Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana14.11.2021
Hajmi0.97 Mb.
#174595
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
soliqlarning iqtisodiy moxiyati va guruhlanish asoslari

2-xulosa.  Soliqlar  moliyaviy  resurslarni  davlat  ixtiyorida  to‘planib 

borishini  ta’minlaydi,  bu  resurslardan  iqtisodiy  rivojlanishning  umumdavlat, 

mintaqaviy  vazifalarni  hal  qilish,  ishning  samaradorligi  va  sifatini 

rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish 

uchun foydalaniladi. 

3-xulosa. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy 

shaxslar  o‘rtasida  vujudga  keluvchi  ob’ektiv  majburiy  to‘lovlarga  asoslangan 

moliyaviy  munosabatlar  orqali  xarakterlanadi.  Bu  moliyaviy  munosabatlar 

maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul 

mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. 

4-xulosa.  Soliqlarning  umumdavlat  va  mahalliy  soliqlarga  bo’linishi 

hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi 

asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim 



64 

 

vazifalaridan  kelib  chiqib,  o’z  byudjetiga  va  uni  ta’minlaydigan  soliqlarga  va 



boshqa majburiy to’lovlarga ega bo’lishi kerak. 

5-xulosa.Yuqorida  ko’rib  o’tganimizdek,  Respublikamizda  mahalliy 

davlat  hokimiyati  idoralarining  asosiy  daromad  manbai  hisoblangan  mahalliy 

soliqlar  va  yig’imlar  bilan  bog’liq  muammolar  markazida  ularning  mahalliy 

budjetlar xarajatlarini to’liq miqdorda moliyalashtira olmasligidadir. Shu o’rinda 

ta’kidlash  lozimki,  respublikamiz  soliq  tizimini  takomillashtirishda  turli 

hokimiyat  organlarining  soliqlar  va  yig’imlar  bo’yicha  vakolatlarini  yanada 

aniqlashtirish  va  bunda  mahalliy  davlat  hokimiyati  idoralarining  bu  boradagi 

vakolatlarini oshirish muhim yo’nalish qilib belgilanishi lozim. 



6-xulosa.  Davlat  budjetiga  tushgan  soliq  va  to‘lovlarni  tushumini  tahlil 

qilish  natijasida  soliq  tizimini  rivojlantirish  samaradorligi,  korxonalarni  ishlab 

chiqarish sharoitlarni, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solish faktorlari 

o‘rganib  chiqiladi  va  ishlab-chiqarish  uchun  «soliq  iqlimi»  yaratiladi.  Tahlil 

asosida soliqlarning ishlab-chiqarishni o‘sish sur’atlarini o‘sishi yoki pasayishi, 

mablag‘  to‘planishini  tezlatilishi  yoki  sekinlashtirilishi,  aholining  to‘lov 

qobiliyati kengayishi yoki kamayishi bo‘lgan tasiri o‘rganib chiqiladi. 

Soliqlarning  iqtisodiy  mohiyati,  ularni  guruhlash  lanish  asoslari  hamda 

ulardan  foydalanishni  samarali tashkil qilish  masalalarini hal  etishga  qaratilgan 

mulohazalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilarni  taklif qilamiz: 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling