Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, stollarda turgan o’yinchoqlarga qaranglar. Qaysi o’yinchoqlar bitta, qaysi o’yinchoqlar 2 ta?
Endi rasmga qaraymiz, katta shakllar nechta bo’lsa, kichkina shakllarga shuncha nuqta qo’yamiz.
Masalan: Katta doira shakli nechta bo’lsa, kichkina doiraga shuncha nuqta qo’ying.
Katta kvadrat nechta bo’lsa, kichkina kvadratga shuncha nuqta qo’ying.
Katta uchburchak nechta bo’lsa, kichkina uchburchakka shuncha nuqta qo’ying.
8-rasm
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun O’yin.
Kachal polvon: Kelinglar, birgalikda O’yin o’ynaymiz. Men sizlarga savol beraman, sizlar to’g’ri javob berishga harakat qilinglar.
- Mening ko’zlarim nechta?
- Qo’llarim nechta?
- Jamolbekning qo’llari nechta?
- Mening boshim nechta?
- Oyoqlarim nechta?
- Kamolning quloqlari nechta?
- Mening burnim nechta?
-Endi topishmoqni topinglar, «Bittasi gapiradi, ikkitasi ko’radi, ikkitasi eshitadi», bular nima?
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Senda 1 ta shar bor, yana 1 ta shar bersam, senda sharlar nechta bo’ladi?
2. Stol ustida 1 ta olma bor edi, yana 1 ta olma qo’ysam, olmalar nechta bo’ladi?
3. 1 dan keyingi son qaysi son?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Son va sanoq
Mavzu: 3 soni bilan tanishtirish va 3 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish
Maqsad:
3 soni bilan tanishish va 3 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |