Soliqlarning mohiyati va ahamiyati


Soliqlarning funksiyalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi Soliqlarning


Download 32.83 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi32.83 Kb.
#1161586
1   2   3   4
Soliqlarning funksiyalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi Soliqlarning asosiy funksiyasi fiskal (lotincha fiscus – g‘azna)

xususiyatga ega ekanligidir. Bu o‘rinda funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit
yaratiladi, hozirgi vaziyatda esa butun bozor xo‘jaligi tizimi ishlab turishi uchun moddiy imkoniyat vujudga keltiriladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o‘z daromadlari manbaiga ega bo‘lmagan qismini (ko‘pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishi ta’minlash uchun o‘zining mablag‘i yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental kutubxona, teatrlar, muzeylar, ko‘plab o‘quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish jarayoni ro‘y beradi.
Soliqlarning tartibga solish funksiyasi davlat soliqlar orqali ishlab chiqarish sharoitlarini, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solib boradi, iqtisodiy faoliyat uchun muayyan «soliq iqlimi» yaratadi. Soliqlar o‘zining iqtisodiy funksiyasi orqali takror ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadi, uning o‘sish sur’atlarini rag‘barlantiradi yoki pasaytiradi, mablag‘ to‘planishini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, aholining to‘lov qobiliyati talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga solish funksiyasining ahamiyati bozor sharoitida o‘sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o‘zi asta-sekin yo‘qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi – davlat soliqlar yordamida korxonalar va tadbirkorlar foydasi, aholi daromadi bir qismini qayta taqsimlaydi, bunda olingan soliq ishlab chiqarishga va ijtimoiy tarmoqlarga ko‘maklashuvchi sohalarni, ya’ni infratuzilmani rivojlantirishga, xarajatlar uzoq muddat o‘tganidan keyin qoplanadigan mablag‘ va fond talab tarmoqlarni investisiyalashga yo‘naltiriladi. Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Tegishli tarzda tuzilgan soliq tizimi bozor iqtisodiyotiga ijtimoiy yo‘nalish berishga imkon tug‘diradi. Jahon tajribasida soliqqa tortishining progressiv stavkalari joriy etilganini, ijtimoiy himoyaga
muhtoj fuqarolarning muayyan muddat yoki umrbod soliqlardan to‘la yoki qisman ozod qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shunday yondashuv O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida»gi qonunida ham ifodasini topgan. Aytaylik, soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo‘shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo‘yicha tortiladi.
Bozor iqtisodiyotida soliq – moliya resurslarini jamlash, xo‘ja- lik faoliyatini izga solib turish va daromadlarni ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga qayta taqsimlash bilan bog‘liq muhim vazifalarni bajaradi. Puxta ishlab chiqilgan, aniq amal qiladigan soliq tizimisiz samarali bozor iqtisodiyotini shakllantirish imkonsizdir.
Download 32.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling