Soliqlar va soliqqa tortish
“AAA” korxonasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda
Download 347.59 Kb. Pdf ko'rish
|
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi boyicha boqimanda qarzlarni bartaraf etish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami: 15294,3 8826,0 5324,4
“AAA” korxonasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig’i bo’yicha imtiyozlar tahlili 1 Ko’rsat-kichlar 2012 yil 2013 yil 2014 yil Imtiyoz summasi
Imtiyoz summasi Imtiyoz summasi
Soliqdan to’liq ozod qilish
8958,0 5997,7
3393,1
Soliqqa tortiladigan daromadning kamayti- rilishi
6336,3
2828,3
1931,3 Jami: 15294,3 8826,0 5324,4
Olib borilgan tahlillarning ko’rsatishicha, 2013 yilda berilgan imtiyozlar 2014 yilga nisbatan 2604,6 mln so’mga kamaydi va umumiy hajmi 3393,1 mln so’mni tashkil etdi yoki o’tgan yilga nisbatan 24% ga kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Tahlillardan ko’rinib turibdiki, aksariyat hollarda imtiyozlarning berilishi oqibatida byudjet o’zining daromadidan mahrum bo’lmoqda, lekin soliq imtiyozlari mexanizmining ishlashi (albatta ijobiy) oqibatida byudjetga qo’shimcha ravishda kelib tushishi mumkin bo’lgan mablag’ miqdori hali hisoblab chiqilganicha yo’q. Shu bilan birga, bu mexanizmning samarali ishlashi soliq, pul-kredit va davlatning iqtisodiy boshqaruv siyosati bilan muvofiqlashtirilishi zarur. Mamlakatimiz soliq siyosatida ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishga qaratilgan imtiyozlar tizimining bazasi shakllantirilgan bo’lsada, ularning
1 “AAA” korxonasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 12
amaliyotda qo’llanilishi bo’yicha ayrim kamchiliklar mavjudligi tizimning to’laqonli ishlashiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ishlab chiqarishni rag’batlantirishda to’g’ri soliqlar, xususan foyda solig’i bo’yicha imtiyozlardan hamda soliq stavkasining pasaytirilishidan ko’zlangan maqsadlarga har doim ham erishilmayapti. Bu esa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga to’sqinlik qilmoqda. Amaliyotda ishlab chiqarish, investitsion va innovatsion jarayonlarni yanada
rag’batlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlarining ta’sirchan mexanizmlari ishlab chiqilmaganligi ulardan samarali foydalanish imkonini bermayapti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarishni rag’batlantirishda to’g’ri soliqlar bo’yicha imtiyozlardan samarali foydalanish borasida quyidagi takliflarni berib o’tamiz: Korxonalarning investitsion faolligini va
mamlakatga yangi
texnologiyalar kiritishni rag’batlantirish borasidagi imtiyozlarni maqsadli va adresli bo’lishini taqozo etadigan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Amaldagi soliq qonunchiligida investitsion faollikni qo’llab- quvvatlaydigan soliq imtiyozlari moliya yili davomida bir martagina ko’llanilishi talab etiladi. Bu albatta, tadbirkorlik faolligini susaytirish bilan birga, uning jozibadorligiga xam putur etkazadi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi ayniqsa ko’l kelishi mumkin. Korxonalarga berilayotgan imtiyozlar mexanizmini ba’zi bir shartlar bilan boyitish. Xususan, eksportyor korxonalar uchun jahon standartlariga to’g’riri keladigan tayyor mahsulot ishlab chiqarish fakti tasdiqlangandagina soliq imtiyozini taqdim etish; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida innovatsion faoliyatning zarurligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi sohalarga real soliq majburiyatlarini kamaytiruvchi rag’batlantirish tizimini qo’llash; Bevosita qishloq xo’jaligi sohalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish.
Download 347.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling