Soliqlarning tarixiy shakllanishi va uning elementlari


Download 209.82 Kb.
bet1/2
Sana02.02.2023
Hajmi209.82 Kb.
#1146552
  1   2
Bog'liq
SOLIQLARNING TARIXIY SHAKLLANISHI Va uning elementlari

SOLIQLARNING TARIXIY SHAKLLANISHI VA UNING ELEMENTLARI


6mm-20 guruh talabasi Abdusalomov Samariddin
REJA:
1.Soliqlarning paydo bo`lishi, ilk ko`rinishlari va rivojlanish bosqichlari
2.Markaziy Osiyo hududida soliqlarning paydo bo`lishi, o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi.
3.Soliq elementlarining mohiyati va tarkibi
Soliqlarning paydo bo`lishi, ularning ilk ko`rinishlari haqida aniq ma`lumotlarga ega bo`lish har bir ilm ahlini qiziqtirishi tabiiydir. Soliqlarning qachon paydo bo`lganligi haqida aniq ma`lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, soliqlar tarixini yorituvchi manbalarning guvohlik berishicha, davlat paydo bo`lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zururiy bo`g`iniga aylangan. Davlat tuzilishi shakllari rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi ham doimo o`zgarib turgan.
Soliqlarning ilk ko`rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne`matlar e`tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, qurbonlik qilish majburiy bo`lmay, balki ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa kambag`allarga, nochorlarga, etimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan. Keyinchalik joriy etilgan soliqlar esa bevosita qabila hamda urug`lar o`rtasida davom etib turgan urush- janjallarga bog`liqdir. Bunday soliqlar natura shaklida bo`lib, bir qabilani bosib olish yoki o`zini muhofaza qilish uchun safarbar etilgan.
V.M.Pushkaryova soliqlar rivojlanish tarixini 3 bosqichga ajratib ko`rsatadi.
Ularning har biri u yoki bu xususiyatlari hamda afzalliklari bilan ajralib turadi.
Birinchi bosqichda soliqlarning rivojlanishi qadimgi va o`rta asrlar qishloq xo`jaligi tizimiga xos bo`lib, u tartibsiz hamda asossizligi bilan ajralib turadi. Shu davrdan e`tiboran soliqlar va ularni undirish mexanizmi joriy etildi.
Ikkinchi bosqichning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlar davlat byudjetini shakllantirishning asosiy manbasi sifatida ko`rilgan. Soliq ob`ektlarini aniqlash va soliqqa tortish qonun-qoidalarini tartibga soluvchi ilk soliq tizimi yuzaga kelgan. Togri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar ilk bor ajratilib, bu soliqlarning muhim va ahamiyatli jihatlari ochib berilgan. Soliqlar ichida asosiy o`rinni aktsizlar egallagan. Bular qonuniy ravishda shahar darvozalarida mamlakatga kiritiluvchi yoki undan chiqariluvchi tovarlardan undirilib, hamma daromadlar va tushumlar soliqqa tortilgan.

Download 209.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling