Solish maqsadlari va yo`nalishlari
Download 24.35 Kb.
|
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda monopolistik faoliyatni tartibga
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda monopolistik faoliyatni tartibga solish maqsadlari va yo`nalishlari. O`zbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish maqsadida 1992 yilning avgust oyida “Monopol faoliyatni cheklash to``grisida”gi Qonun kuchga kiritildi. Mazkur Qonun asosida iqtisodiyotda raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqilib, amalga oshirila boshlandi. 1996 yil 27 dekabrda O`zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi, 1996 yil 26 aprelda “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to``grisida”gi qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonun me`yor va talablarini amalga oshirish, monopoliyalarga qarshi kurashish va ularning faoliyati ustidan nazorat qilishga yo`naltirilgan funktsional idora sifatida 1992 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Bosh boshqarmasi tashkil etildi va u 1996 yil 15 mayda Moliya vizirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasiga aylantirildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 2 avgustdagi 2676-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 300-sonli Qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashkil etildi. Iqtisodiyotning xususiy sektorini jadal rivojlantirishni ra`gbatlantirish, monopoliya kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, bankrot va monipolist kompaniyalarni qayta tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi 3602-sonli Farmoni va 2005 yil 2 maydagi 66-sonli Qaroriga muvofiq mazkur qo`mita O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasiga aylantirildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 fevraldagi “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to``grisida”gi PF-4191-sonli Farmoni bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llabquvvatlash qo`mitaning asosiy vazifalari qatoridan chiqarildi. O`zbekiston Respublikasida antimonopol siyosatning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: - respublikada so`glom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funktsiyalarini amalga oshirish; - bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi raqobat qonunlari, umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni samarali amalga oshirishni ta`minlovchi monopoliyaga qarshi tartibga solishning kuchli tizimini barpo etish; - raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor qayta o`zgartirishlari chuqurlashishiga ko`maklashish; - insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlari, birinchi navbatda, iste`mol tovarlari bozorini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish; - monopoliyaga qarshi davlat siyosati kontseptsiyasini amalga oshirish, monopoliyadan chiqarish bo`yicha respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; - monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o`z vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar sub`ektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; - reklama va iste`molchilar huquqlarini muhofaza qilish to``grisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; - iste`mol tovarlari narxlari va xizmatlarga tariflar monitoringini o`tkazish, iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o`sib ketishi, bozorda sifatsiz iste`mol tovarlari sotilishi va xizmatlar ko`rsatilishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini ko`rish; - monopol xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish va nazorat qilishga, raqobat muhitini rivojlantirish, iste`molchilar huquqlarini muhofaza qilish va reklama faoliyatiga yo`naltirilgan normativ-metodologik bazani takomillashtirish va h.k. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida tovarlar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat muhitini saqlash, rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi Qonuni qabul qilingan. Bu Qonunga binoan monopolistik faoliyatga xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning raqobatga yo`l qo`ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi deb ta`rif beriladi1. 2012yilda O`zbekiston respubMonopoliyaga qarshi qonunchilikda monopolistik faoliyat uchun asos bo`ladigan “ustun mavqe o`rnini bosuvchisi bo`lmagan tovar bozorida yoki bir-birining o`rnini bosadigan tovarlar bozorida xo`jalik yurituvchi sub`ektning (bir guruh shaxlarning) o`ziga (o`zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatish, boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe deb qaraladi. Bozordagi ulushi oltmish besh (65%) va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo`jalik yurituvchi sub`ektning (bir guruh shaxlarning) mavqei ustun mavqe deb e`tirof etiladi”2. Shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektning bozordagi ulushi o`ttiz besh (35%)dan oltmish besh (65%)gacha bo`lib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan quyidagi hollarga qarab, ya`ni: - xo`jalik yurituvchi sub`ektning bozordagi ulushi barqarorligiga; - bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga; - muayyan tovar bozorini tafsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan bo`lsa, uning bozordagi mavqei ustun mavqe deb hisoblanadi1. Ustun mavqeni egallab turgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning raqobatni cheklaydigan va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin 1 Ўзбекистон Республикасининг “Товар бозорларида монополистик фаолиятни чеклаш ва рақобат тўғрисида”ги Қонуни. –Т.: 1996. 2 Ўзбекистон Республикасининг “Товар бозорларида монополистик фаолиятни чеклаш ва рақобат тўғрисида”ги Қонуни.. –Т.: 1996. 1 Ўша манба. bo`lgan harakatlari taqiqlanadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektning o`z yuqori mavqeini suiiste`mol qiladigan xatti-harakatlariga quyidagilar kiradi: - bozorlarda taqchillikni keltirish yoki uni saqlash va narxlarni oshirish maqsadida tovarlarni muomaladan olib qo`yish; - monopol qimmat yoki monopol arzon narxlarni belgilash. Monopol qimmat narx tovar bozorida ustun mavqega ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning ishlab chiqarish quvvatidan to`laligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini pasaytirish natijasida qo`shimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narx hisoblanadi. Monopol arzon narx esa ushbu xo`jalik sub`ektining sotib olayotgan tovariga qo`shimcha foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan narxidir. Shuningdek, raqobatchini bozordan siqib chiqarish uchun monopolistik mavqedagi xo`jalik sub`ekti belgilagan zarar ko`radigan darajadagi narx hisoblanadi. Bunday narxlarning belgilanishi oqibatida raqobat cheklanadi. Insofsiz raqobat, ya`ni xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qo`lga kiritishga qaratilgan ular o`rtasida musobaqalashuvni istisno etadigan, iste`molchilarni chal`gitish usullari qo`llanuvchi raqobatdir. O`zbekistonda monopoliyaga qarshi davlat organi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatni cheklash hamda to`xtatib qo`yish sohasida davlat siyosatini olib boradi. Monopoliyaga qarshi davlat organi xo`jalik sub`ektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Agar xo`jalik sub`ektlarining qo`shilishi, birlashtirilishi, xolding kompaniyalariga aylantirilishi oqibatida monopoliya vujudga keladigan bo`lsa, u holda ularning iltimosnomalari rad etiladi. Ushbu organ aktsiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Zaruriy va mumkin bo`lgan hollarda monopolistik korxonalar majburiy tarzda bo`lib ham yuboriladi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganda ushbu organ uni buzgan xo`jalik sub`ektlariga qonunda belgilangan jarimalarni soladi yoki ularning ishini sudga oshiradi. O`zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to``grisida”gi Qonuniga (yangi tahriri) asosan tabiiy monopoliya sub`ektlari bilan iste`molchi va davlat manfaatlarining mutanosibligi ta`minlanadi. Ushbu qonunga ko`ra tabiiy monopoliya tovar bozorining texnologik xususiyatlari tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo`lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin bo`lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan holati hisoblanadi1. O`zbekistonda tabiiy monopoliya sub`ektlarining faoliyati quyidagi sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi: - neft , neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish; - elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish; - temir yo`llari infratuzilmasidan foydalanish; - umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari; - suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari; - aeronovigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmati; - transport terminallari xizmatlari. Qonunda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u vakolat bergan organ, ya`ni O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi va uning joylardagi organlari tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga soladi. Monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlarining buzilishiga yo`l qo`ygan tabiiy monopoliya sub`ektlariga jarima soladi yoki qonun buzilishi holatlarini to`xtatish va bartaraf etish bo`yicha bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar yuboradi, shu bilan birga, sudga da`vo arizasi bilan murojaat etadi. 1 Ўзбекистон Республикаси қонунлари. Табиий монополиялар тўғрисида. –Т.: Адолат, 2000, 33-бет. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga bajarilishi majburiy bo`lgan, ular tomonidan ushbu qonunga zid tarzda qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish yoki o`zgartirish kiritish to``grisida ko`rsatmalar yuboradi. Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat muhitini yaratishdan ko`zlangan maqsadlaridan biri iste`molchilarning tanlash erkinligini ta`minlash va huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to``grisida”gi Qonunga muvofiq iste`molchi foyda chiqarib olish bilan bo`gliq bo`lmagan hamda shaxsiy iste`mol yoki xususiy xo`jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi yoki ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo`lgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Davlat iste`molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish cho`gidagi huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarining himoya qilinishini kafolatlaydi. Download 24.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling