Bolalar bilimini mustahkamlash uchun topshiriq va savollar:
1. Sizda 2 ta yongoq bor edi, men yana 1 ta yongoq bersam,yongoqlaringiz nechta bo’ladi?
2. 3 sonidan oldingi sonlarni sanab bering.
3. 2 sonidan oldin qaysi son turadi?
4. 2 sonidan keyin qaysi son keladi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Uchburchak shaklini quruv va sezgi - xarakat yo’llari bilan tekshirish usullarini o’rgatish
Maqsad:
Bolalarga turli usullar yordamida uchburchak shaklini aniqlashni o’rgatish.
Kutilayotgan natija:
Kerakli jihozlar:
Uchburchak shakli (har bir bolaga 1 tadan).
Qog’oz va qalamlar (har bir bolaga). Kartondan yasalgan 2 ta xar xil o’lchamdagi doiralar.
Uchburchak, kvadrat va doira shaklidagi medalionlar.
Kvadrat, doira va uchburchak shakllari to’plami va uchburchak, doira, kvadrat shaklidagi idishlar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, stolda turli geometrik shakllar bor, shu shakllar ichidan uchburchak shaklini toping va o’ng qo’lda baland ko’taring. Uchburchak shaklining chetidan ko’rsatkich barmogimizni yurgizib chiqamiz. Uchburchak shaklining burchaklari nechta? Kelinglar birgalikda sanaymiz-1, 2, 3. 3 ta ekan. Uchburchak shaklining burchaklari nechta ekan? 3 ta. Tomonlari nechta ekan? Birgalikda sanaymiz-1, 2, 3. 3 ta ekan. Tomonlari va burchaklari 3 ta bo’lgani uchun bu shakl uchburchak deyiladi. Uchburchak shaklining chetidan yana ko’rsatkich barmogimizni yurgizib chiqamiz.
Bolalar uchun amaliy ish.
Har bir bolaga qog’oz, qalamlar va xar xil o’lchamdagi 2 ta uchburchak beriladi. Bolalar bu uchburchaklarni alohida-alohida olib chetidan qalam yurgizib, qog’ozga chizib oladilar. Tarbiyachi bolalardan hozir qaysi uchburchakni chizayotganini, kattasimi yoki kichigi ekanligini so’raydi. Bolalar uchburchaklarni chizib bo’lganlaridan so’ng ularni o’zlari xoxlagan rangga bo’yaydilar.
9-rasm
Guruhiy ish.
Bolalar geometrik shakllar (doira, uchburchak va kvadrat)dagi medalionlar yordamida kichik guruhlarga bo’linadilar.
Har bir guruhga doira, uchburchak va kvadrat shakllarining to’plami beriladi. Bolalar uchburchak shakllarini uchburchak shaklidagi, doiralarni doira shaklidagi va kvadratlarni kvadrat shaklidagi idishlarga yig’adilar.
Bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriq va savollar:
1. Uchburchakning nechta burchagi bor?
2. Uchburchakning nechta tomoni bor?
3. Katta uchburchakni qanday rangga bo’yadingiz?
4. Kichik uchburchakni qanday rangga bo’yadingiz?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |