Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalar gilamda doira bo’lib o’tiradilar, o’rtada turli qurilish materiallari bo’ladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi mana shu qurilish materiallari ichidan ikkita bir xil uzunlikdagi taxtachalarni topib ko’rsatinglar. Buning uchun nima qilasiz? Bitta taxtani olib, o’nga boshqa taxtalarni qo’yib o’lchab ko’rasiz. Qanday o’lchashni bilasizmi? To’g’ri, yoniga va ustiga qo’yib, o’lchab ko’ramiz.
Xar bir bolaning topshiriqni qanday bajarganligini tekshirib chiqish lozim.
Bilimlarni mustahkamlash uchun O’yin.
Bolalar geometrik shakllar yordamida 3 guruhga bo’linadi va hamma guruhga bir xil qurish-yasash materiallari beriladi, bolalar o’zlari ijod qilgan holda turli narsalarni ko’radilar. Masalan: uy, mashina, vagonlar va x.k. Bolalar ko’rayotganda tarbiyachi ularga savollar bilan murojaat qilishi mumkin, «Nima ko’rayapsizlar?», «Bir xil uzunlikdagi taxtalarni topish uchun qaysi usuldan foydalandingiz?» va x.k.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savol:
1. Har xil uzunlikdagi taxtalar ichidan 2 ta bir xil uzunlikdagi taxtani topish uchun qaysi usuldan foydalanish mumkin?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Predmetlarni uzunligi va kengligiga qarab taqqoslashni o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natija:
Bolalar predmetlarni uzunligi va kengligiga qarab taqqoslashni o’rganadilar.
Kerakli jixozlar:
Ko’prik qurish uchun taxtalar.
Keng va tor tasmalar (xar bir bolaga).
Jo’jalar (xar bir bolaga 4 tadan).
Do'stlaringiz bilan baham: |