Soliqlar va soliqqa tortish


Download 347.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana01.12.2021
Hajmi347.59 Kb.
#178281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi boyicha boqimanda qarzlarni bartaraf etish yollari

2. 

I

shlab  chiqaruvchilarni  rag’batlantirishda  to’g’ri  soliqlardan 

berilgan imtiyozlarning ahamiyati. 

 

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalashtirish  sharoitida  mamlakatimizda  olib 



borilayotgan  islohotlar  asosini  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatini  har 

tomonlama  qo’llab-quvvatlash,  shuningdek  ularni  texniq  qayta  qurollantirish, 

moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  va  shu  orqali  aholi  farovonligini 

ta’minlash  hisoblanadi.  Aynan  shu  maqsadga  erishish  uchun  boshqa  iqtisodiy 

shart-sharoitlar 

bilan 


bir 

qatorda, 

soliqlarning 

rag’batlantiruvchilik 

funktsiyasidan  foydalanilish,  xususan    soliq  imtiyozlarining  berilishi  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Bugungi  kunda  iqtisodiyotimizni  barqaror  sur’atlarda  rivojlantirishda 

soliqlarning  rag’batlantiruvchi  rolini  kuchaytirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar 

amala  oshirilmoqda.  Chunonchi,  soliq  siyosatini  takomillashtirishga  doir  olib 

borilayotgan  islohotlar  negizida  tadbirkorlik  sub’ektlarini  qo’llab  quvvatlash, 

ular  zimmasidagi  soliq  yukini  yanada  kamaytirish  hamda  ularga  keng 

imkoniyatlar  yaratib  berish  maqsadida  2015  yildan  boshlab,  yuridik  shaxslar 

foyda solig’i stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga tushirildi

1

.  



Bu o’zgarishlardan asosiy maqsad, soliq miqdorlarining kamayishi evaziga 

soliq  to’lovchilarni  ko’paytirish,  zamonaviy  texnologiyalarga  asoslangan  yangi 

ishlab  chiqarish  korxonalarini  tashkil  etish  asosida  qo’shimcha  ish  o’rinlarini 

barpo etishdan iborat.  

Iqtisodiyotni boshqarishda soliq imtiyozlari rolini ular quyidagicha ifodalar 

edi:  “agar  u  yoki  bu  davlatning  iqtisodiyoti  ortiqcha  ishlab  chiqarish  bilan 

xususiyatlanuvchi  o’sish  davrini  o’tayotgan  bo’lsa,  u  holda  davlat  soliq 

imtiyozlarini  kamaytirish,  ya’ni  soliqlarni  ko’paytirish,  soliqqa  tortishni 

kuchaytirish  orqali  korporatsiyalar  bo’sh  mablag’larini  ko’proq  byudjetga  jalb 

qilish  lozim”  deb  hisoblaganlar.  Agar  mamlakat  iqtisodiyoti  turg’unlik  holatini 

kechirayotgan  bo’lsa,  iqtisodiyotni  jonlantirish  uchun  qo’shimcha  sarmoya  jalb 

qilish lozim. Bunda soliq imtiyozlaridan ham keng foydalanish zarurati tug’iladi 

degan  xulosaga  kelishgan.  Bu  holatda  iqtisodchilar  davlatga,  soliq  miqdorini 

kamaytirish,  soliq  imtiyozlarini  ko’paytirishni  maslahat  beradilarki,  bu  narsa 

byudjetga  qo’shimcha  mablag’lar  va  kapital  qo’yilmalar  uchun  mablag’lar 

tug’ilishiga imkoniyat tug’diradi. 

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa dastaklari qatori 

soliq  siyosati  talab  va  taklif  o’rtasidagi  mutanosiblikka  erishish  orqali 

iqtisodiyotda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan. G’arb iqtisodchilari 

soliq  tizimining  ahamiyatini  davlat  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  uni  zarur 

moliyaviy  mablag’lar  bilan  ta’minlash  sifatida  ifodalanuvchi  sof  fiskal  vazifa 

bilan  cheklab  qo’ymaydilar.  Ularning  soliq  imtiyozlari  nazariyasida  soliqlarni 

tartibga  solish  vazifasiga  katta  e’tibor  beradilar.  Soliqlar  davlat  tomonidan 

iqtisodiyotni  tartibga  solishning  muhim  quroli  sifatida  xo’jalik  yurituvchi 

                     

1

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi 2270-sonli qarori 




 

sub’ektlar  iqtisodiy  xulq-atvoriga  davlat  ta’sirini  ifodalaydilar.  Ammo,  bunda 



soliq imtiyozlari asosiy vosita sifatida qaralishi keng nazarda tutilgan.  

Soliq  imtiyozlarini  belgilash  asosida  ishlab  chiqarishni  rag’batlantirish, 

chet  el  investitsiyalari  kirib  kelishini  ta’minlash,  ijtimoiy  himoyalashni  tashkil 

etish,  turli  sohalarni  rivojlanishiga  aktiv  ta’sir  etish  muammosi  yotadi.  Shu 

o’rinda  soliq  imtiyozlarini  belgilash  mezonlari  xalqaro  soliq  munosabatlariga 

mos  kelishi  hamda  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  davlatning  faol  ishtirok 

etishida moslashuvchan bo’lishi lozim. 

Bozor  munosabatlari  sharoitida  iqtisodiyotni  tartiblash  va  boshqarish 

jarayonida  bir  qator  vositalardan  foydalaniladiki,  bunda  soliq  tizimining  soliq 

stavkalari  va  imtiyozlaridan  foydalanish  eng  samarali  va  oson  usullardan  biri 

bo’lib yuzaga chiqadi. 

Soliq 


imtiyozlaridan 

ishlab 


chiqarish 

jarayonini 

boshqarishda, 

investitsiyalarni rag’batlantirishda va boshqalarda keng foydalaniladi. 

Soliq imtiyozlari rag’batlantirish va samarali qo’llanilishiga qarab quyidagi 

ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin: 

  soliqlardan butunlay ozod qilish; 



  yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish; 

  soliq to’lashdan vaqtincha ozod etish; 



  soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish; 

  soliqdan qisman ozod qilish; 



  xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish; 

  eksportga imtiyozlar berish va boshqalar. 



Soliq  imtiyozlari  vositasida  iqtisodiyotni  boshqarish,  davlatni  shunday 

faoliyati  bilan  bog’liqki,  u  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  vujudga  kelgan 

nomutanosiblikni  yo’qotish  uchun  sharoit  yaratadi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

agar  soliqlarning  ba’zi  tizimi  ishlab  chiqarishni  tartibga  solishning  davlat 

strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Soliq 

imtiyozlarini  turli  xil  asoslar  bo’yicha  guruhlash  mumkin.  Ma’lumki, 

O’zbekiston Respublikasi soliq tizimini huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. 

Hozirga  qadar  qabul  qilingan  barcha  soliqqa  oid  qonun  hujjatlariga  e’tibor 

beradigan  bo’lsak,  ularning  barchasiga  soliq  imtiyozlarini  belgilash  bo’yicha 

umumiy  o’xshashliklar  mavjudligiga  guvoh  bo’lish  mumkin.  Ya’ni,  barcha 

qonun  hujjatlarida  soliq  turlari  bo’yicha  imtiyozlar  asosan  quyidagi  shakllarda 

namoyon bo’ldi:  

  soliqdan batamom ozod etish;  



  soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish; 

  soliq solinadigan bazani kamaytirish. 



 

 

 



 

 

 




 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 347.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling