Soliyeva omina murodjon qizi
Download 304.5 Kb.
|
TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI kurs ishi
KirishMamlakatimiz istiqlolga erishishi o‘zbek xalqining madaniy- ma’naviy hayotida ulkan ijobiy o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimiz tiklanmoqda, xalqimizning ma’naviyati, madaniyati, axloqiy e’tiqodlari milliy ruh va yangi mazmun bilan tiklanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lish o‘zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish”1 davlat ahamiyatiga molik ekanligi ta’kidlangan edi. Darhaqiqat, o‘zbek tili sohasida ham milliy ruh va imkoniyatlarini tiklash uchun harakat kuchaydi. Hozirgi kunda urbanizartsiya jarayoni shiddat bilan o‘sib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”- degan edilar. Darhaqiqat, hamma narsani o‘rganish bilish uning tarixini o‘rganishdan boshlanadi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham 2020-yil 30-sentabrdagi “O‘qituvchilar va ziyolilarga murojaat”ida qadimiy milliy merosimizni asrab avaylashimiz haqida shunday degan edilar:2 “Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Lekin ming afsuslar bo‘sinki, tilni bunday usul bilan asrab qolish hozirgi demokratiyalashgan jamiyat qurayotgan bir sharoitimizda to‘g‘ri usul bo‘lmaydi.Mavzuning dolzarbligi: Keyingi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar davlatning ramziy belgilaridan biri, aloqa- aralashuvning muhim vositasi, ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lgan ana shu til va uning tadqiqi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik taraqqiyotida ham yangi davrni boshlab berdi. Mustaqil davlatning rasmiy tili sifatida ona tilimizning me'yoriyligiga talab yanada ortdi. Tilning meyyorligini uning imlaviy, punktuatsion, uslubiy jihatdan to‘g‘riligi belgilaydi. Malakaviy ish mavzusi tinish belgilarining bugungi kunga qadar e’tibor qilinmay kelinayotgan qirrasi – poetic vazifasi, badiiy ta'sirchanlikni oshirish maqsadida ishlatilishini yoritishga bag‘shlanganligi bilan muhim ahamiyatga ega.Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling