yashirishga real imkoniyat mavjud edi. Bundan tashqari yagona yalpi tushum stavkasi bo'lgan 5 foiz tovar turlarini deyarli hisobga olmagan. Tovarlarga qo'yiladigan ustamalar turli bo'lishiga qaramasdan soliq stavkasi bir xil darajada bo'lgan, ya'ni korxonalar teng sharoitga ega emas edilar, soliq faqat ustamaning o'zidan to'lanadigan bo'ldi va yuqorida ko'rsatilgan noqonuniy harakatlar uchun real imkoniyat bartaraf etildi. Avvalgi 2002 yilgacha amalda bo'lgan yalpi daromad solig'ida korxonaning rentabelligi, ya'ni daromadlilik darajasi oshgan sari stavka oshib borar edi. Bu bilan daromad olish darajasini jilovlashi va tushumning bir qismini yashirish uchun sharoit tug'dirishi mumkin edi. Bu tartibda soliq stavkasi daromadlilik darajasiga bog'liq emas. Bu ham soliq siyosatining trakibiy omillaridan biri bo'lib, korxoanlar uchun rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjetini parametrlari to'g'risida”gi PQ-532-son qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvardan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ilgari to'lab kelgan yalpi daromad solig'i, mol-mulk solig'i, tovarlar aylanmasidan Pensiya jamg'armasiga, Respublika Yo'l jamg'armasiga, maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy to'lovlar to'lash o'rniga yagona soliq to'lovini to'lashga o'tkazildi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini uchun yagona soliq to'loviga o'tkazilishi ma'lum darajada ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga xizmat qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi bugungi kunda samarai qo'llanilib kelinayotgan bo'lsada, ko'proq fiskal ahamiyatga qaratilgan. Natijada, bir qator salbiy jihatlari kuzatilmoqda. Bu holat natijasida xo'jalik tizimidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlari qo'shilgan qiymat solig'iga tortilmayapti va buning natijasida ushbu soliqning to'lov zanjiri ishlab chiqarish va realizatsiyaning ma'lum bir bosqichlarida uzilib, uning yuki oxirgi iste'molchilarga etib bormayapti. Eng asosiysi, yer solig'i, mol-mulk solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning barcha soliq to'lovchilardan undirilmasligi, cheklangan yer va suv resurslaridan, mol-mulkdan samarasiz foydalanishga zamin yaratadi. Shuningdek, iqtisodiyotga foydasiz bo'lgan, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan hasham mol-mulklarning ko'payib borishiga olib keladi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq ob'ektlarini aniqlash hamda hisobini yuritish. O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 6-moddasida soliq solishning majburiyligi printsipi bayon qilingan. Ushbu moddaga asosan har bir daromad olgan shaxs soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashi shart. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Shu sababli hisobot davrida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan moliyaviy-xo'jalik faoliyati yuritish natijasida ularda soliq ob'ekti va bazasi paydo bo'ladi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq yoki boshqa majburiy to'lov hisoblab chiqarilishi va to'lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasi soliq solish ob'ekti deb e'tirof etiladi. Mos ravishda, soliq solinadigan baza soliq solish ob'ektining soliq yoki boshqa majburiy to'lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko'rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi. Soliq ob'ektining va bazasining paydo bo'lishi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq majburiyatining yuzaga kelishiga olib keladi. Ularning soliq majburiyatlariga quyidagilar kiradi: - davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi; -soliq solish ob'ektlari va soliq solish bilan bog'liq ob'ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi; -moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi; -soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida hamda to'liq miqdorda to'lashi. Savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar uchun 2007 yil 1 yanvardan boshlab yagona soliq to'lovini to'lash tartibi belgilandi. Shu bilan birga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to'lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda budjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatlari saqlanib qoladi: to'lov manbaida undiriladigan foyda solig'i; O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i; aktsiz to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aktsiz solig'i; yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar; bojxona to'lovlari; yagona ijtimoiy to'lov; davlat bojlari; tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko'rsatish huquqi uchun yig'im; avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l jamg'armasiga yig'im. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishning bir qator talab va shartlari mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasining ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish; eng kam oylik ish haqining kamida 1200 barvari miqdorida pul mablag'lari bilan shakllantirilgan ustav fondining mavjud bo'lishi; majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo'lgan tovarlar sotilgan taqdirda muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda sertifikatlanganligi to'g'risidagi ma'lumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud bo'lishi. Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko'rsatilgan holda litsenziya berish to'g'risidagi ariza; yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatning, shu jumladan, eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag'lari kiritilganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi; litsenziya berish to'g'risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat. Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to'g'risida”gi PQ-186-son Qarori 2005 yilning 1 oktyabridan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar uchun litsenziyalar kamida 5 yil muddatga, 13 ta faoliyat turi bo'yicha litsenziyalar cheklanmagan muddatga berilishi joriy qilindi va tadbirkorlikning 11 ta faoliyat turi bo'yicha ruxsatnomalar olish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari bekor qilindi. Jumladan, ilgari barcha savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlari mahalliy hokimliklarda ro'yxatga olinib ularga ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar olish talab qilinar edi. Endilikda ushbu tadbirkorlik sub'ektini savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug'ullanuvchi sifatida mahalliy hokimliklarda ro'yxatga olinishi bilan cheklaniladi. Undan qo'shimcha litsenziya yoki ruxsasatnomalar talab etilmaydi (alkogol mahsulotlari, qimmatbaho metallardan va toshlardan tayyorlangan mahsulotlarni chakana sotishdan tashqari). 1-jadval Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan undiriladigan mahalliy yig'imlarning chegaralangan stavkalari2
*) Ko'rsatib o'tilgan stavkalar miqdorlari O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Soliq stavkasining aniq miqdori O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko'ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. **) Yig'imning bir qismi Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar davlat hokimiyati organlari qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yig'im undirishni ta'minlash bilan bog'liq davlat boshqaruvi organlari xarajatlarini qoplashga, Toshkent shahrida esa Savdo, xizmatlar sohasi va xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish departamentini tutib turishga yo'naltiriladi. Shu o'rinda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to'lab kelayotgan soliqlarning asosiy qismini tashkil etgan yagona soliq to'lovining respublikamiz davlat budjeti daromadlaridagi ahamiyati borasida to'xtalib o'tamiz. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to'lovi byudjet daromadlari tarkibida alohida ahamiyatga ega bo'lib, jami daromadlardagi nisbiy ko'rsatkichlardagi salmog'i barqaror tendentsiyasiga ega. Aytish lozimki, uning jami daromadlardagi ulushi 2012 yilda 3,4 foiz, 2013 yilda 3,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2014 yilda 3.3 foiz, 2016 yilgi budjet parametrlarida esa 3.4 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq solishning soddalaltirilgan tartibining amaldagi holati tahlili. Ma'lumki, 2007 yil 1 yanvardan e'tiboran savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ilgari to'lab kelgan yalpi daromadidan yalpi daromad solig'i, mol- mulk solig'i tovarlar aylanmasidan Pensiya jamg'armasiga, Respublika yo'l jamg'armasiga, Maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy to'lovlar to'lash o'rniga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjetini parametrlari to'g'risida”gi PK-532-son qaroriga muvofiq yagona soliq to'lovini joriy etilishi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini tubdan yangicha shakl olishiga olib keldi. Yagona soliq to'lovi tartibida soliq to'lash uchun korxonada ishlovchi o'rtacha yillik ishchilar soni belgilangan miqdordan oshmasligi talab qilinadi. Ammo, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlayotgan xodimlar sonidan qat'i nazar yagona soliq to'lovining soliq to'lovchilari hisoblanishadilar. Yagona soliq to'lovi aktsiz solig'i to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va er qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo'lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan yagona soliq to'lovi quyidagi faoliyatlarga taaluqli emas: -ishlab chiqarish korxonalarining o'zi ishlab chiqargan mahsulot bo'lgan tovarlarni realizatsiya qilish; -vositachi, shu jumladan ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo'yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga o'tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish faoliyatlari; -tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish faoliyati. Umumiy ovqatlanish korxoanlarining kulinariya, shuningdek boshqa oziq- ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste'mol qilishni tashkil etish bo'yicha faoliyat yagona soliq to'lovi tartibida soliqqa tortiladi. O'tgan hisobot yili yakuni bo'yicha soliq to'lovchi yagona soliq to'lovi tartibi asosida soliq to'lash huquqidan mahrum bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari o'tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to'lovi yuzasidan qayta hisob-kitobni amalga oshiradi. Yagona soliq to'lovi bo'yicha qayta hisob-kitob hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay, soliq idorasiga taqdim qiladi. Qayta hisob -kitob belgilangan shaklda va tartibda umumbelgilangan soliqlarning har bir turi bo'yicha topshiriladi. O'tgan yil yakunlari bo'yicha asosiy faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo'lgan yuridik shaxslar hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to'lovini amalga oshiradi. Yangi tashkil bo'lgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovini davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran joriy yil tugaguniga qadar amalga oshiradi. Joriy yilning 1 oktyabrdan keyin tashkil bo'lgan savdo va mumiy ovqatlanish korxonalari keyingi yil tugaguniga qadar yagona soliq to'lovini amalga oshiradi. Joriy yil davomida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy faoliyat turi o'zgarib turishi mumkin. Agar joriy soliq davrining ketma-ket keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi bo'lmasa, bunday savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari umumbelgilangan soliqlarni to'lash tartibini tanlashlari mumkin. Turli soliq solish ob'ektlari va yagona soliq to'lovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug'ullanadigan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari har bir faoliyat bo'yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq to'lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo'yicha yagona soliq to'lovini amalga oshiradi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq solish ob'ekti bo'lib tovar oborot hisoblanadi. Tovarlarni tannarxidan yoki olish bahosidan past baholarda realizatsiya qiluvchi, shuningdek tovarlarni tekinga beruvchi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq ob'ekti bo'lib tovarlar tannarxi yoki ularni olish bahosi hisoblanadi. Sotiluvchi tovarlarning baholari davlat tomonidan tartibga solinsa, soliq solish ob'ekti sifatida, realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tovarlarni sotishdan tashqari boshqa manbalardan mablag'lar kelishi mumkin. Shu sababli, ularning ayrimlari yagona soliq to'lovi miqdorini aniqlashda soliq ob'ekti deb qaralmaydi (4-jadval). Bundan tashqari, vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko'rsatish majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq qilingan xarajatlarni qoplash uchun olingan mablag'lar ham soliq solish ob'ekti hisoblanmaydi. Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda tadbirkorlik sub'ektining muassislaridan uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag'lar yagona soliq to'loviga tortilmaydi. Tugatilgandan keyin, faoliyat qayta tiklangan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan olingan mablag'lar soliq solish ob'ektiga kiritiladi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovini hisoblashda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan foydalanadi. Yagona soliq to'lovining hisob-kitobi ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda davlat soliq inspektsiyasiga topshiriladi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiruvchi savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovini hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay to'laydilar. Boshqa toifadagi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay to'laydilar. Xulosa qilib aytganda, savdo va umumiy ovaqtlanish korxonalari tashkil qilishda tegishli idorlarda dalat to'yxatidan o'tishi, shuningdek statistika va soliq idoralarida hisobga turishi shart. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovi va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblashi, soliq ob'ektlarini hisobini yuritishi, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda soliq idoralariga taqdim qilishi, soliqlarni belgilangan muddatlarda to'lashi, soliq qonunchiligiga rioya qilishi shart. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 2016 yil uchun yagona soliq to'lovining quyidagi miqdorlari amal qiladi: 2-jadval Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkalari3
Yagona soliq to'lovining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Xorijiy davlatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tajribasi. Xorijiy davlatlarning soliq tizimi turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy shart- sharoitlar ta'sirida vujudga kelgan. Mamlakatlarning soliq tizimi, soliqlarni undirish usullari, stavkalari, turli darajadagi davlatlarning moliyaviy vakolatlaridan kelib chiqib, soliq imtiyozlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlarining soliq tizimlari ko'pgina umumiy shartli xususiyatlarga ega va ayni paytda bir-biridan farq ham qiladi. Aytish lozimki, har qanday soliq tizimi quyidagi xos jihatlarni belgilab berishi kerak: davlatlarning soliq tushumlarini ko'paytirish yo'llarini topish; umumiy e'tirof etilgan iqtisodiy tenglik nazariyalarini hiosbga olgan holda, haqqoniy va samarali soliq undirish. Davlatlarning soliq tizimi tamoyillari asosan bir xil va ko'pincha davlatning u yoki bu iqtisodiy nazariyasi tarafdori ekanligiga bog'liq bo'ladi. Soliqlar tovar bozorlari yoki ishlab chiqarish omillaridan, sotuvchi yoki xaridorlardan, uy xo'jaligi yoki kompaniyalardan, daromad manbalari yoki xarajatlari tarkibidan undirlishi mumkin. Soliqlar uy xo'jaligi yoki ularning a'zolari, so'nggi iste'molchi xarajatlari, chakana savdodan daromadlar, tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad, amortizatsiya ajratmasi ayirilgan holdagi tadbirkorlik faolliyatidan olingan daromadlar, mehnat haqi fondi, foyda, ish haqi, jamg'arma, dividendlar va boshqa daromadlardan undiriladi. Aksariyat xorij mamlakatlarining savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish borasidagi tajribasi tahliliy o'rganilganda, ushbu davlatlarda savdo va umumiy oqatlanish korxonalaridan soliq olish umumiy belgilangan tartib asosida amalga oshirilishi aniqlandi. Xususan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining daromadlariga korparativ soliq solinishi, shuningdek mulk solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, kapital foydasi soliqlari undirilishini ko'rdik. Bizga ma'lumki, AQSh, Yaponiya, Frantsiya va Gollandiya davlatlarida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliq tortishning qayta ishlangan uslubi amal qilmoqda. Zamonaviy Amerika soliq tizimida, federal xukumat soliqlariga o'xshash soliqlarning asosiy turi shtatlar va mahalliy hukumat organlarida ham amal qiladi. Bu soliqlarga daromaddan soliqlar va alohida tovarlarga aktsizlar, merosxo'rlik va hadya soliqlari, sotsial sug'urta fondiga badallar kiradi. Zamonaviy federal hukumatining soliq tizimida ayniqsa daromaddan va o'ziga xos aktsizlar, mahalliy soliq tizimlarida esa mulkiy soliqlar ahamiyatlidir. Soliq tushumlariga 70 foizdan ortig'i to'g'ri soliqlardan tashkil topadi. Hozirgi davrda to'g'ri soliqlarning 40 foizi federal daromad solig'ining hissaga to'g'ri keladi. AQShda oltita to'g'ri soliqlar va uchta egri soliqlar amal qiladi. To'g'ri soliqlar tarkibiga daromad va mulkiy soliqlar, merosxo'rlik va xadya solig'i, shuningdek sotsial sug'urtaga badallar, ishchilarning ish haqidan bevosita to'lovlar kiradi. Amerika iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi mutaxasislarining ta'kidlashlaricha, so'nggi 25 yil mobaynida qonuniy stavkalar va korporatsiyalar foydasini soliq tortishning kamayishi, ushbu soliq turi bo'yicha budjet tushumining deyarli 50 foizga qisqartirishga olib keldi. AQSh qonunchiligiga binoan sotish solig'ining ob'ekti har bir tovar turi bo'yicha sotishdan tushgan yalpi tushum, shuningdek aholiga xizmat ko'rsatish oboroti hisoblanadi. Alohida tovarlar sotishdan hisoblanuvchi, tanlama sotish solig'ining umumiy ehtiyojini qondiradigan alohida zeb-ziynat maqsadlaridagi tovralar kiradi. Soliq tortishning muhim ob'ektlari, bu benzin, tamaki mahsulotlari va spirti ichimliklardir. Yaponiyada 1999 yil 1 apreldan e'tiboran yangi soliqqa tortish tizimi ishlab chiqildi. Egri soliqlarning o'sishi hisobiga to'g'ri soliqlar kamaytirildi. Yaponiyada savo va umumiy ovqatlanish korxonalari, boshqa korxonalar qatorida yuridik shaxslar daromadi solig'ini to'laydilar (korporativ soliqlar). Ushbu soliq turining paydo bo'lganligiga ko'p bo'lgani yo'q. U javobgarlikni chegaralangan biznes shakllarining rivojlanishi bilan bog'liq ravishda ommalashdi. Korporativ soliq kompaniyaning sof foydasidan undiriladi. foydani soliqqa tortish tizimi ikkiyoqlama soliq tortishni qisqartirish masalasini echishga yondashish orqali aniqlanadi, ya'ni bir vaqtning o'zida kompaniya va aktsionerlar dividendlarini soliq tortish. Kompaniyalarning foydasi ikki qismdan tashkil topishi mumkin: taqsimlanmaydigan va taqsimlanadigan. Yaponiyada quyidagi soliqqa tortish tizimlari paydo bo'ldi: Kompaniya miqyosida foydani soliq tortishni turli stavkalar asosida kamaytirish tzimiga muvofiq, taqsimlanadigan foyda birmuncha past stavkada soliq tortiladi. Aktsiyanerlar miqyosida foydani soliq tortishni kamaytirish tizimi. Umummilliy koperativ solig'idan tashqari, markaziy budjetdan qayta taqsimlanadigan va soliq boshqarmalari tomonidan undiriladigan tadbirkorlik solig'ini (maxalliy soliq) to'laydi. Tadbirkorlik solig'i foyda solig'ining ustiga qo'yib hisoblanadi va uch xil stavkada undiriladi, shuningdek u idoraviy bo'ysunishiga qarab o'zgarishi mumkin. Tokio uchun bu soliq kompaniyaning nizom jamg'armasi va foydasiga bog'liq ravishda 6 foizdan 12,6 foizgacha stavka belgilangan. Frantsiyada soliq tushumlarining markaziy budjetdagi hissasi 90 foizdan oshadi. Markaziy budjetga tushuvchi asosiy soliqlar to'g'ri va egri soliqlar, shuningdek gerb yig'imlaridan iborat.: Frantsiyada markaziy va mahalliy budjetga tushuvchi soliqlar aniq belgilab qo'yilgan. Ba'zi vaqtlarda istisno tariqasida markaziy soliqlar mahalliy budjetga yo'naltiriladi. Mahalliy soliqlar mahalliy boshqaruv organlari daromadlarining 40 foizini tashkil etadi. Mahalliy soliqlar turi mavjud: korxonalardan soliq va oila solig'i. Niderlandiyada soliqlar davlatning moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tarkibining eng zarur qismini shakllantiradi. Niderlandiya soliq tizimida asosan 9 xil soliq turi mavjud: daromaddan soliq; korporativ soliq; QQS; oborotdan soliq; boylik solig'i; kapitaldan soliq; aktsiz solig'i; yer solig'i; merosxo'rlik solig'i va boshqa soliqlar va yig'imlar. Niderlandiyada hamma korxona va tashkilotlar, shuningdek savdo korxonalari, yuridik stavkasidan qat'iy nazar korporativ soliqni to'laydilar. Korporativ soliq to'g'risida juda ko'p gapirish mumkin. Qisqacha aytadigan bo'lsak korporatsiya federal va o'lka daromad solig'iga bo'ysunadi. Daromad solig'ining afzalligi uning progressivligi, ya'ni daromad o'sishi bilan soliqning o'sish koefittsenti mavjudligi bilan va yagona soliq ta'rifining mavjudligidadir. Koefitsent korxonaning turi va daromad manbaiga bog'liq. Korporatsiyadan pulli daromad oluvchi shaxsga nisbatan “ikkiyoqlama soliqqa tortish” mavjud. Buning sababi korporatsiya soliqni to'lagandan keyingina aktsioner shaxsga dividend to'laydi. Aktsiya egasi esa shundan so'ng olgan dividendidan boshqatdan daromad solig'i to'laydi. Korporativ daromad solig'i 1969 yildan buyon undiriladi. O'lkalar va maxalliy xukumatlarning soliqlari korporativ daromadga kiritilmaydi. Shunga qaramasdan korporativ soliq quyidagi 5ta daromad turidan undirilmaydi. ko'chmas mulk ijarasi daromadidan. Bu yerda QQS ni to'lashi mumkin. tibbiy, madaniy, ijtimoiy va aqliy xizmatlar. banklar va bank tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar. sug'urta tizimlari aktsiya bilan bog'liq tushumlar Yuqorida guvohi bo'lganimizdek, savdo korxonalarini soliqqa tortishning chet el tajribasi xaqiqatdan ham ancha murakkab jarayon. Lekin, shuni ta'kidlash lozimki, soliqqa tortishning chet el tajribasining respublikamizning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, tatbiq qilsa o'zining ijobiy samarasini ko'rsatishi shubhasiz. XULOSA Mazkur kurs ishida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Savdo tizimi korxonalari faoliyatining o'ziga xosligi ularni soliqqa tortish mexanizmining ham o'ziga xos bo'lishini taqazo etadi va mamlakatimizda ushbu tizim korxonalarini soliqqa tortishda alohida tartiblar qo'llanilib kelinmoqda. Savdo tizimi korxonalarini budjet bilan munosabatlari deganda ularning davlat budjeti bilan turli xil majburiy to'lovlar bo'yicha moliyaviy munosabatlarga kirishish jarayoni ifodalanadi. Bunda ushbu tizim korxonalarining majburiy to'lovlar bo'yicha budjet bilan munosabatlari soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to'lovlar bo'yicha majburiyatlarda vujudga keladi. Savdo korxonalarining yagona soliq to'loviga o'tkazilishi mamlakat soliqqa tortish tizimining samarali bo'lishiga xizmat qilmaydi. Sababi shuki, bunday korxonalar oldin faqat daromad olganda yalpi daromad solig'ini (savdo tushumlarini yashirib qolish imkoniyatlariga bog'liq holda) to'lab, qolgan barcha paytlarda mol-mulk solig'i hisobiga ulardan qisman bo'lsada budjetga tushumlar tushib turgan bo'lsa, endilikda ular butkul faqat tushumga ega bo'lgandagina soliq to'laydigan bo'ldilar. Ya'ni, bunday korxonalarni soliqqa tortish endi faqat ularning savdo tushumlarini qay darajada aniqlay bilishga bog'liq bo'lib qoldi. Umumbelgilangan tartibda soliq to'lovchi korxonalar mol-mulklarining asosiy qismi amalda ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlar (vositalar)dan iborat bo'ladi. Chakana savdo korxonalarining mol-mulklari esa ko'pincha ko'rkam savdo do'koni, restoran, oshxona, choyxona, kafe, bar va boshqa shu kabi binolardan, shuningdek, avtotransport vositalaridan iborat bo'ladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, aslida savdo korxonalari emas, balki ishlab chiqarish korxonalari mol-mulk solig'i to'lashda engillik olishga haqlidirlar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2012. O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashr -O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - T.: “Adolat”, 2015 y. -432 B Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik. -T.: “O‘zbekiston”. 2005 Karimov I.A. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to‘liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish - faravon hayotimiz garovidir. -T.: “O‘zbekiston”. 2007. I.A.Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-sonli Qarori (2015 yil 22 dekabr). I.A.Karimov. “Bosh maqsadimiz - mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”.//Xalq so‘zi. 2016 yil 18 yanvar. Jo‘raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo‘llari. //monografiya. -T.: “Fan”. 2004. Alimardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. -T.: “Iqtosod- moliya”. 2007. Zaynalov J. Soliqlar va soliqqa tortish. Samarqand. 2002. Zavalishina I.A. Nalogooblojeniya. -T.: The Pragma Corporation Enterprise Devolopment Project. 2006. Jo‘raev A. va boshqalar. Soliq nazariyasi. //O‘quv qo‘llanma. -T.: “Iqtisod-moliya”. 2005. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. -T.: Adliya. 2002. Nalogi. Pod red. D.G. Chernika. -M.: YuNITI. 2001. 14.Iqtisodiy tarqqiyotga erishishda soliq siyosatini yanada takomillashtirish yo‘llari. //Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. -T.: “Iqtisod- moliya”. 2006. 15.Soliq qonunchiligi asoslari. O‘quv qo‘llanma. Tuzuvchilar: D.I. Shaulov, U.T. Kan. -T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2000. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. Xvan L.B. Soliq huquqi. -T.: Konsauditinform. 2001. Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. -T.: 2003. Tax Policy. Handbook. Edited by Parthasarathi Shome. IMF, 2001. Washington D.C. 20.Internet saytlari: http://www.cer.uz. http://www.mf.uz. http://www.nalog.uz http://www.soliq.uz http://www.tfi.uz. http://www.nalog.ru 1 I.A.Karimov. “Bosh maqsadimiz - mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.”. //Xalq so‘zi. 2016 yil 18 yanvar. 2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to'g'risida”gi PQ-2455-son qarori 3O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son qaroridan olindi. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling