Son so‘z turkumini o‘rganish darslari
Download 101 Kb.
|
Son so‘z turkumini o‘rganish darslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Son soz turkumi yuzasidan darslikdagi berilgan malumotlarni tahlil qilish. Son soz turkumini organishda gramatik oyinlardan foydalanish Reja: 1
- Dars ishlanmasi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI Boshlang’ich ta’lim va sport- tarbiyaviy ish yo'nalishi 9-13 Btus 19 guruh talabasi G’aybullayeva Nigoraning “ Ona Tili o’qitish metodikasi ”fanidan BUXORO-2022 Mavzu:Son so'z turkumi yuzasidan darslikdagi berilgan ma'lumotlarni tahlil qilish. Son so'z turkumini o'rganishda gramatik o'yinlardan foydalanish Reja: 1.Sanoqni bildirgan so‘zlar. 1- sinf. 2.Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlar. 2- sinf. 3. Son so‘z turkimi, sonlarning otlar bilan bog‘lanishi. 3- sinf. 1. .Sanoqni bildirgan so‘zlar. 1- sinf. O‘qituvchi talabalar bilan savol - javob qilish orqali son so‘z turkumi haqidagi nazariy bilimlarni mustahkamlab oladi. Sonni o‘ganish tizimi son haqidagi materalni leksik grammatik tomonidan sinfdan - sinfga o‘tgan sayin boyitib murakkablashtirib borishni nazarda tutadi. Boshlang'ich ta‘limda son 3 yo‘nalishda o‘rganiladi. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash. Sonlarning imlosi ustida ishlash. Son boshlang’ich sinflarda quydagi izchilliklarda o‘rganiladi. 2-sinfda nechta?, qancha?, so‘roqlariga javob bo‘lib shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? So‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini bildiradi. Nechta? qancha yoki nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan bunday so‘zlar shaxs va narsalarning nomini bildirgan so‘zlarga bog‘lanib ularning sanog‘i yoki tartibni ifodalashi amaliy o‘zlashtiriladi va keyingi sinflarda sonning so‘z turkimi sifatida o‘rganishga o‘quvchilar tayyorlanadi. Dars ishlanmasi Mavzu: Nechta? qancha? yoki nechanchi? so‘roqlaria javob bo‘lgan so‘zlar. Maqsad: Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish. Darsning borishi: 1. Uy vazifasini tekshirish. 2. Sanoqni va tartibni bildirgan mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yib matnni yozish. 261-mashq 3. Maqolalar ustida ishlash. Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlash 262-263-mashlar. 4. O‘yin “Qancha qoldi?” To‘qqiz vagon bor poyezd Chiqdi janub tomonga. To‘qqiz tadan televizor Yuklangan har vagonga. Qirqda televizorni Jizzax, Samarqand oldi. Xo‘sh qancha televizor Termiz shahriga qoldi. B.Omonov. O‘quvchilar she’rni o‘qiydilar.Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlab,o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga yozadilar.(Qancha?) To‘qqiz vagon, (Qancha?) Qirqta televizor.Javob. (Qancha?) Qirq bitta televizor qoldi. 264-mashqdagi “Pul” matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. Matn o‘qilib, savollarga javob beriladi. So‘ng grammatik topshiriq bajartiriladi. V.Darsni yakunlash. VI.Uyga vazifa. 265-mashq.Sheyriy topishmoqni ko‘chiring.Sanoqni bildirgan so ‘zlarni savollar berib aniqlang. 3-sinfda “Son-so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarga son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslanishi talabalarga aytib o‘tiladi. Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling