Soliyeva omina murodjon qizi


Asosiy qisim. O‘zbek tili puntuatsiyasi


Download 304.5 Kb.
bet4/17
Sana14.03.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1266737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI kurs ishi

Asosiy qisim. O‘zbek tili puntuatsiyasi

Pungtuatsiya yozma fikrni aniq va ravon, tushunarli va ifodali bayon qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yozma nutqning ayrim leksik-garammatik vositalar bilan ifoda qilish mumkin bo‘lmagan tomonlarini ifoda qilishda pungtuatsiyaning ahamiyati yanada ortadi.
Pungtuatsiya tilshunoslikda uch ma'noda qo‘llanadi: tinish belgilari sistemasi va ularning qo‘llanish qoidalari haqidagi bilim: tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qoidalar to‘plami: tinish belgilari. Umuman, pungtuatsiyaning tekshirish obekti tinish belgilaridir. Pungtuatsiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy aloqadordir. O‘zbek tili Pungtuatsiyasining birinchi asosi o‘zbek tilining grammatik sistemasi nutqning mazmun, intonatsiya va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil qiladi. Bu o‘zbek tili pungtuatsiyasining negizidir. O‘zbek tili pungtuatsiyasining ikkinchi asosi rus tilining punktuatsion sistemasidir. Grammatik sistema nutqning mazmuni, Intonatsion va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil qiladi. Bu o‘zbek tili pungtuatsiyasining negizidir. O‘zbek tili pungtuatsiyasining ikkinchi asosi rus tilining punguatsion sistemasidir. Bu o‘zbek tilidagi ko‘pchilik tinish belgilarining rus tilidan o‘zlashganligi, rus tilida pungtuatsiyasining ilmiy va nazariy jihatdan chuqur ishlanganligi, bilan bog‘liq. Pungtuatsiya prinspi-tinish belgilarining qaysi usul va tartibda qo‘llanilishi demakdir.
1. Logikgrammatik tamoyil. Bu prinsipda tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning mazmuni, tuzilishi, intonatsiyasi bilan bog‘liq.
O‘zbek tili pungtuatsiyasining prinspisri quyidagilardir.
2. Stilistik tamoyil. Bu prinspda tinish belgilarining qo‘llanishi still bilan aloqador bo bo‘ladi.
3. Differentsiya tamoyil. Bu prinspda tinish belgilarining qo‘llanishi yozuv texnikasi (formasi) ni aniqlash (differentsiya qilish) bilan bog‘liq.
1-bob. Tinish belgilarining qo‘llanish usuliga ko‘ra tasnifi.
1.1. Mazmun, ohang, gramatik qurilishi
Punktuatsiya - tinish belgilarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Hozirgi yozma adabiy tilda 10 ta tinish belgisi qo‘llaniladi: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (1), ko‘p nuqta (...), qavs (), qo‘shtirnoq («<»), vergul (,), nuqtali vergul (.), ikki nuqta (:), tire (--).
Ma'lum bir maqsad, fikr og‘zaki nutqda ma'lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi. Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko‘rsatishda qo‘shimcha, ammo zaruriy vositadir. So‘zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz: Poyezd keldi. Poyezd keldi! Poyezd keldi?
Bu uch gapdagi xabar, his-hayajon, so‘roq mazmuni gaplardan so‘ng qo‘yilgan tinish belgilari orqali bilinadi.
Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko‘ra qo‘llanadi:

  1. Mazmun. Ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun tugallangan bo‘lsa, nuqta, undov

yoki so‘roq belgisi, uch nuqta qo‘yiladi. Masalan:
- O‘zimiz institut ochyapmiz, bilib qo‘y....
- Institut?
- Institut!
O‘zgalarning gapi bo‘lsa, qo‘shtirmoqqa olinadi: «Ertaga sinovlar boshlanadi», - dedi o‘qituvchimiz.
Gaplar orasidagi mazmun munosabatlari qo‘shma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar ko‘p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi.

  1. Ohang. Ohang fikr, maqsadning og‘zaki nutqdagi ifodasidir.

Har bir tinish belgisi o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi: undov, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta va nuqta tugallangan ohang bilan, qo‘shtirmoq, qavs kichik to‘xtalish bilan, ajratilgan ohang bilan; ikki nuqta, tire izoh ohangi bilan; vergul, nuqtali vergul kichik to‘xtalish ohangi bilan talaffuz qilinadi.
Ayrim finish belgilari chang talabi bilangina qo‘yiladi:
Qush mag‘rur - qanoti boʻlgani uchun,
Tog‘ mag‘rur - savlati boʻlgani uchun.
Bu jumlani tire ohang talabi bilan, birinchi gapning ma’nosiga diqqatni jalb etish talabi bilan qo‘yilgan.
Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo‘ladi. Bu jumlada kesim egaga bo‘ladi bog‘lamasi bilan birikkani uchun, egadan so‘ng tire qo‘yilmasligi kerak edi.
Ammo ega mantiqiy urg‘u olgani bois, undan so‘ng tire qo‘yilgan.


  1. Download 304.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling