Son va sanoq


Download 314.22 Kb.
bet25/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
kichik

Miqdor (Kattalik)


Mavzu: Namunadagi rasm yordamida ustiga qo’yib taqqoslash usuli bilan tanishtirish


Maqsad:

  • Bolalarni namunadagi rasm yordamida ustiga qo’yib taqqoslash usuli bilan tanishtirish.

  • «Qancha-shuncha» so’zlarini tushuntirish, narsalarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga terishni va qanday qilayotganligini aytishni o’rgatish.

Kutilayotgan natija:

  • Bolalar predmetlarning 2 guruhini taqqoslashni va buni nutqda ifoda etishni o’rganadilar.

Kerakli jihozlar:



Faoliyatning borishi:
Dastlab tarbiyachi flanelegrafda har bir gulning ustiga bittadan kapalak qo’yib, qancha gul bo’lsa, shuncha kapalak qo’yishni ko’rsatib beradi.
«Men gullar qancha bulsa, shuncha kapalaklarni qo’ydim».
Bolalarning diqqatini ortiqcha kapalaklar qolishi mumkinligiga qaratadi. Takror ko’rsatayotganida tarbiyachi alohida ta’kidlaydi-kapalakni o’ng qo’l bilan olib, chapdan o’ngga qarab qo’yib chiqish kerak. Har bir gulning ustiga kapalakni tekis qilib qo’yish kerak.




Bolalar uchun amaliy ish.
Har bir bolaga likopcha, qo’ngizchalar, 2 tadan rasm beriladi. Bitta rasmda 3 ta sariq barg, ikkinchisida 4 ta yashil barg tasvirlangan.
Topshiriq berishdan oldin tarbiyachi bolalarga likopchasida nimalar borligini yaxshilab ko’rib chiqishga ruhsat beradi. So’ngra rasmda qancha barg bo’lsa, shu barglarning ustiga shuncha qo’ngizchalar qo’yishni taklif qiladi. Har bir bargning ustiga bittadan qo’yish kerakligini tushuntiradi.
Bolalar topshiriqni bajarishga kirishishlaridan oldin tarbiyachi bolalardan chap va o’ng qo’lini ko’rsatishni taklif qiladi, chap qo’l bilan rasmni ushlab, o’ng qo’l bilan qo’ngizchalarni qo’yib chiqishni (chapdan o’ngga) o’rgatadi.
Keyingi topshiriqda har bir daftarning ustiga bittadan qalam qo’yish topshiriladi.



Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling