Soliqlarning tarixiy shakllanishi va uning elementlari
Download 209.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqSOLIQLARNING TARIXIY SHAKLLANISHI Va uning elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Uchinchi bosqichning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlarning kamayishi hamda soliqlarni o`rnatish va undirishga oid qonun-hujjatlarning kuchayishi yaqqol ko`zga tashlanadi. Jamiyatda moliya ilmining rivojlanishi bilan soliqqa tortish muammolari va uslubiyatlariga bag`ishlangan yangi-yangi ilmiy- nazariy qarashlar vujudga keldi. Ammo hech qanday iqtisodiy maktab soliqlarning
fiskal funktsiyasidan muhimroq qarashni ilgari sura olmadi. XIX asrning ikkinchi yarmida ko`p mamlakatlar yangi ilmiy nazariyalarni hayotga tatbiq etishga uringanlar, lekin faqatgina birinchi jahon urushidan so`ng yangi ilmiy qarashlarning samarasi o`laroq soliq tamoyillari hozirgi mukammal ko`rinishga ega bo`lgan. Ayni shu vaqtda zamonaviy soliq tizimining poydevori qurila boshlandi, to`g`ri soliqlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berildi hamda byudjet daromadlari ulushining katta qismini to`ldiruvchi jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqlarni progressiv stavkalari joriy etildi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Markaziy Osiyo hududida davlatchilik munosabatlari yeramizdan avvalgi ming yillik boshlariga borib taqalib, uning hududidagi eng qadimgi davlatlar sifatida Katta Xorazm, Baqtriya va Sogdiyona davlatlari qayd etilgan. Ushbu davlatlarni boshqarish tizimi, ularda amal qilgan soliqlar borasida aniq ma`lumotlar saqlanmagan bo`lsada, aytish lozimki, shab-shubhasiz u yoki bu ko`rinishdagi soliqlar amal qilgan. Soliqlarning paydo bo`lishi va rivojlanishiga doir munosabatlar Markaziy Osiyo hududida ham dunyoning boshqa mintaqalarida bo`lgani kabi davrlar nuqtai-nazaridan oddiylikdan murakkablik tomon rivojlanib borgan. Tarixiy manbalar podshoh xazinasining dastlabki asosiy manbai sovg`a-salom bo`lganligidan dalolat beradi. Lekin Doro hukmronligi davriga kelganda soliqlar joriy qilinadi. «Doroni Forslar savdogar deyishlariga sabab, u birinchi bo`lib soliqlarni joriy etganligidadir» deb yozgan edi Gerodot. Doro soliq tizimini faqat o`z mamlakatida emas, balki zo`rlik bilan qaram qilib olgan mamlakatlarga ham joriy etdi. Soliq miqdori satin pul birligi talant hisobida aniqlangan. Ahamoniylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda yashovchi qabilalardan soliqlar salkam ikki asr mobaynida yillik xiroj va harbiy otryadlar etkazib berish shaklida undirilgan. Bu davrda soliq turlari ham har xil bo`lgan. Masalan, sak va kasbiylar kabi qabilalar 250 talant (1 talant 25 kg. 248 gr. Sof oltinga teng bo`lgan), ya`ni 6312 kg. miqdorida, parfiyaliklar, xorazmiylar, so`g`dlar va oriylar 300 talant, ya`ni 7575,4 kg. miqdorida xiroj to`lashgan. Qatiy belgilangan xirojlardan tashqari har xil sabablarni ro`kach qilib qo`shimcha soliqlar ham joriy etdilar va ular suv yo`lini to`sib qo`yish yoki boshqa xil zo`ravonlik kabi tahdidlar orqali undirib olinar edi. Amir Temur soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari uning farzandlariga siyosiy vasiyati bo`lmish «Temur tuzuklari» da ifodalangan bo`lib, uning soliq siyosati xususiyatlarini quyidagi fikrlari orqali ifodalashimiz mumkin: «Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solib qo`yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo`yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag`allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo`ladi. Sipohning tarqoqligi, o`z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi» Soliq elementlari haqida gap borganda ko`pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so`z yuritiladi. Shu o`rinda soliqqa tortish tizimi haqida to`xtalib o`tadigan bo`lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo`lib, aslida soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo`yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarini o`z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo`li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o`zgarmas boo`lib ko`rinsada, uning shakl-shamoyili va yo`nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bogo`liq boo`ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o`z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yoo`nalishiga bogo`liq. Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat boo`lib, ular tarkiban: soliq sub‘ekti, soliq ob‘ekti, soliq predmeti, soliq bazasi, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari va shu kabi tushunchalarni qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha too`xtalib oo`tamiz. Soliq sub‘ekti - soliq too`lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq subo`ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning oo`zaro majmuasi boo`lib, unda bir tomondan soliq too`lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari - Davlat soliq qoo`mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspektsiyalari qatnashadi. Soliq ob‘ekti - soliq too`lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos boo`lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq agenti - yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat byudjetiga oo`tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Soliq manbai - bu soliq too`lovchining too`laydigan soliqlari manbai, yao`ni daromadi. EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 209.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling