Soliqlar va soliqqa tortish


 Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlarni o’z vaqtida tushib


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana14.11.2021
Hajmi0.97 Mb.
#174595
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
soliqlarning iqtisodiy moxiyati va guruhlanish asoslari

3.2. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlarni o’z vaqtida tushib 

turishini ta’minlash masalalari 

 

Harakatda bo’lgan soliq turlarining o’z vaqtida va belgilangan miqdorda 

tushib turishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi qo’yidagi omillarning mavjud ekanligi 

amaliyotda o’z isbotini topgan: 

-umumdavlat  va  mahalliy  soliqlar  hamda  yig’imlarni  soliq  to’lovchilar 

tomonidan  byudjetga  o’z  vaqtida  va  belgilangan  summalarda  to’lanmasligi  va 

moliya-byudjet-to’lov 

intizomiga 

rioya 

qilmaslik 



hollarining 

sodir 


etilayotganligi; 

-umumdavlat  va  mahalliy  soliqlar hamda  yig’imlarni  budjetga o’z  vaqtida 

va belgilangan miqdorda byudjetga to’lab turishdan bo’yin tovlash holatlarining 

mavjudligi; 

-umumdavlat  va  mahalliy  soliqlar  hamda  yig’imlarni  byudjetga  yil 

choraklari  bo’yicha  undirilishi  rejalarining    noreal,  haqiqiy  hisob-kitoblarga 

etarli  darajada  asoslanmasdan,  sub’ektiv  omillarning  ta’sirida  tuzilishiga  yo’l 

qo’yilishi; 

-rejalarni 

tuzishda 

yillarning 

ayrim 


choraklari 

bo’yicha  reja 

ko’rsatkichlarining  sun’iy  ravishda  pasaytirilishi  va  aksincha,  boshqa  bir 

choraklar uchun teskari tarzda yo’l tutilishi; 

-ko’pchilik  hollarda  hech  bir  ob’ektiv  sabablarni  va  kelgusi  davrlarda 

vujudga  kelishi  mumkin  bo’lgan  ayanchli  iqtisodiy  (moliyaviy)  vaziyatni 

inobatga  olmagan  holda  doimo  byudjet  manfaatlarining  birinchi  o’ringa 

qo’yilaverishi; 

-Soliq undiruvchilarda o’z faoliyatlarining natijalaridan moddiy manfaatdor 

bo’lish hissining etarli darajada shakllanmaganligi; 

-soliqlarni  byudjetga  o’z  vaqtida  va  belgilangan  summalarda  undirilishini 

ta’minlovchi mexanizmning etarli darajada takomillashmaganligi, bu mexanizm 

elementlarining “uzilish”lar sodir etib, nosog’lom ravishda ishlayotganligi; 



56 

 

-soliqlar  va  yig’imlarni  undirishga  qaratilgan  mexanizmning  barcha 



holatlarda xam etarli darajada oddiy va sodda emasligi; 

-soliqlar va yig’imlarning hamma vaqt ham soliq to’lovchilar uchun qulay 

bo’lmagan vaqtlar (holatlar) da undirilayotganligi; 

-budjetga  to’lanishi  (undirilish)  lozim  bo’lgan  soliqlar  va  yig’imlarning 

barcha hollarda ham soliq to’lovchilarga tushunarli emasligi; 

-soliqlar va yig’imlarni byudjetga undirish jarayonida adolatlilik tamoyiliga 

etarli  darajada  rioya  qilinmayotganligi  va  bu  tamoyil  talablarining  soliq 

to’lovchilar tomonidan ongli ravishda buzilayotganligi; 

-soliq  to’lovchilar  zimmasiga  yuklangan  soliq  yukining  ular  o’rtasida 

amalda  notekis  taqsimlanmaganligi,  soliqlarni  o’z  vaqtida  va  belgilangan 

summalarda to’lab turilishiga harakat qilayotgan soliq to’lovchilar uchun uning 

haddan  ziyod og’irligi va  soliqlar hamda  yig’imlarni  to’lashdan  turli  yo’llar  va 

vositalarni qo’llash evaziga bo’yin tovlayotganlar uchun soliq yuki og’irligining 

sezilmayotganligi va boshqalar. 

Soliqlarni  o’z  vaqtida  va  belgilangan  summalarda  tushib  turishiga  salbiy 

ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etishdagi asosiy va eng muhim muammolar 

qo’yidagilardan iborat deb hisoblaymiz: 

 -soliqlarni  byudjetga  o’z  vaqtida  va  belgilangan  summalarda  tushib 

turishini  ta’minlashning  mohiyati,  ob’ektiv  zarurligi  va  ahamiyati  soliq 

to’lovchilar  va  soliq  undiruvchilar  tomonidan  to’g’ri  idrok  etilishiga  to’g’ri 

bog’likdir; 

-soliqlarni  byudjetga  o’z  vaqtida  va  belgilangan  summalarda  tushib 

turishini  ta’minlash,  shak-shubhasiz,  ma’lum  bir  mexanizm  orqali  amalga 

oshirilishi  kerak.  Fikrimizcha,  bu  mexanizm  tarkibiy  jihatdan  uch  qismdan 

iborat: 

a) soliq to’lovchilar 

b) soliq undiruvchilar 

v) huquqiy hujjatlar. 




57 

 

O’z  navbatida  bu  mexanizmning  har  bir  tarkibiy  qismlari  bir  necha 



elementlardan  tashkil  topgan.  Bularga  muvofiq  bu  mexanizmning  har  bir 

tarkibiy qismi va ularning elementlari sog’lom va uzluksiz faoliyat ko’rsatsa, o’z 

faoliyatida  uzilishlar  sodir  etmasagina  soliqlarni  byudjetga  o’z  vaqtida  va 

belgilangan summalarda tushib turishini ta’minlashga erishish mumkin; 

-bir  vaqtning  o’zida  soliqlarni  byudjetga  o’z  vaqtida  tushib  turishini 

ta’minlashni  takomillashtirishning  asosiy  yo’nalishlari  belgilanayotgan  yoki 

ishlab-chiqarilayotgan  paytda,  umumiy  tarzda  O’zbekiston  Respublikasi  soliq 

mexanizmiga xos bo’lgan holatlarga alohida e’tibor bermoq lozim. 

-soliqqa  tortish  jarayonini  tartibga  solib  turuvchi  huquqiy  hujjatlarni 

xalkaro 


amaliyotida 

keng 


qo’llanilib  xalqaro  huquqiy  tamoyillariga 

moslashtirish  yo’nalishida  rivojlantirish  soliqlarni  byudjetga  o’z  vaqtida  va 

belgilangan  summalarda  tushib  turishini  ta’minlashni  takomillashtirishning 

navbatdagi yo’nalishidir; 

-soliqlarni  byudjetga  o’z  vaqtida  va  belgilangan  summalarda  tushib 

turishini  ta’minlashni  takomillashtirish  asosiy  yo’nalishlarining  yana  biri  soliq 

tushumlari  darajasining  rejalashtirilishi  va  prognozlashtirilishi  bilan  bog’liqdir. 

Buning uchun soliq tushumlarini rejalashtirish jarayonida hozirgi paytda amalga 

oshirilayotgan ishlarga qo’shimcha ravishda yana qo’yidagilarni hisobga olmoq 

lozim: 


1)hududiy  mulkning  daromadliligini  (mintaqaning  moliyaviy  jihatdan 

ta’minlanganlik va byudjet samaradorligi koeffitsentlaridan foydalanish orqali), 

mintaqada  ixtisoslashgan  tarmoqlarining  texnikaviy  yangilanishiga  ehtiyojini, 

mehnatga  haq  to’lashning  ahvolini,  mintaqaning  resurs  bazasini,  hududning 

eksport-import  operatsiyalarini  amalga  oshirishdagi ishtirokini,  ishlab-chiqarish 

va 


ijtimoiy 

infratuzilmaning 

sifatini, 

transport 

magistrallari 

bilan 


ta’minlanganligini va x.k. larni baholash; 

2)mintaqaning  iqtisodiy  o’sish  sur’atlarini  hisobga  olgan  holda  soliq 

tushumlarining hajmini rejalashtirish; 



58 

 

3)viloyatlar 



iqtisodiyotining 

resurslarini 

tashkil 

qiluvchilarni 

va 

mulklarning  turlarini  inventarizatsiya  qilish  asosida  ularning  (viloyatlarning) 



ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojlarini  rejalashtirish.  Hududiy  mulkdan  foydalanishdan 

olinadigan  mablag’lar  va  ichki  ehtiyojlarni  qondirishga  xizmat  qiladigan,  shu 

jumladan,  markazlashgan  holda  hududidan  chiqib  ketayotgan  mablag’larning 

hissasini  (salmog’ini)  aniqlash.  Umumdavlat,  korporativ  va  shaxsiy  iqtisodiy 

manfaatlarni  muvofiqlashtirish  mexanizmiga  va  mulkchilik  munosabatlariga 

ob’ektiv zaruriy o’zgarishlar kiritish; 

4)soliq tushumlarini rejalashtirish jarayonida byudjet taqchilligi, inflyatsiya 

darajasi, baholar indeksi va bozor indikatorlari kabi omillarni hisobga olish; 

5) soliq to’lovchilarning byudjet bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlaridagi 

ijobiy  va  salbiy  holatlarni  har  tomonlama  o’rganish,  shu  munosabatlar 

rivojlanishining qonuniyatlarini aniqlash. 

Bozor  munosabatlarini  erkinlashtirish  sharoitida  soliqlarning  tartibga 

soluvchilik  vazifasining  amalga  oshirilishi  ayniqsa  muhim  hisoblanadi.  Davlat 

soliqlar  yordamida  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotishning 

iqtisodiy  shart-sharoitini  tartibga  soladi  va  bu  bilan  korxonalarning  iqtisodiy 

faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan soliq muhitini yaratadi. Bu muhitni 

sog’lom  ravishda  yaratilishida  boshqa  omillar  qatori,  soliqlarning 

rag’batlantiruvchi  jihatlari,  ayniqsa,  soliq  imtiyozlari  va  ulardan  samarali 

foydalanish mexanizmini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. 

Boshqacha  aytganda,  mamlakat  iqtisodiyotining  rivojlanishi  uchun 

«lokomotiv»  rolini  o’ynovchi  ustuvor  tarmoqlarni  (faoliyat  turlarini)  yoki 

korxonalar faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini rag’batlantirish maqsadida 

soliq  imtiyozlaridan  samarali  foydalanish  muhimdir.  Bugungi  kunda, 

mamlakatimiz  iqtisodiyoti  tub  o’zgarishlarni  o’z  boshidan  kechirayotgan 

pallada,  mahalliy  bozorni  o’zimizda  ishlab  chiqarilgan  sifatli  iste’mol  tovarlari 

bilan  to’ldirish  vazifasining  qo’yilishi  milliy  ishlab  chiqarish  korxonalarining 

oyoqqa  turishida,  ayniqsa,  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  ham 



59 

 

hozirgi  kundagi  soliq  siyosatining  muhim  vazifalaridan  biri    milliy  ishlab 



chiqaruvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashdir.  

Milliy  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  masalasi,  o’z  navbatida,  hozirgi 

paytdagi  mablag’  etishmovchiligi  sharoitida  xorijiy  sarmoyalar  ishtirokidagi 

korxonalarni barpo etish va ularda tayyor sifatli buyumlar ishlab chiqarish orqali 

ichki  bozorni  to’ldirish  hamda  jahon  bozorlarida  O’zbekiston  tovarlarining 

raqobatbardoshligini ta’minlash vazifasini qqyadi.  

Ushbu  vazifalarni  samarali  joriy  qilishning  muqobil  yo’llaridan  biri  bu 

xorijiy 


investitsiyalar 

ishtirokidagi 

korxonalarni 

soliqlar 

vositasida 

rag’batlantirishdir. Chunonchi, iste’mol bozorida tovar va xizmatlar taqchilligini 

bartaraf  etishda  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarning    soliqlar 

vositasida  rag’batlantirilishi  bu  turdagi  mahsulot  va  xizmatlar  sohasining 

kengayishiga zamin yaratadi. Shuning uchun ham, hozirgi kunda Respublikamiz 

hukumati  mamlakatda  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni 

rivojlantirishga  katta  ahamiyat  berib  kelmoqda  va  unga  mamlakat  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlanishining  eng  asosiy  omillaridan  biri  sifatida  qaramoqda.  Bu 

borada  mamlakatimiz  hukumati  tomonidan  eksportga  yo’naltirilgan  va 

importning 

o’rnini  bosuvchi  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  xorijiy 

investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni  qo’llab-quvvatlashga  qaratilgan  bir 

qator  qonun  va  qarorlarning  ishlab  chiqilishini  bu  turdagi  korxonalarga 

yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar sifatida qarash mumkin. 

Soliq  solishning  soddalashtirilgan  tizimiga  o’tib  ishlovchi  va  iste’mol 

tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qo’lanilayotgan yagona soliq stavkasi 

ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxining ko’tarilib ketishiga 

olib 


kelib, 

buning 


natijasida 

ularning 

foyda 

olish 


imkoniyatlarini 

chegaralamoqda.  Amaldagi  soliq  qonunchiligiga  muvofiq,  iste’mol  tovarlari 

ishlab chiqaruvchi yagona soliq to’lovchi korxonalar 25% qisqartirilgan tartibda 

soliq  to’lasalarda,  real  vaziyat  bu  turdagi  korxonalarning  etarli  darajada  foyda 

olishiga  tqsqinlik  qilmoqda.  Misol  uchun,  mahalliy  bozorda  chinni  buyumlar 

ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  korxona  bu 




60 

 

mahsulotni  tayyorlash  uchun  kerak  bo’ladigan  xom-ashyo,  elektr  energiyasi  va 



boshqa  yordamchi  mahsulotlar  va  xizmatlarni  qqshilgan  qiymat  solig’i  bilan 

sotib  oladi.  Xom-ashyoni  qayta  ishlash  va  xizmatlardan  foydalanish  tufayli 

tayyor  mahsulot  hosil  bo’ladi.  Bu  turdagi  korxonalar  qqshilgan  qiymat  solig’i 

to’lovchilari  bo’lmaganligi  uchun  sotib  olingan  xom-ashyo  va  materiallar 

mahsulot  tannarxiga  olib  boriladi.  Natijada,  tayyor  mahsulot  tannarxi  sun’iy 

ravishda oshirilib, korxonaning foyda olish imkoniyati kamaymoqda.  

Bizningcha,  bu  boradagi  qonunchilikni  takomillashtirishda  bu  imtiyoz 

nafaqat  xorijiy  investitsiyali  korxonalarga,  balki  o’zimizning  ishlab  chiqarish 

korxonalarimizga ham joriy etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu erda faqat 

xorijiy  investitsiyali  korxonalarga  berilgan  imtiyozning  sharti  shunda  bo’lishi 

kerakki,  ular  xom-ashyoni  sotib  olishi  uchun  erkin  almashtiriladigan  valyutada 

hisob-kitob qilishlari lozim.    

Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy invetitsiyalar jalb qilinayotgan bir pallada, 

xorijiy  sarmoyadorlarning  xususiy  sektorga  alohida  qiziqish  bilan  qarashlarini 

aytib  o’tish  lozim.  AQSh,  Yaponiya  va  Evropaning  rivojlangan  davlatlari 

tajribasining  ko’rsatishicha,  xususiy  sektor  odatda,  kichik  va  xususiy  biznes 

hamda  xizmat  ko’rsatish  sohalarida  rivojlanadi.  Bu  davlatlarda  xususiy 

sektorning YaIMdagi ulushi 50-60%ni tashkil etadi. Ish bilan band aholining 65-

70 %i aynan mana shu sohada faoliyat ko’rsatadi. Mamlakatimizda esa xususiy 

sektorning  YaIMdagi  ulushi  bor-yo’g’i  35  %ni  (2001  yil  ma’lumotlari 

bo’yicha), aholini ish bilan ta’minlashda esa atigi 30 %ni tashkil qiladi

24

.   



Bozor  munosabatlari  sharoitida  resurslar  va  mol-mulk    solig’ining  xorijiy 

investitsiyali korxonalarga ta’siri sezilarli bo’lishi mumkin. Chunki, zamonaviy 

ishlab  chiqarish  texnologiyasining  qiymati  arzon  emas  va  shuning  uchun  katta 

soliq  manbaiga  ega  bo’lgan  holda,  bu  soliq  miqdorining  ozgina  qsishi 

korxonaning  hamma  foydasini  ishg’ol  etishi  mumkin.  Mol-mulk  solig’ining 

yuqori  darajada  o’rnatilishi  birinchi  navbatda,  ishlab  chiqarish  vositalariga, 

sig’imi  katta  bo’lgan  xqjalik  yuritish  va  ilmiy  ishlab  chiqarish  manfaatlariga 

                                                           

24

 «Тошкент оқшоми» газетаси. Т.:2002 йил 15 феврал сони. 




61 

 

salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Mol-mulk  solig’i  stavkasining  korxonalar  to’lov 



qobiliyatiga  qarab  darajalashuvi  korxonalar  moliyaviy  ahvolini  mustahkamlash 

uchun xizmat qiladi.  

Fikrimizcha,  korxonalarning  investitsion  faolligini  va  mamlakatga  yangi 

texnologiyalar  kiritishni  rag’batlantirish  borasidagi  imtiyozlarni  maqsadli  va 

adresli  bo’lishini  taqozo  etadigan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  maqsadga 

muvofiq.  Amaldagi  soliq  qonunchiligida  investitsion  faollikni  qo’llab-

quvvatlaydigan  soliq  imtiyozlari  moliya  yili  davomida  bir  martagina 

qo’llanilishi  talab  etiladi.  Bu  albatta,  tadbirkorlik  faolligini  susaytirish  bilan 

birga,  uning  jozibadorligiga  ham  putur  yetkazadi.  Bu  borada  rivojlangan 

mamlakatlar tajribasi ayniqsa qo’l kelishi mumkin.  

Shu  bilan  birga,  jahon  amaliyotida  qo’llanib  kelinayotgan  bir  qator 

rag’batlantiruvchi  chora-tadbirlarning  qo’llanilishi  tizimning  yanada  samarali 

ishlashiga olib kelishi mumkin: 

a)  yuzaga  kelgan  joriy  zararlarni  besh  yil  davomida  olingan  daromadlar 

hisobiga o’tkazish; 

b) bu zararlarni oldingi yilda olingan foyda hisobiga qaratish; 

v) turli zahiralarni shakllantirishga ruxsat berish (undirilishi gumon qarzlar, 

fan-texnika taraqqiyoti, qaytarilgan mahsulot uchun va boshqa zahiralar); 

g)  ba’zi  asosiy  vositalar  uchun  alohida  eskirish  me’yorini  hisoblashga 

ruxsat  berish,  chunonchi,  24  soat  ishlovchi  asosiy  vositalar  uchun  alohida 

tezlashtirilgan eskirish me’yorlarini qo’llash. 

Yuqorida bayon etib o’tilgan fikr-mulohazalarimiz  nafaqat soliq tizimidagi 

ayrim  muammolarni  hal  etishda,  balki  shu  bilan  birga,  bugungi  kunda 

iqtisodiyotimiz  duch  kelayotgan  ayrim  kamchiliklarni  bartaraf  etishda  ham 

xizmat  qiladi,  degan  fikrni  bildirgan  holda,  bular  natijasida  kelib  chiqadigan 

chora-tadbirlar tizimini keltirib o’tishni lozim topdik: 

 xorijiy  investorlarga  berilayotgan  imtiyozlar  mexanizmini  ba’zi  bir 



shartlar  bilan  boyitish.  Xususan,  eksportyor  korxonalar  uchun  jahon 


62 

 

standartlariga  to’g’ri  keladigan  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  fakti 



tasdiqlangandagina soliq imtiyozini taqdim etish; 

 soliq  solishning  soddalashtirilgan  tizimida  ishlovchi  korxonalarning 



moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash  uchun  sotib  olinayotgan  xom-ashyo  va 

materiallardagi  qo’shilgan  qiymat  solig’ining  alohida  hisobini  yuritish  va  uni 

tannarxga  qo’shmaslik  natijasida  mahsulot  tannarxining  sun’iy  ravishda 

oshishini oldini olish; 

 soliqqa  tortiladigan  bazani  isloh  etish  orqali  ba’zi  bir  xarajatlarni  uning 



tarkibidan chiqarish, korxonalarning moliyaviy mustahkamligini ta’minlaydi; 

 korxonaning  o’z  ishlab  chiqarishiga  investitsiya  qilish,  xususan,  sotib 



olinayotgan  zamonaviy  texnologiya  uchun  xqjalik  yurituvchi  sub’ektlarga 

alohida rag’batlantirish chora-tadbirlarini qo’llash. 

Shuningdek,  bu  sub’ektlarni  qo’llab-quvvatlashga  qaratilgan  soliq 

imtiyozlarining qanchalik samara berayotganligi to’g’risidagi masala ham asosiy 

hisoblanadi. Chunki, o’z faoliyatining dastlabki yillarida soliq imtiyozlariga ega 

bo’lgan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  o’z  hisobotlarida  olayotgan  foydalarini, 

ishlab  chiqarish  hajmlarini  va  boshqa  iqtisodiy  ko’rsatkichlarini  to’liq 

ko’rsatadilar,  lekin  imtiyozlarning  qisqarishi  bilan  bu  ko’rsatkichlar  miqdori 

ham  asta-sekin  kamayuvchi  xarakter  kasb  etib  boradi.  Bunday  nomaqbul 

holatlarning  oldini  olishni  soliq  imtiyozlari  evaziga  bqshatib  olingan 

mablag’larni faqat ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish orqali amalga 

oshirish mumkin. 

Fikrimizcha,  korxonalarning  investitsion  faolligini  va  mamlakatga  yangi 

texnologiyalar  kiritishni  rag’batlantirish  borasidagi  imtiyozlarni  maqsadli  va 

adresli  bo’lishini  taqozo  etadigan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  maqsadga 

muvofiq.  Amaldagi  soliq  qonunchiligida  investitsion  faollikni  qo’llab-

quvvatlaydigan  soliq  imtiyozlari  moliya  yili  davomida  bir  martagina 

qo’llanilishi  talab  etiladi.  Bu  albatta,  tadbirkorlik  faolligini  susaytirish  bilan 

birga,  uning  jozibadorligiga  ham  putur  yetkazadi.  Bu  borada  rivojlangan 

mamlakatlar tajribasi ayniqsa qo’l kelishi mumkin.  




63 

 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling