Soliqlar va soliqqa tortish


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana14.11.2021
Hajmi0.97 Mb.
#174595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
soliqlarning iqtisodiy moxiyati va guruhlanish asoslari

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI....................................... 

63 


 

66 


ILOVALAR……………………………………………………………………  73 

 



 

                                                 KIRISH 



 

Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki 

va  tashqi  vazifalarini,  har  xil  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  chora-tadbirlarni 

amalga  oshirish  uchun  zarur  bo’lgan  mablag’larning  asosiy  qismini  soliqlar 

orqali  to’playdi.  Jumladan,  soliqlar  respublika  va  mahalliy  byudjetlar 

daromadlarini  shakllantiradi,  davlat  ijtimoiy  dasturlari  uchun  moliyaviy  negiz 

yaratadi,  soliq  to’lovchi  shaxslarning  tadbirkorlik  faoliyatini  boshqaradi, 

ularning  tabiiy  resurslardan  unumli  foydalanishga  bo’lgan  intilishini 

rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini 

tartibga  solib  turadi,  imtiyozlar  yordamida  esa  aholining  kam  ta’minlangan 

qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning 

iqtisodiy  mohiyati  davlat  bilan  huquqiy  va  jismoniy  shaxslar  o’rtasida  vujudga 

keluvchi  ob’ektiv  majburiy  to’lovlarga  as  oslangan  moliyaviy  munosabatlar 

orqali  xarakterlanadi.  Bu  moliyaviy  munosabatlar  maxsus  ijtimoiy  xarakterga 

ega  bo’lib,  milliy  daromadning  bir  qismi  bo’lgan  pul  mablag’larini  davlat 

ixtiyoriga  safarbar  qilishga  xizmat  qiladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimovning ta’kidlaganidek,

 

“Soliq yukini yanada kamaytirish, jumladan, 



yuridik  shaxslar  uchun  foyda  solig‘i  stavkasini  9  foizdan  8  foizga,  jismoniy 

shaxslar  uchun  eng  kam  soliq  hajmini  8  foizdan  7,5  foizga  tushirish 

iqtisodiyotimiz  rivojida  albatta  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  soliq 

yengilliklari  130  milliard  so‘mdan  ortiq  mablag‘ni  tejash  va  uni  korxonalar 

ixtiyorida  qoldirib,  ularning  o‘z  aylanma  mablag‘larini  ko‘paytirish,  ishlab 

chiqarishni  modernizatsiya  qilish  va  texnologik  yangilash,  shuningdek,  aholi 

daromadlarini 90 milliard so‘mdan ko‘proq oshirish imkonini beradi”.

1

 



Soliqlarning  jamiyat  hayotidagi  rolini  oshib  borishi  bilan  davlat  byudjeti 

daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog’liqdir. Soliq bozor 

                                                           

1

Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  мамлакатимизни  2013  йилда  ижтимоий-



иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2014  йилга  мўлжалланган  иқтисодий  дастурнинг  энг  муҳим 

устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар  Маҳкамасининг  мажлисидаги  маърузаси.  “Xalq  so’zi” 

gazetasi 18.01.2014  

 



 

konyukturasini  boshqarishga  o’ziga  xos  vosita  hisoblanadi.  Soliq  vositalari 



orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo’lsa ularni inqiroz holatiga 

tushib  qolishiga  sababchi  bo’lishi  mumkin.  Shu  bois  moliyaviy  resurslardan 

oqilona  foydalanish  va  ularni  to’g’ri  yo’naltirish,  samaradorligini  oshirish, 

ijtimoiy  –  iqtisodiy  taraqqiyotni  ta’minlashda  soliq  munosabatlari  muhim  rol 

o’ynaydi. Soliq siyosatini oqilona yuritish nafaqat makroiqtisodiy barqarorlikni 

ta’minlashga,  balki  mukammal  byudjet  siyosatini  yuritishga,  aholi  turmush 

darajasini  yaxshilashga  erishish  mumkin  bo’ladi.  Shu  nuqtai-nazardan  mazkur 

bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarbdir. 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling