Son so'z turkumi Reja
Download 55.5 Kb.
|
Son so\'z turkumi
Sintaktik xususiyatlari:
1.Sifatlovchi aniqlovchi: Sizday yetti yigitim bo'lsa, 7 iqlimni zabt eta olardim (O). 2.Otlashganda (sanoq, tartib, jamlovchi) ega, kesim, qaratqichli-aniqlovchi, to'ldiruvchi: Biri-kuyovu, biri-kelinchak. Bittasi bulbulu, bittasi chechak (G.G). Birning kasofati mingga tegar, mingniki tumanga tegar (M). Yaxshiligimni unutmagin, gap bitta. 3.Fe'lga bog'langandagi holati: Kibrli Ramazon qoridek odamlar shaharda yuz tadan bitta topilar edi (P.T.) 4.Ot, sifat., son bilan ifodalaganda aniqlovchi, ega bo'ladi: son-sifat-ot. Qishloqda uchta hashamatli bino savlat to'kib turibdi. 5.O'zi bog'langan so'zga bo, be aniq olmaydi. 6.Kesim birgalik nisbati bo'lsa, son, ot bilan birikmaga ega vazifasida bo'ladi: 5 qiz kelishdi. 1 soni boshqa sonlarga xos semantik, grammatik belgilaridan tashqari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo miqdor tushunchasini ifodalaydi. 1 metr chit, 1 kg shakar: Kifoyatxon dasturxonga bir kosa osh, 2 ta ravoch keltirdi. (A.Q.) konteksda konkretlashadi. 1.Oldin tilga olinmagan ot oldida kelganda gumon: Kattakon yer o'choq oldida bir qarich chirsillab yonayotgan o'tga qarab jimgina o'tiribdi. Holat bildiruvchi formasi sifat, ravish, ot oldida kelganda kuchaytiradi. Kuchaytirma ravishlari (juda, g'oyat, nihoyatda) Kuchaytirma yuklamalar (ham, hatto) kabi O'g'limning qilgan ishidan bir hijolat bo'ldim (fe'lga bog'landi). Qor charx urib ёg'ardi. Hakim bir tez yurardi, men esa zo'rg'a qadam bosardim (S.B.). Uzun tunlarning birida otam bir qiziq ertak so'zlab berdi (S.B.) 1 soni sifatlovchi sifatlanmish orasida kelganda ma'no kuchaytiradi. Gulnor uchun ulug' baxt shu uchrashuv bo'ldi. Shunday so'zi kelsa ta'kidlash ma'nosi yanada kuchayadi. Malohat ham shunday bir narsani orzu qilib yurardi. Ayiruv, chegaralov yuklamalari (gina, faqat) o'rinda qo'llanib, ajratib, ko'rsatib, chegaralash ma'nosini ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat. Bir son o'zi bog'lanib kelayotgan so'z bilan «hech kim», «hech qanday» olmoshlari ma'nosida ham keladi: kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi. Uyushiq bo'lakli gaplarda, qo'shma gaplarda bog'lovchi, ayiruv bog'lovchi vazifasini bajarishi mumkin. Bir unga qaraysan, bir menga qaraysan. (uyushgan bog'lovchi) Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning Umri bir oqardi, bir qizardi. Kesim bo'lib kelganda birlik, birdamlik, o'xshashlik, umumiylik ma'nosini ifodalaydi: Odamning tili bilan dili bir bo'lsin. Kemaga tushganning joni bir. (M) Bir so'zi bilan olmosh, ravish, ot, fe'l yasaladi. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling