Son va sanoq


Download 314.22 Kb.
bet12/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
kichik

Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: «Bolalar, stolda har biringizga konvert qo’yilgan, qani konvertlarni ko’ringlarchi, nima bor ekan? To’g’ri, doiralar bor ekan. Doiralar qanday rangda? Ko’rsatkich barmogingizni doiraning chetidan yurgizib chiqing. (Tarbiyachi topshiriqni bajarishga qiynalgan bolalarga yordam beradi.) Endi katta doirani yumalatib ko’ringlar. Yaxshi, yumaladimi? Kichkinasini yumalatinglar. Ko’rdingizmi, hamma doiralar yumalaydi.
Guruhiy ish.
Tarbiyachi: Bu doiralardan nimalar yasash mumkin? (Bolalarning javoblari). Kelinglar, bolalar doiralardan chiroyli gullar yasaymiz va guldasta hosil qilamiz.
Tarbiyachi va bolalar birgalikda doiralardan turli gullarni yasaydilar.


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Biz qanday shaklni o’rgandik?
2. Doira shakli yumalaydimi? Yumalatib ko’ring.
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Doirani sezgi-harakat va quruv yo’li bilan tekshirish usullarini o’rgatish
Maqsad:

  • Doiralar har xil o’lchamda bo’lishi mumkinligini ko’rsatish, sezgi-harakat va quruv yo’li bilan tekshirish usullarini o’rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

Kerakli jihozlar:

  • Bolalar va tarbiyachi uchun 1 tadan kartondan yasalgan doiralar to’plami. Doiralarning har bir to’plamida biriktiriladigan 3 ta doira bo’ladi, xar bir to’plamdagi doiralar bir xil rangga bo’yalgan, doiralar to’g’ri qo’yilsa, yaxlit fon- asosiy rang hosil bo’ladi. Katta doiraning diametri 10 sm, o’rtanchasiniki 8 sm, kichkinasiniki 5 sm yoki kattasiniki 15 sm, o’rtanchasiniki 10 sm, kichiginiki 5 sm.

  • Qog’oz va qalamlar (xar bir bolaga). Kartondan yasalgan 2 ta xar xil o’lchamdagi doiralar. Tarbiyachi o’zi xoxlagan kattalikdagi doiralarni tanlashi mumkin.




Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling