Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun savollar:
1. Biz har bir bargning ustiga nechtadan qo’ngizcha qo’ydik?
2. Biz har bir daftarning ustiga nechtadan qalam qo’ydik?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Son va sanoq
Mavzu: «Qancha», «shuncha», «teng» so’zlarining ma’nosini tushunish va nutqda qo’llashni o’rgatishni davom ettirish
Maqsad:
Bolalarga namuna kartochkadagi rasmlar ostiga rasmni qo’yish yo’li bilan teng, teng emasligini aniqlashni o’rgatish, rasmlarni aniq tepadagi rasmning pastidan qo’yish va orasidagi masofaga qattiq etibor berish.
«Qancha, shuncha», «teng» so’zlarining ma’nosini tushuntirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar 2 guruh predmetlarni taqqoslashni va buni nutqda ifoda etishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Namoyishlar taxtasi va rangli buyumlar (4 ta), 2 ta sichqoncha, 4 ta sharf.
Tarqatma material:
Har bir bolaga 2 ta kartochka (birinchi kartochkada 3 ta anor, ikkinchisida 4 ta anor tasvirlangan).
Xamma bolaga bir xil kichik o’yinchoqlar to’plami.
«Pazl» O’yini uchun uchburchak va kvadrat shaklida 4 ta bo’lakka bo’lingan rasmlar. (Har bir bolaga bitta yoki kichik guruhlarga bittadan pazl).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi namoyishlar taxtasida buyumlar ostiga buyumlarni qo’yish usuli bilan teng, teng emasligini aniqlashni o’rgatadi. «Qanday qilib qancha buyum bo’lsa, shunchani birdaniga qo’yish mumkin?» Tarbiyachi buyumlarni guruh-guruh qilib qo’yar ekan «teng» so’zini ishlatadi va «Yuqoridagi har bir narsaning tagiga narsani qo’ysak, ularning soni teng bo’ladi», deb tushuntiradi. Bolalarni navbat bilan chaqirib yuqoridagi qatorga qancha buyum qo’ysa, pastki qatorga ham shuncha buyum qo’yishni taklif qiladi (2 tadan-4 tagacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |