Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana14.11.2021
Hajmi0.97 Mb.
#174595
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
soliqlarning iqtisodiy moxiyati va guruhlanish asoslari

II 

BOB. 

MAMLAKATIMIZDA 

SOLIQLARNI 

UNDIRISH 

MEXANIZMINING AMALDAGI HOLATI TAHLILI (Guliston shahar DSI 

ma’lumotlari misolida



2.1.  Umumdavlat  soliqlarni  hisoblash  va  budjetga  undirish  tartibini 

amaldagi holati tahlili. 

 

Respublikamizda asosan soliqlar budjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. 

Davlat  budjeti  tizimi  mamlakatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  ma’naviy 

hayotini  moliyaviy  mablag‘  bilan  ta’minlaydi  va  bu  O‘zbekiston 

Respublikasining  budjet  tizimida  umumrespublika  budjeti  yetakchi  bo‘g‘inidir. 

U  umumdavlat  resurslarining  bir  qismi  bevosita  davlat  hokimiyatining  ijro 

etuvchi  va  farmoyish  beruvchi  oliy  organi  -  O‘zbekiston  Respublikasi 

hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat 

ahamiyatiga  molik  bo‘lgan,  umuman  olganda  jamiyat  manfaatlarini 

ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim 

ijtimoiy  tadbirlarni,  mudofaa,  boshqaruv,  davlatning  tashqi  iqtisodiy  aloqalari, 

davlatning  moddiy  va  moliyaviy  zaxiralarini)  mablag‘  bilan  ta’minlashga 

ishlatiladi.  Umumrespublika  budjeti  orqali  milliy  daromadni  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahriga  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash 

jarayoni  izga  solib  turiladi.  Davlat  umumrespublika  budjetidan  davlat 

budjetining  bu  bo‘g‘ini  ijrosi  yuzasidan  respublikadagi  hamma  ishlarni 

muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasining 

budjeti 


pul 

mablag‘larini 

respublikaning  tegishli  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  amalga 

oshiradigan  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  tadbirlarini  moliyalashtirish  uchun 

markazlashtiradi. 

Soliq kodeksining 23-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi hududida 

soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  amal  qiladi.  Soliqlar  joriy  qilishga  faqat 

O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli

14



                                                           



14

 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2012. 123-modda 




30 

 

Umumdavlat  soliqlari  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  tarkibiga  quyidagilar 



kiradi:  

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; 

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 

3) qo’shilgan qiymat solig’i; 

4) aksiz solig’i; 

5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar; 

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 

Umumdavlat  soliqlari  har  yili  O’zbekiston  Republikasi  Prezidentining 

qarorida  belgilangan  normativlar  bo’yicha  tegishli  mahalliy  budjetlar  o’rtasida 

taqsimlanadi.  

7) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar: 

  yagona ijtimoiy to’lov; 



Yuridik shaxslarning mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lov 

belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamg’armalari (budjetdan tashqari 

Pensiya  jamg’armasi,  Bandlikka  ko’maklashish  davlat  jamg’armasi)  hamda 

O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o’rtasida taqsimlanadi. 

  fuqarolarning  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga  sug’urta 



badallari; 

  budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar. 



8) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar: 

  Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 



  Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar. 

9) budjetdan  tashqari  Umumta’lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari, 

akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal 

ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 

10) davlat  boji.  Davlat  boji  yuridik  ahamiyatga  molik  harakatlarni  amalga 

oshirganlik  va  bunday  harakatlar  uchun  vakolatli  muassasalar,  shuningdek 

                                                                                                                                                                                     

 

 



31 

 

mansabdor  shaxslar  tomonidan  hujjatlar  berganlik  uchun  olinadigan  majburiy 



to’lovdir. Bunday vakolatli muassasalarga misol qilib sud va natorial idoralari, 

O’zbekiston  Respublikasi  diplomatik  vakolatxonasi  va  uning  konsullik 

muassasalarini  keltirish  mumkin.  Davlat  bojining  stavkalari  O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi; 

11) bojxona to’lovlari. Bojxona organlari bojxona ishini amalga oshirishda 

belgilangan  tartibda  bojxona  to’lovlarini  undiradi.  Bojxona  to’lovlarining 

quyidagi turlari mavjud: 

  bojxona boji; 



  import  qilinayotgan  tovarlar  uchun  undiriladigan  qo’shilgan  qiymat 

solig’i; 

  import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aksiz solig’i; 



  bojxona yig’imlari. 

Soliq  solishning  soddalashtirilgan  tartibida  to’lanadigan  umumdavlat 

soliqlari: 

12) yagona soliq to’lovi; 

13) tadbirkorlik  faoliyatining  ayrim  turlari  bo’yicha  qat’iy  belgilangan 

soliq. 



32 

 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling