Soliqlar va soliqqa tortish


BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS LOYIHASI (ISHI)NI BAJARISH, RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYASINI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY QO’LLANMA


Download 112 Kb.
bet2/2
Sana21.05.2020
Hajmi112 Kb.
#108566
1   2
Bog'liq
курс лойихаси


BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS LOYIHASI (ISHI)NI BAJARISH, RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYASINI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY QO’LLANMA

TOSHKENT-2020

1

BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA



KURS LOYIHASI (ISHI)NI BAJARISH, RASMIYLASHTIRISH VA
HIMOYASINI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY QO’LLANMA

Uslubiy qo’llanma Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasining 2020 yil 1 maydagi 19-sonli majlisida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan
Qiyosov Sh.U. Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni bajarish, rasmiylashtirish va himoyasini tashkil bo’yicha uslubiy qo’llanma. Uslubiy qo’llanma. TMI, –T.: “IQTISOD-MOLIYA” 2020. 14 b.
Taqrizchilar:

Almardonov M.I.


Amanov A.M.
- TDIU, “Moliya va soliqlar” kafedrasi professori, i.f.d.
- TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri, i.f.n.,
dotsent

Ushbu uslubiy qo’llanmada bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni bajarish, ularni rasmiylashtirish va tarkibiy tuzilishiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish yo’llari ko’rsatilgan. Shuningdek, “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni bajarishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib uning rejasini tuzish, yozish bo’yicha namunalar va misollar keltirilgan.


Uslubiy qo’llanma 5230800-“Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha dars berayotgan professor-o’qituvchilar va tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan.

© «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2020-yil


2

KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini bajarish, rasmiylashtirish va himoyasini tashkil bo’yicha uslubiy qo’llanma institutning Soliqlar va sug’urta fakultetida 5230800-“Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishida “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tomonidan o’qitiladigan tegishli fanlardan bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish uchun tayyorlangan.
Oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqaruvchilar hamda kadrlar iste’molchilari bilan hamkorligini kuchaytirish, yuqori sifatli kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ko’nikmalar hamda xulosalar shakllantirish, o’zaro samarali aloqalarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son Qarori hamda 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son qarorlari qabul qilindi.
Soliq tizimining rivojlanishi yuqori malakali soha mutaxassislariga bog‘liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni Davlat soliq xizmati organlarida amaliyot o‘tash yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali soliq mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi.
Mazkur uslubiy qo’llanma 5230800 – “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini bajarish, rasmiylashtirish va himoyasini tashkil, ularning bitiruv malakaviy ishlarini amaliyot bilan bog’liq holda sifatli tayyorlanishiga xizmat qiladi.
3

Ushbu uslubiy qo’llanma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti haqida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.


Uslubiy qo’llanmada bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti o’tashga oid umumiy qoidalar, amaliyotning maqsadi, samarali tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va amaliyotchining vazifalari hamda ularning majburiyatlari, amaliyot o’tash natijalarini rasmiylashtirish tartibi aniq ko’rsatib o’tilgan.
5230800 – “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishi DTS, o’quv va ishchi o’quv rejasiga muvofiq bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tash 4-kursning VIII semestri yakunlanganidan so’ng 4 hafta qilib belgilangan.

4

I. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS LOYIHASI (ISHI)INING MAZMUNI VA MAVZULARI


Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o‘tishdan asosiy maqsad talabalarda soliqlar va soliqqa tortish bo‘yicha muayyan darajada egallagan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitish, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni hosil etish nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashdan iboratdir. Oliy o‘quv yurti talabalari nazariy bilimlardan tashqari Davlat soliq xizmati organlarida o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaydi hamda amaliyot ishlarini bevosita tuman (shahar) soliq inspektsiyalarida o‘tkazishlari lozim edi.
Respublikamizda koronovirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etilishi hamda amaliyot ob’ektlarida karantin rejimi amal qilayotganligi munosabati bilan bitiruvchi kurs talabalari bitiruv oldi amaliyotlarini kurs loyihasi (ishi) sifatida amalga oshirilishi yo’lga qo’yildi.
Xususan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 10 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini masofaviy ta’lim orqali samarali davom ettirish hamda 2019/2020 o’quv yilini yakunlash to’g’risida”gi 257-son buyrug’ida bitiruvchi kurs talabalari bitiruv oldi amaliyotlarini kurs loyihasi (ishi) sifatida (mavzular, uslubi, shakli, tartibi ta’lim yo’nalishi xususiyatiga muvofiq kadrlar tayyorlovchi kafedralar tomonidan belgilanadi) amalga oshirilishini ta’minlash (amaliyot amalga oshirilgan yunalishlar bundan mustasno) vazifasi belgilangan. Mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2020 yil 18 apreldagi “Institutda o’quv jarayonini masofaviy ta’lim orqali samarali davom ettirish hamda 2019/2020 o’quv yilini yakunlash to’g’risida”gi 285-son buyrug’ida ham bitiruvchi kurs talabalari bitiruv oldi amaliyotlarini kurs loyihasi (ishi) sifatida amalga oshirilishi belgilab qo’yildi.
Ushbu amaliyot orqali talabalar yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibining tahlili, jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibining tahlili, davlat soliq xizmati
5

organlari faoliyatida qo'llanilayotgan dasturiy mahsullar va ularning ahamiyati bilan yaqindan tanishib, ularni undirish bo’yicha bilimlarini yanada mustahkamlaydilar.


Bitiruv oldi amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan dasturga muvofiq ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot obyektiga individual tarzda yondashgan holda ishni tashkil etadi. Shuningdek, talaba kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda, bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi) mavzusi doirasida 2-ilovaga muvofiq amaliyot rejasini tuzib oladi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo’nalishida bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi) mavzular bo’yicha taqsimlanishi quyidagi tartibda bo’lishi tavsiya etiladi.








Mavzular













  1. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibining tahlili




  1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibining tahlili




  1. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy mahsullar va ularning ahamiyati




  1. Kafedradan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan ishlash



*Izoh: Haftaning shanba kunlari talaba olgan ko‘nikmasi va amaliy ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlashi maqsadga muvofiq.

Bundan tashqari talabalar o‘zlarini qiziqtirgan (amaliyot va malaka ish yuzasidan va h.k.) hamda boshqa masalalar to‘g‘risida institutda ilmiy rahbarlari yoki kafedraning boshqa o‘qituvchilaridan maslahatlar olishlari mumkin.


6


  1. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS

LOYIHASI (ISHI) MAVZULARINING MAZMUNI

1-mavzu. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa
majburiy to'lovlar tarkibining tahlili

Berilgan mavzu bo‘yicha amaliyotni o‘tash jarayonida yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibi, ularni hisoblash jarayoni bilan yaqindan tanishishi lozim.


Asosiy e‘tiborni soliq solinadigan bazaga, imtiyozlar va stavkalarning qo‘llanilishiga hamda to'lash muddatlariga qaratishi lozimdir.
1-mavzu bo’yicha quyidagi ssilkalar orqali kirib ma’lumotlar olib ilova qiladi:


  • https://soliq.uz/regulations/tax-reporting-forms




  • https://soliq.uz/services-facilities/services




  • https://soliq.uz/page/asosiy-korsatkichlar




  • https://soliq.uz/page/yuridik-shaxslarga-soliq-solish


2-mavzu. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibining tahlili
Berilgan mavzu bo‘yicha talaba jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning tarkibini, soliq ob‘ektini, soliq stavkalarini, soliq bo‘yicha imtiyozlarni, soliqni hisoblash uslubiyatini o‘rganib chiqadi.
2-mavzu bo’yicha quyidagi ssilkalar orqali kirib ma’lumotlar olib ilova qiladi:


  • https://soliq.uz/regulations/tax-reporting-forms




  • https://soliq.uz/services-facilities/services




  • https://soliq.uz/page/asosiy-korsatkichlar




  • https://soliq.uz/page/jismoniy-shaxslarga-soliq-solish

7

3-mavzu. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida qo'llanilayotgan dasturiy mahsullar va ularning ahamiyati


Ushbu mavzu bo‘yicha talaba hozirgi paytda davlat soliq xizmati organlari faoliyatida qo'llanilayotgan dasturiy mahsullar va ularning ahamiyati bilan tanishib chiqishi zarur. Talaba asosiy e'tiborni dasturiy mahsullar orqali hosil qilinayotgan ma'lumotlar hamda hisobot shakllariga qaratadi. Har bir dasturiy mahsulning asosiy vazifalari bilan yaqindan tanishadi.
3-mavzu bo’yicha quyidagi ssilkalar orqali kirib ma’lumotlar olib ilova qiladi:


  • https://soliq.uz/regulations/tax-reporting-forms




  • https://soliq.uz/services-facilities/services




  • https://soliq.uz/page/soliq-tolovchilarini-hisobini-yuritish


  1. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS


LOYIHASI (ISHI)INI O‘TASH DAVRIDA TALABA VA AMALIYOT RAHBARINING MAJBURIYATLARI
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ini o‘tash davrida talabaning majburiyatlari:
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ini o‘tash uchun berilgan muddatda talaba quyidagi qoidalarga bo‘ysunishi va ularni bajarishi lozim:


  • amaliyot ob‘ekti va mavzusi, amaliyotni o‘tashni belgilovchi kalendar ish

rejasini tuzishi;




  • www.soliq.uz sayt orqali uyda mustaqil ish olib borishi, jumladan,

bo‘limlarning hisobotlari bilan tanishishi, soliq to‘lovchilarning soliq organlariga topshirgan hisob-kitoblari bilan tanishish hamda ular bo‘yicha xulosa va takliflar qilish.




  • institutda olgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash;

8

  • www.soliq.uz sayt orqali olgan ma’lumotlarini tahlil qilib pdf tarzida talaba kafedradan tayinlangan ilmiy rahbariga taqdim etishi lozim.

“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tomonidan belgilangan muddatda talaba bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni himoya qilishi zarur.



IV. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS LOYIHASI (ISHI)GA RAHBARLIK QILISH
“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi pedagog-xodimlari talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni o’rnatilgan talablar asosida bajarilishini va tashkil etilishini nazorat qiladi.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)iga rahbarlik qilish kafedraning asosiy va o’rindosh shtatidagi pedagog-xodim tomonidan o’quv yilidagi umumiy o’quv yuklamasi doirasida amalga oshiriladi. U har doimiy tarzda amaliyotning borishi, vazifalarning bajarilishi, hisobotning rasmiylashtirilishi kabilar yuzasidan online maslahatlar beradi, zarur hollarda maslahat va yordam beradi.
Kafedrada bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ga biriktirilgan rahbarning vazifalari:


  • Amaliyotga chiqish oldidan talabalarni amaliyotni o‘tash tartibi bilan tanishtiradi;




  • Amaliyot davomida talabalarga zaruriy bo’lgan nazariy, uslubiy va amaliy yordam ko’rsatadi;




  • Bitiruv oldi amaliyotini dastur bilan mos ravishda o’tishini, yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi;




  • Talabalar tomonidan amaliyot dasturini to’la bajarilishini, amaliyot natijalari bo’yicha hisobot tuzilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;




  • Talabalar tomonidan bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha tayyorlangan kurs loyihasi (ishi)ga 3 kun ichida taqriz yozadi.

9

V. Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni tayyorlash va himoya qilish tartibi


Bitiruv oldi malaka amaliyotining yakunlovchi bosqichi bo‘lib amaliyot bo‘yicha talaba dasturda ko‘rsatilgan bo’limlar, mavzular va jadvallar doirasida hisobot tayyorlaydi. Bitiruv oldi amaliyoti yakunlangach, kafedra majlisi qarori bilan tasdiqlangan grafik asosida talabalar kafedraga hisobot topshiradilar.
Kurs loyihasi (ishi) tarkibida quyidagilar bo’lishi talab qilinadi:


  • amaliyot dasturi;




  • amaliyot ish rejasi;




  • amaliyot dasturiga muvofiq tuzilgan yozma hisobot. Kurs loyihasi (ishi) tarkibi:




  • kirish;




  • matnning asosiy qismi;




  • xulosa;




  • foydalanilgan manbalar ro’yxati;




  • ilovalardan iborat bo’lishi kerak.

VI. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS LOYIHASI (ISHI)NING HAJMI VA RASMIYLASHTIRILISHI
Kurs loyihasi (ishi) standart hajmidagi elektron A4 formatda (210-297 mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib, elektron ko’rinishida yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi.
Ishning xulosasi kamida 2 varaq ko’pi bilan 3 varaqdan iborat bo’ladi, unda bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni yozish jarayonida shakllantirilgan xulosalar, ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarning qisqacha mazmuni beriladi.
Hisobotning hajmi titul varaq, mundarija va ilovalardan tashqari kamida 30 bet va ko’pi bilan 40 betdan oshmasligi lozim.

10

Hisobot kafedraga amaliyot tugagan sanadan so’ng ikki kun ichida yuboriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari (ayrim hollarda kafedra mudiri tomonidan biriktirilgan pedagok-xodim) bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni tekshiradi, o’z mulohazalarini bayon etadi va taqriz beradi.


Taqrizda bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ning tayyorlanishi va rasmiylashtirilishidagi yutuqlar va kamchiliklar ko’rsatiladi. Taqriz oxirida bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni himoyaga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik to’g`risida malumot beriladi. Agar taqrizda “Himoyaga tavsiya etilmaydi” deb ko’rsatilgan bo’lsa, bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi) talaba tomonidan taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar asosida qayta ishlanadi, to’ldiriladi va qayta taqrizga yuboriladi.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi) talab darajasida bo’lganidan keyin ilmiy rahbar uni baholaydi va xulosa beradi. Kafedra mudiriga yozma xabar berganidan so’ng olgan bahosi qaydnomaga qo’yiladi.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni himoya qilgan talabalar reyting tizimi asosida baholanadi.


VII. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA KURS LOYIHASI (ISHI) BO‘YICHA BAHOLASH MEZONI
“Soliqlar va soliqqa tortish” ta`lim yo’nalishi talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni tashkil etish jarayoni, kurs loyihasi (ishi) himoyasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining “Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g`risida”gi Nizomi hamda “Oliy ta`lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” gi Nizom talablari asosida tashkil etiladi.
Talabalarning bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ning tayyorgarlik darajasi hamda himoya qilishini baholash tartibi va mezonlari 100 ballik tizim asosida baholanadi.

11

Talabalarning bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni






















baholash mezoni:




























































Qo‘yiladigan talablar







O‘zlashtirish

























darajasi





























































1.

Dastur talablari 86-100% bajarilgan, yuridik va jismoniy






















shaxslarni soliqqa tortish bo’yicha xulosa va qaror qabul






















qilish,

ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushohada yuritish,




86-100 ball













amalda soliqlarni hisoblash uslubiyatlarini qo’llay olish,





































mohiyatini tushuntirish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega






















bo’lish.


































2.

Dastur talablari 71-85% bajarilgan, yuridik va jismoniy






















shaxslarni soliqqa tortish bo’yicha xulosa va qaror qabul






















qilish, amalda soliqlarni hisoblash uslubiyatlarini qo’llay




71-85 ball













olish, mohiyatini tushuntirish, bilish, aytib berish, tasavvurga






















ega bo’lish.































3.

Dastur talablari 55-70% bajarilgan, yuridik va jismoniy






















shaxslarni soliqqa

tortish bo’yicha xulosa va qaror qabul




55-70 ball













qilish, tasavvurga ega bo’lish.































4.

Dastur

talablari

54% bajarilgan, yuridik va jismoniy






















shaxslarni soliqqa

tortish bo’yicha xulosa va qaror qabul




0-54 ball













qilishda aniq tasavvurga ega emaslik, bilmaslik, shuningdek





































belgilangan muddat va tartibda hisobotni rasmiylashtirmaslik.










































12

1-ilova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SOLIQLAR VA SUG'URTA FAKULTETI

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI




BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA
KURS LOYIHASI (ISHI)

Bajardi: ST-91 guruh talabasi


Kucharov J.

Ilmiy rahbar: PhD. Qiyosov Sh.



TOSHKENT – 2020
13

2-ilova



REJA:


KIRISH………………………………………………............................... bet


  1. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibining tahlili.........................................................................................




  1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibining tahlili...........................................................................................




  1. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy mahsullar va ularning ahamiyati....................................................................


XULOSA ………………………................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ..........………........

14
Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling