Soliqlar va soliqqa tortish
Download 347.59 Kb. Pdf ko'rish
|
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi boyicha boqimanda qarzlarni bartaraf etish yollari
2.
I shlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishda to’g’ri soliqlardan berilgan imtiyozlarning ahamiyati.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar asosini xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shuningdek ularni texniq qayta qurollantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va shu orqali aholi farovonligini ta’minlash hisoblanadi. Aynan shu maqsadga erishish uchun boshqa iqtisodiy shart-sharoitlar bilan
bir qatorda, soliqlarning rag’batlantiruvchilik funktsiyasidan foydalanilish, xususan soliq imtiyozlarining berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizni barqaror sur’atlarda rivojlantirishda soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amala oshirilmoqda. Chunonchi, soliq siyosatini takomillashtirishga doir olib borilayotgan islohotlar negizida tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab quvvatlash, ular zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda ularga keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida 2015 yildan boshlab, yuridik shaxslar foyda solig’i stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga tushirildi 1 . Bu o’zgarishlardan asosiy maqsad, soliq miqdorlarining kamayishi evaziga soliq to’lovchilarni ko’paytirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish asosida qo’shimcha ish o’rinlarini barpo etishdan iborat. Iqtisodiyotni boshqarishda soliq imtiyozlari rolini ular quyidagicha ifodalar edi: “agar u yoki bu davlatning iqtisodiyoti ortiqcha ishlab chiqarish bilan xususiyatlanuvchi o’sish davrini o’tayotgan bo’lsa, u holda davlat soliq imtiyozlarini kamaytirish, ya’ni soliqlarni ko’paytirish, soliqqa tortishni kuchaytirish orqali korporatsiyalar bo’sh mablag’larini ko’proq byudjetga jalb qilish lozim” deb hisoblaganlar. Agar mamlakat iqtisodiyoti turg’unlik holatini kechirayotgan bo’lsa, iqtisodiyotni jonlantirish uchun qo’shimcha sarmoya jalb qilish lozim. Bunda soliq imtiyozlaridan ham keng foydalanish zarurati tug’iladi degan xulosaga kelishgan. Bu holatda iqtisodchilar davlatga, soliq miqdorini kamaytirish, soliq imtiyozlarini ko’paytirishni maslahat beradilarki, bu narsa byudjetga qo’shimcha mablag’lar va kapital qo’yilmalar uchun mablag’lar tug’ilishiga imkoniyat tug’diradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa dastaklari qatori soliq siyosati talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblikka erishish orqali iqtisodiyotda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan. G’arb iqtisodchilari soliq tizimining ahamiyatini davlat faoliyatini amalga oshirish uchun uni zarur moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash sifatida ifodalanuvchi sof fiskal vazifa bilan cheklab qo’ymaydilar. Ularning soliq imtiyozlari nazariyasida soliqlarni tartibga solish vazifasiga katta e’tibor beradilar. Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning muhim quroli sifatida xo’jalik yurituvchi
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi 2270-sonli qarori 7 sub’ektlar iqtisodiy xulq-atvoriga davlat ta’sirini ifodalaydilar. Ammo, bunda soliq imtiyozlari asosiy vosita sifatida qaralishi keng nazarda tutilgan. Soliq imtiyozlarini belgilash asosida ishlab chiqarishni rag’batlantirish, chet el investitsiyalari kirib kelishini ta’minlash, ijtimoiy himoyalashni tashkil etish, turli sohalarni rivojlanishiga aktiv ta’sir etish muammosi yotadi. Shu o’rinda soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari xalqaro soliq munosabatlariga mos kelishi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatning faol ishtirok etishida moslashuvchan bo’lishi lozim. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tartiblash va boshqarish jarayonida bir qator vositalardan foydalaniladiki, bunda soliq tizimining soliq stavkalari va imtiyozlaridan foydalanish eng samarali va oson usullardan biri bo’lib yuzaga chiqadi. Soliq
imtiyozlaridan ishlab
chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalarni rag’batlantirishda va boshqalarda keng foydalaniladi. Soliq imtiyozlari rag’batlantirish va samarali qo’llanilishiga qarab quyidagi ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin: soliqlardan butunlay ozod qilish; yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish; soliq to’lashdan vaqtincha ozod etish; soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish; soliqdan qisman ozod qilish; xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish; eksportga imtiyozlar berish va boshqalar. Soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni boshqarish, davlatni shunday faoliyati bilan bog’liqki, u takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan nomutanosiblikni yo’qotish uchun sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, agar soliqlarning ba’zi tizimi ishlab chiqarishni tartibga solishning davlat strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlarini turli xil asoslar bo’yicha guruhlash mumkin. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi soliq tizimini huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. Hozirga qadar qabul qilingan barcha soliqqa oid qonun hujjatlariga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning barchasiga soliq imtiyozlarini belgilash bo’yicha umumiy o’xshashliklar mavjudligiga guvoh bo’lish mumkin. Ya’ni, barcha qonun hujjatlarida soliq turlari bo’yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda namoyon bo’ldi: soliqdan batamom ozod etish; soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish; soliq solinadigan bazani kamaytirish.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling