Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: « Bolajonlar, mana bu daraxtlarga e’tibor bering. Daraxtlar qanday rangda? qaysi daraxt baland (past)? Buni qanday bilsak bo’ladi?» Bolalar daraxtlarning bo’yini, yonma-yon qo’yish bilan o’lchab ko’rishadi. Keyin ularga o’ng qo’liga baland daraxtni, chap qo’liga past daraxtni olish taklif qilinadi. Tarbiyachi 3-4 boladan qaysi qo’lida baland, qaysi qo’lida past daraxt borligini so’raydi. Topshiriq beradi: baland daraxtga sariq qushni, past daraxtga oq qushni qo’ying. «Sariq qush baland daraxtga qo’ndi. Oq qush past daraxtga qo’ndi».
Bolajonlar, rasmga e’tibor beringlar. Bu rasmda turli yoshdagi bolalar tasvirlangan: Farrux eng kichigi bo’lganli sababli uning bo’yi past, Jamol eng katta bo’lganligi sababli uning bo’yi baland, Botir Farruxdan uzun, Jamoldan pastroq. Jamolning ko’ylagini yashil rangga bo’yang, Botirning ko’ylagini sariq rangga bo’yang, Farruxning ko’ylagini ko’k rangga bo’yang.
Bolalar bilimini mustaxkamlash va tekshirish uchun savol:
1. Daraxtlar balandmi yoki gullar?
2. Xonamizdagi eng baland narsani toping.
Faoliyat oxirida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Predmetlarni uzunligi, kengligiga ko’ra ustiga va tagiga qo’yish usullaridan foydalanib qiyoslashni o’rgatishni davom ettirish
Maqsad:
Bolalarni har xil va bir xil kenglikdagi va uzunlikdagi predmetlarni ustiga va tagiga qo’yish usullari yordamida taqqoslashga o’rgatish.
«Uzunligi bir xil», «teng», «har xil uzunlikda», «kengligi har xil» so’zlarini nutqda ishlatishni mashq qildirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar 2 ta predmetni kengligi, uzunligiga ko’ra taqqoslashni va buni nutqda ifoda etishni o’rganadilar.
Kerakli jixozlar:
Qo’g’irchoq.
2 ta bir xil uzunlikda va 4 ta xar xil uzunlikdagi lentalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |