Son va sanoq


Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun savollar


Download 314.22 Kb.
bet29/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
kichik

Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun savollar:
1. Bolajonlar, biz qaysi sonni o’rgandik?
2. 7-rasmdagi bitta bo’lgan narsalarning nomini ayt.
3. Sanoq qaysi sondan boshlanadi?


Faoliyat yakunida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.

Son va sanoq

Mavzu: 2 soni bilan tanishtirish va 2 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish

Maqsad:

  • 2 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish, nutqida «bitta», «ikkita», «bir», «ikki» so’zlarini ishlatishni mashq qildirish.


Kutilayotgan natija:

  • Bolalar 2 soni ichida sanashni o’rganadilar.

Kerakli jihozlar:



  • Kachal polvon (Qo’g’irchoq teatri O’yinchogi).

  • Turli o’yinchoqlar (1 ta va 2 tadan).

  • Geometrik shakllar tasvirlangan kartochkalar (8-rasm xar bir bolaga bittadan).

Faoliyatga tayyorgarlik:



  • Tarbiyachi Faoliyat oldidan stollarga har xil o’yinchoqlarni 1 tadan, 2 tadan qo’yib chiqadi.


Faoliyatning borishi:


Tarbiyachi: Bolajonlar, qaranglar guruhimizga mehmon kelibdi? Bu Kachal polvon.

Kachal polvon: Salom, bolalar! Men sizlarni soginib keldim. Sizlar bilan o’ynayman, yangi-yangi bilimlarni o’rganaman, deb keldim. Bolajonlar, bir sonidan keyin qaysi son kelishini bilasizlarmi?


Bolalarning javobi.


Tarbiyachi: Kel, Kachal polvon, sen ham bolalar bilan o’tirib olgin. Bolajonlar, mana bu bitta mashina, uning yoniga yana bitta mashina qo’ysam, ular ikkita bo’ladi. Hammamiz birgalikda aytamiz bitta mashina, yana bitta mashina-ikkita mashina. Demak, birga-birni qo’shsak ikki soni hosil bo’lar ekan. Tarbiyachi «birga-birni qo’shsak» so’zini aytib, o’yinchoq yordamida ko’rsatadi.


Keyin bitta mashinani olib qo’yadi va nechta mashina qolganligini so’raydi. «Bitta mashina» ekanligini ta’kidlab aytadi. So’ng yana bitta mashinani qo’yadi va endi 2 ta bo’lganligini ta’kidlab aytadi.
Bolajonlar, mana bu son –2.

2


Tarbiyachi 2 soni katta qilib yozilgan kartochkani bolalarga yaxshi ko’rinadigan joyga ilib qo’yadi.
Tarbiyachi flanelegrafning yuqori katoriga bitta olma shaklini qo’yadi. Ikkinchi qatorga 1 ta nokni qo’yadi va so’raydi olma va nok nechta? Keyin ikkinchi qatorga yana bitta nok qo’yadi va so’raydi «Noklar nechta bo’ldi? To’g’ri noklar 2 ta bo’ldi».



Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling