Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarga 1 tadan 4 tagacha bo’lgan narsalar tasvirlangan rasm tarqatiladi va «Rasmda qaysi narsalar 4 ta tasvirlangan bo’lsa, ularni 4 soni bilan birlashtiring», deb topshiriq beriladi.
Bolalar birlashtirib bo’lganlaridan keyin tarbiyachi so’raydi:
1. Rasmda doiralar nechta tasvirlangan?
2. Yulduzchalar nechta?
4. Kvadratlar nechta tasvirlangan?
5. Kubik nechta tasvirlangan?
6. Uchburchaklar nechta?
Guruhiy ish.
Bolalar 1 dan 4 gacha bulgan sonlar yordamida 4 ta guruhga bulinadilar. Xar bir guruhning stolidagi savatda xar xil o’yinchoqlar buladi. Tarbiyachi 1-topshiriqda bolalarga xoxlagan o’yinchoqlarini 4 tadan terib, sanab berishlarini suraydi.
2-topshiriqda aytilgan o’yinchoqlarni 4 tadan terib, sanab berishlarini suraydi. Masalan: Kuzichoklarning 4 tasini bir kator kilib chapdan o’ngga tering va chapdan o’ngga karab sanang. Xuddi shu tarzda boshka o’yinchoqlarni xam terib, sanab berishni suraydi. Agar bolalar kiynalsalar, tarbiyachi ularga yordam beradi.
Bilimlarni mustaxkamlash uchun topshiriq va savollar:
1. 2 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ayting.
2. 4 sonidan oldingi sonlarni sanab bering.
3. 3 sonidan oldingi sonni ayting.
4. 3 sonidan keyin kaysi son keladi?
5. 1 dan 4 gacha sanab bering.
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |