Son so‘z turkumi bo‘yicha mashqlar 1-mashq. Otlashgan sonni toping


Download 16.08 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi16.08 Kb.
#1094590
Bog'liq
Son


Son so‘z turkumi bo‘yicha mashqlar
1-mashq. Otlashgan sonni toping.
1.O'nta daftarim bor edi, uchtasini ukamga berdim. 2. Anvar beshta sumka sotib oldi. 3. Sakkizinchi maydondan chiqarildi. 4. Qirqiga chidagan qirq biriga ham chidar.5. O’g’lim, yetmish birga kirdik. 6. Birni birov bersa, mingni mehnat beradi. 7. Ikkala mo’ysafid choyxonaga kirishdi.. 8. Qirq-qirq beshdan bersam degan niyatim bor. 9. Ahmad yetti-sakkizlarga borib qolgan edi. 10.Ukam ikkinchi sinfda o’qiydi. 11.Bimiki mingga, mingniki tumanga. 12.Uchovi baravariga kulib yubordi. 13.Solih Mahdumning g’oyasi birni ikki qilish, beshni o’n qilish edi. 14. Yigirma oltinchisi otilmasin. 15.Biri – olim, biri – zolim.
2-mashq. Quyidagi berilgan sonlarning ma’no turlarini aniqlang. Beshta, oltovlon, bitta-bitta, uchinchi, yarim, o’ntacha, besh dona, ikkala, to’rttadan, to’qqizinchi, chorak, yettovlon, sakki nafar, besh-olti, yuzlarcha, mingla, ikkitadan, yigirmanchi, o’n tup, minglarcha, o’n-o’n besh, to’qson, oltmishta, yigima, beshtadan, oltita, sakkiz, minglab, sakkiztadan, yuklab, qirq, qirqinchi, qirqtadan, yettitadan, o’n kilodan, oltmishtacha, million, nimchorak, saksonta, minglab
3-Mashq. Sonlarning ma’nosiga ko’ra turini aytib bering. 1.Osh ustida ikkovi ham biron og’iz so’z aytishmadi. 2.Beshovimiz bir quti urug’ olsak, nainki eplab baqolmasak? 3.Uch yilda ikki kam oltmishta uy qurgan edik. 4. Uchalangizni baliq oviga olib boraman, - dedi 5. Ulardan bittasi kutilmagan javobni berdi. 6.Ikkovlari qadrdonlarcha ko‘rishdilar.
4-Mashq. Otlashgan sonlar si topib, tagiga chizing. 1.Opam ham mayli-yu, ikki ukamga achinaman. Biri o’nda, biri vettida. 2. Ota kasbida gap ko’p ekan, birim ikki bo’lib boryapti. 3. Ikkalasi uzoq jim qolishdi. 4. So’rilarning biri bo’sh, ikkinchisida uchta qariya yonboshlab, choy ichishardi. 5 O’n oltinchida yetib borishga va’da berganman.6. Aytganlarimning o’ndan birini ham bajarmabdi. 7. Oltovlan ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, to’rtovlon tugal bo’lsa, unmaganni undirar. 8.Devorning uchdan biri oq rangga bo’yaldi. 9. Yigirmata vagonning o’n uchtasi izdan chiqib ketibdi. 10. Shirin kulcha ekan, yana bittasini olamizmi? 11.Ikkovi to’qqizinchini birga bitirgan, keyin kollejda ham birga o’qishgan. 12. Bittasi bir lahzada ichidan olov tutaqtirdi. (O.)
5-Mashq. Ot, sifat va sonning sintaktik vazifasini aniqlang. 1.O’zi bitta, ko’zi mingta. 2.Volga daryosining uzunligi 3690 km. 3.Ikki yaproq bir tanda, yozda kezar chamanda. 4. Uchalangiz kechagi jurnalni topib keling. 5.Qorabuloqqa birinchi qor tushdi. 6. Toshkent ming-minglab kishilarni ish bilan ta’minladi. 7. Darsimiz soat sakkiz yarimda boshlandi. 8. Uyning eshigi yashil bo’yoq bilan bo’yalgan. 9. Men ikki ukamga achinaman: biri o’nda, biri yettida 10. Ikkisi ham uzoq jim qoldilar.
6--mashq. Quyidagi numerativlarni ma’no guruhlariga ajrating. So’lkavoy, tosh, gaz, qadoq, og’ir, kilo, minut, sentner, nusxa, qultum, luqma, tonna, litr, quchoq, poy, tanob, bog’, parcha, bosh, to’g’ram, hovuch, botmon, gramm, chaqirim, qadam, yil, qarich, hafta, quloch, arava, to’da, shoda, gala, dasta, to’p, guruh, oy, so’m, kun, miri, asr, tanga, soat, chaqa, daqiqa, tilla, tiyin, paqir, sutka, misqol
7-mashq. Ot, sifat va sonning sintaktik vazifasini aniqlang. 1.Qizlar o’ttiz uch ishkomli tokzorni aylanib chiqishdi. 2.Bir daraxtni kessang, o’n daraxtni ek. 3. Kuzgi olmalar pishibdi. 4.Bol shirin, boldan ham bola shirin. 5.Uyning kichikroq xonasini kabinetga aylantirdim. 6. Yaxshining yaxshiligi tegar har erda. 7.Insondan bebaho, ulug’roq boylik dunyoda yo’q. 8. Yosh-qari cho’lni obod qilmoqda. 9.Bolalar devoriy gazetaga maqola yozishdi. 10.Maktabimizning bolalari juda ishchan. 11.O’nta daftarim bor edi, uchtasini Ergashga berdim. 12.Saksonning yarmi – qirq.
Download 16.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling