Son va sanoq


Download 314.22 Kb.
bet14/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
kichik

Geometrik shakllar


Mavzu: Kvadrat shakli bilan tanishish
Maqsad:

  • Kvadrat shakli bilan tanishtirish va uning nomini to’g’ri aytishni o’rgatish.

Kutilayotgan natija:

  • Bolalar kvadrat shaklini bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • Kartondan yasalgan kvadratlar (tarbiyachi va xar bir bolaga).

  • Qog’oz va qalamlar (xar bir bolaga). Kartondan yasalgan 2 ta xar xil o’lchamdagi kvadrat. Tarbiyachi o’zi xoxlagan kattalikdagi kvadratlarni tanlashi mumkin.

  • Doira va kvadratlar to’plami.

Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, mening qo’limda qanday shakl bo’lsa, siz ham stolingiz ustidan xuddi shunday shaklni olinglar. Bolajonlar, bu qanday shakl ekanligini bilasizlarmi? Bu kvadrat! Kvadratning xamma tomonlari teng buladi. Endi kvadratni stol ustiga qo’ying va uning chetidan barmoq yurgizib chiqing. Barmoqlarimiz qanday to’siqlarga uchradi? Kvadratning burchaklari bor shuning uchun barmogimiz to’siqqa uchradi, ya’ni har bir burchakda barmog’imizni burib olishimizga to’g’ri keldi. Kvadratni yumalatib ko’ramiz. Kvadrat yumaladimi? Yo’q, kvadrat yumalamadi, chunki uning yumalashiga burchaklari halaqit beradi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Har bir bolaga qog’oz, qalamlar, katta va kichik o’lchamdagi 2 ta kvadrat beriladi. Bolalar bu kvadratlarni aloxida-aloxida olib chetidan qalam yurgizib, qog’ozga chizib oladilar. Tarbiyachi bolalardan hozir qaysi kvadratni chizayotganini, kattasimi yoki kichigi ekanligini so’raydi. (4-rasm).
Bolalar kvadratlarni chizib bo’lganlaridan so’ng ularni o’zlari xoxlagan rangga bo’yaydilar, ishni tugatganlaridan keyin tarbiyachi so’raydi: Kichik kvadratni qanday rangga bo’yadingiz?
Katta kvadratni qanday rangga bo’yadingiz?
4-rasm








Guruhiy ish.
Bolalar qo’llarini orqaga qilib doira bo’lib turadilar. Tarbiyachi bolalarning qo’llariga kvadrat va doira shakllarni berib chikadi. Bolalar qo’llaridagi shaklni paypaslab ko’rib, qanday shakl ekanligini topadilar va navbat bilan aytadilar. Tarbiyachi bolalarni qo’lidagi shakl bo’yicha 2 guruhga bo’ladi: «Kvadrat shaklini ushlaganlar o’ng tomonimga, doira shaklini ushlaganlar chap tomonimga turib olinglar». So’ng har ikki guruh 2 ta stoldagi aralashtirib qo’yilgan doira va kvadratlarni ko’zi boglangan holda ajratadilar. Bolalarning har biri o’zining o’ng tomoniga doiralarni, chap tomoniga kvadratlarni yigadilar. Ishni tugatganlaridan so’ng bolalar ko’zlarini ochib, ishni qanchalik to’g’ri bajarganliklarini ko’rib chiqadilar va doiralarni bir idishga, kvadratlarni ikkinchi idishga solib qo’yadilar.

Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling