Soliqlar va soliqqa tortish
Download 347.59 Kb. Pdf ko'rish
|
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi boyicha boqimanda qarzlarni bartaraf etish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT – 2015 3 REJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI “YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIG’I BO’YICHA IMTIYOZLARNI ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISHGA BO’LGAN TA’SIRI” MAVZUSIDAGI REFERAT Bajardi: XBA-70 guruhi talabasi Yusupov Q. TOSHKENT – 2015 3
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida soliq siyosatining o’ziga xos xususiyatlari
shlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishda to’g’ri soliqlardan berilgan imtiyozlarning ahamiyati.
chiqarishni rivojlantirishda to’g’ri soliqlar bo’yicha imtiyozlaridan foydalanishning amaliy jihatlari. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 4
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida soliq siyosatining o’ziga xos xususiyatlari. Amaldagi soliq siyosati strategiyasi bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish bilan ifodalanadi. Ayniqsa, to’g’ri soliqlar miqdorining yuqori bo’lishi korxonalarni o’z mablag’larini o’zi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta qurollantirishga, o’z aylanma mablag’larini to’ldirishga sarflashiga to’sqinlik qiladi. Bu esa ishlab chiqarishning pasayishiga, davlat byudjeti daromadlarining ham kamayishiga, ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga olib keladi. Shu sababli, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida qaralayotgan soliq siyosatida to’g’ri soliqlar bo’yicha imtiyozlardan samarali foydalanishni tashkil etish ko’pgina ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning oldini olishda xizmat ko’rsatadi. Hozirda mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to’laqonli shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, davlat byudjetini mablag’lar bilan ta’minlash hamda ustivor yo’nalishdagi iqtisodiy faoliyatni soliqlar vositasida qo’llab-quvvatlashni talab etiladi. Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda va moliyaviy holatni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Soliqlar faqat davlat byudjetining daromad manbai bo’lib qolmasdan, ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, kichik beznesni rivojlantirish hamda bozor infrastrukturasini turli tuzilmalarini shakllantirish uchun ham xizmat kiladi. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish mazkur sohalarda erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada respublikamizda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga loyiqdir. Mamlakatimizda soliqlar yig’ilishini ko’paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ma’lumotlarning yagona axborot-kommunikatsion tizim bazasini yuritish asosida soliq
to’lovchilarni hisobga
olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko’rsatilayotgan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha kompleks tadbirlarni ro’yobga chiqarish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferentsiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish masalalari 1 O’zbekiston soliq tizimini yanada modernizatsiyalash jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
1O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 1-2-son, 4- modda; 2013 y., 4-son, 44-modda).
5 Shulardan kelib chiqqan
holda mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish yo’nalishida quyidagilarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi: 1. Soliq yukini engillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida tegishli choralar ko’rish. 2. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida ayrim toifadagi korxonalarning soliq qarzdorliklarini to’lov muddatlarini uzaytirish hamda restrukturizatsiya qilish. 3. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq protseduralarni soddalashtirish va xarajatlarni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. O’tgan yillar davomida malakatimizda soliq yukini engillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik yurituvchi korxonalarni, jumladan, eksportyor-korxonalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator qo’shimcha choralar, xo’jalik sub’ektlariga keng ko’lamli qo’shimcha soliq va bojxona imtiyozlari berildi. 2015 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo’lgan turar joy va kvartiralarga 1,4 foizdan 1,6 foizga, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo’lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 1,8 dan 2,2 foizga oshirildi. 2015 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar mol-mulkining baholash organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati mavjud bo’lmaganda, soliqni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20 328,0 ming so’m miqdorida (2014 yil - 18 480,0 ming.so’m), boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8 833,0 ming so’m miqdorida (2014 yil - 8 030,0 ming.so’m) mol- mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
6
Download 347.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling