Xulosa
Davlat byudjeti daromadlarini barqarorlashtirish maqsadida 2010 yildan alkogol mahsulotlar, pivo, filtrli segaretalar va spirtga aksiz solig‘i stavkasi 25 foizga, filtrsiz sigareta va papiroslarga 50 foizga indeksasiya qilindi.
2010 yilda yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 15 foizga indeksasiyalandi.
Yagona yer solig‘i bо‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni tо‘lash va hisoblashning amaldagi tartibi saqlangan holda soliq stavkasini 3,5 foizdan 5 foizga oshirish belgilandi.
Qо‘shimcha foyda solig‘i bо‘yicha 2010 yildan boshlab, sement, poletilen granulasi va tabiiy gaz bо‘yicha soliq stavkalari 25 foizga, mis katodi uchun esa 10 foizga pasaytirildi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bо‘yicha esa, 2010 yilda jismoniy shaxslar kо‘chmas mulkining (uy joylarning, kvartiralar va boshqalarning) inventarizasiya qiymati 10 foizga indeksasiya qilindi.
Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga tо‘laydigan sug‘urta badallari stavkasi amaldagi 3,5 foizlik stavkasi 4 foiz qilib belgilandi.
Shuningdek 2011 yilda foyda solig‘ini 9 %dan 8 %ga, daromad solig‘i stavkasining birinchi va ikkinchi pog‘onalari 11 va 17 %dan 10 va 16 %ga, yagona soliq stavkasining bazaviy stavkasi 7 %dan 6 %ga tushirilishi kо‘zda tutilmoqda. Bu haqda Vazirlar Maxkamasining 2010 yilning 9 oylik yakunlari bо‘yicha о‘tkazilgan majlisda qabul qilingan qaror qismida keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2007 yil 30 noyabrda ma’qullangan. 2007 yil 25 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni № – 136.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil 12 dekabrdagi “O‘zbekiston respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘grisida”gi 744 – sonli qarori.
“Soliq tizimi va munosabatlari”. Z.Xo’jaeva, R.Hakimov, A.Abdullaev. Toshkent – 2007 y.
A.Jo’rayev. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. “Oqituvchi ”nashriyiot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2007 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |