Son va sanoq


Download 314.22 Kb.
bet27/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
kichik

Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarga 3 tadan kartochkalar beriladi va kartochkaning yuqori qatorida qancha rasm tasvirlangan bo’lsa shuncha o’yinchoqni pastki qatorga qo’yish o’rgatiladi. 3-4 topshiriq beriladi.
Har bir boladan kartochkadagi tasvirda qancha narsa tasvirlanganligi va o’nga teng bo’lishi uchun qancha o’yinchoq qo’yganligini izohlab berish so’raladi. Bolalarning nutqda qancha, shuncha so’zlarini to’g’ri ishlatishiga e’tibor beriladi. Noto’g’ri aytgan bolalarga to’g’ri aytish o’rgatiladi.









Bilimlarni mustahkamlash uchun O’yin: «Pazl».
«Pazl» O’yinida bolalarga uchburchak va kvadrat shaklida 4 ta bo’lakka bo’lingan rasmlar beriladi. Pazldagi tasvirda 2 qator narsalar tasvirlangan bo’ladi. Bolalar pazlni yigadilar va qanday rasm tasvirlanganligini yuqori qator bilan pastki qatordagi narsalar soni tengmi, teng emasligini aniqlab, aytib beradilar. Bolalar mustaqil holda aytib bera olmasalar, tarbiyachi yo’naltiruvchi savollar oqkali bolalarga fikrini ifodalashga yordamlashadi. Masalan: Yuqori va pastki qatordagi narsalar hammasi tagma-tag turibdimi? Yuqori qatordagi bitta olmaning tagida nok yo’q ekan, demak, olmalar va noklarning soni teng emas ekan yoki yuqori qatordagi anorlarning har birining tagida limon turibdi, demak, anorlar va limonlarning soni teng ekan.
Pazllarni har bir bolaga bittadan yoki kichik guruhlarga bittadan berish mumkin.
Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun topshiriq:
1. Rasmdagi har bir quyonga bittadan sabzi bering.
2. Quyonlar va sabzilarning soni tengmi?






Faoliyat oxirida tarbiyachi xamma bolalarni rag’batlantiradi.

Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling