3. SHARTNOMANI MUDDATIDAN AVVAL BEKOR QILISH ASOSLARI VA TARTIBI
3.1. Ishberuvchi quyidagi holatlarda ushbu Shartnomani muddatidan avval bekor qilishi mumkin:
3.1.1. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganida;
3.1.2. Kafil bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganida.
3.2. Ushbu Shartnoma Ishberuvchining tashabbusiga ko‘ra muddatidan avval bekor qilingan taqdirda, ushbu Shartnomaning 2.4-bandida nazarda tutilgan ushlab qolish tartibi o‘zkuchini yo‘qotadi, bunda Xodim ushbu Shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab 1 (bir) ish kunidan kechikmagan muddatda Ishberuvchi oldidagi qarzdorlikn ito‘liq hajmda so‘ndirishi shart.
3.3. Xodim ushbu Shartnomaning 3.2-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, Ishberuvch iXodimga belgilangan ishhaqi va boshqa daromadlarning 100 foizini ushlab qolish huquqiga ega.
4. YAKUNIY QOIDALAR
4.1. Ushbu Shartnoma har bir Tomon uchun bittadan bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi.
4.2. Ushbu Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
4.2.1. Tomonlar kelishuviga ko‘ra;
4.2.2. Ishberuvchi tomonidan bir tomonlama tartibda kiritilishi mumkin.
4.3. Tomonlar o‘rtasidagi nizolar Ishberuvchi joylashgan manzil bo‘yicha sudda ko‘rib chiqiladi.
5. TOMONLARIMZOSIVAREKVIZITLARI:
Do'stlaringiz bilan baham: |