Soliqlarning mohiyati va ahamiyati
Download 32.83 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar va soliqqa tortish amaliyotining paydo bo‘lish sabablari
SOLIQLARNING MOHIYATI VA AHAMIYATIReja: Soliqlar va soliqqa tortish amaliyotining paydo bo‘lish sabablari. Soliq va to‘lovlar tushunchasi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati. Soliqlarning funksiyalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi. Soliqlar va soliqqa tortish amaliyotining paydo bo‘lish sabablariSoliqlarning paydo bo‘lishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Davlatning shakllanishi bilan mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi munosabatlar bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya’ni soliq, pul va kredit orqali amalga oshiradi. Davlatning bunday faoliyati – soliqlar va soliqqa tortish orqali amalga oshiriladi. Soliqlar va soliqqa tortish soliq voqeyliklarini chuqur o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llaridir. Soliqlar aholidan, korxonalar va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlardan davlat (markaziy va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan undirib olinadigan majburiy to‘lovlardir. Soliq o‘z mohiyatiga ko‘ra yalpi ijtimoiy mahsulotning (YaIM) bir qismi bo‘lib, soliq to‘lovchilar bundan biror-bir foyda ko‘rish ko‘rmasligidan qat’iy nazar, o‘z mablag‘laridan davlat hisobiga majburiy ajratmalar ko‘rinishida aks etadi Soliqlarning mohiyati uning quyidagi xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi: Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu so‘mmasini davlatga to‘lar ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq narxdan (tovar yoki xizmatlarni ihtiyoriy iste’mol qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, hamma vaqt ham hukumat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan bog‘liqdir. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘la va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladilar. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Aksariyat mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonning ham soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlash faqat oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar tomonidan amalga oshirilishi qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolar yoki boshqa tashkilotlar o‘z xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlash vakolatiga ega emaslar. To‘lovlarning qonuniy, shaffof bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifidir. Download 32.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling