Son va sanoq


Download 314.22 Kb.
bet21/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
kichik

Faoliyatning borishi:
Bolalar gilamda o’tiradilar. «Qaranglar, bolalar,- deydi tarbiyachi. –Siz bilan qurgan ko’prigimiz. Ko’prik taxtachalarining uzunligi bir xil edi, to’g’rimi? Qanday tekshirib bilsak bo’ladi? Jamol, taxtachalarni yonma–yon kuy, uchlarini tenglashtir. Taxtalarning uzunligi to’g’risida nima deyish mumkin? To’g’ri, ular bir xil uzunlikda. Oldin bu taxtani qo’yamiz. Ulugbek mashinani ko’prikdan yurgizadi. Mashina ko’prikdan o’ta oldimi? Xa, o’ta oldi. Endi bunisini kuyib ko’ramiz, (keng taxtachani tor taxtacha bilan almashtiradi), endi mashina yura oladimi? Sarvar mashinani yurgizib ko’radi. Nima uchun mashina o’ta olmadi? Qaysi taxtacha tor, qaysinisi keng ekanligini qanday bilsa bo’ladi?»
Taxtachalarni birlashtirib, eniga taqqoslanadi, qaysi keng va qaysi tor ekanligi aniqlanib, ko’prikka qaysi mos kelsa o’sha olinadi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Kichkintoylar stullarga o’tirishadi. Tarbiyachi so’raydi: «Bolajonlar, har biringizning oldingizda ikkita tasma turibdi. Ularga yaxshilab e’tibor bering. Tor qog’oz tasmaning rangi qanday? Qanday bilsak bo’ladi? To’g’ri, tasmalarni ustma-ust qo’yib eni o’lchanadi».
Tasmalarning keng–torligi ustiga va yoniga qo’yish usullari yordamida aniqlangandan keyin tarbiyachi topshiriq beradi: tor tasmani balanddan, keng tasmani pastdan qo’yinglar, tor tasmaga bitta jo’ja qo’yinglar, keng tasmaga ko’p juja qo’yinglar. Oxirida tarbiyachi so’raydi: «Bitta jo’ja turgan tasma kengmi, tormi? Ko’p jo’jalar turgan tasmachi kengmi, tormi?»
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun O’yin: «Poezd».
Bolalar bilan «Poezd» O’yini o’ynaladi. Tarbiyachi: «Men elektrovoz bo’laman, sizlar – vagonchalar». Poezd oldindan tayyorlangan keng va tor yo’llardan, ko’priklardan o’tadi. Keng va tor ko’prik, yo’llardan o’tayotganda tarbiyachi bolalardan, «Qanday yo’ldan o’tayapmiz-keng yo’ldanmi yoki tor yo’ldanmi?» deb so’raydi.
Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun savollar:
1. Keng tasmaga qancha jo’ja qo’ydingiz?
2. Tor tasmaga nechta jo’ja qo’ydingiz?
Faoliyat yakunida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.



Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling