So’ndirilmagan kesak-ohak


So‘ndirilmay tuyilgan gidravlik ohakni so‘ndirish


Download 228.84 Kb.
bet5/7
Sana26.12.2022
Hajmi228.84 Kb.
#1067464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ohak

So‘ndirilmay tuyilgan gidravlik ohakni so‘ndirish.



Kuydirish pechi




Yirik bo‘laklari







Idishda jo‘natish









Tovar fraksiya (donalar)

So‘ndirilgan gidravlik ohak ombori

Tuyilgan so‘ndiri1magan gidravlik ohak germetik berk metall konteynerlarda yoki bitumlashtirilgan qog‘oz qoplarda tashiladi. Idishsiz jo‘natıshda esa maxsus jihozlangan sement tashıgıch mashinalardan foydalaniladi.


Kukun holigacha so‘ndirilgan gidravlik ohak tayyorlash tex- nologiyasidan ko‘rinib turibdiki, yuqorida bayon etilgan texno- logiyadan tubdan farq qiladi.
Gidravlik ohak ham havoda qotadigan ohak singari qimmatli xossaga ega: unga suv ta’sir qilganida, nihoyatda mayda kukunga aylanib ketadi. Biroq gidravlik ohak tarkibiga kirgan erkin kalsiy oksidigina so‘nish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Uning gil oksidlari bilan o‘zaro ta’sir etishish mahsulotlari, ya’ni kalsiy silikatlari, alyu- minatlari va ferritlari so‘nish qobiliyatiga ega bo‘1maydi. So‘ndiri1ayotganda ular nisbatan yirik va amalda suvga nisbatan mo‘rt, so‘nmagan zarralar holida qoladi. Ayni vaqtda xuddi ana shu birikmalar mayda tuyilganida ohakka gidravlik xossalar beradi. Shuni nazarda tutib, so‘nmagan donalari elanadi, shar tegir- monlarida maydalanadi. So‘ngra so‘ndirilmagan ohak kukuni bilan aralashtiriladi. Bu usulda ishlab chiqarishjarayoni quyidagi tartibda o‘tadi.
Kuydirilgan kesak ohak dastlab 10-20 mm gacha o‘1chamda maydalanadi. Kesak ohak maydalashdan oldin bir necha kun (3— 5) omborda ushlab turilgani ma’qul. Shunda u havodagi nam ta’siridan qisman so‘nadi, natijada navbatdagi texnologik jarayon- larni bajarish osonlashadi.
Maydalangan mahsulot so‘ndirgich apparatga yuboriladi. Shu maqsadda odatdagi so‘ndirgich shnek qo‘11ani1adi. So‘ndirgich shnekda suv yuborib turiladi. Ohakni kukun holigacha so‘ndirish uchun zarur bo‘lgan suv miqdori ohakdagi erkin CaO miqdoriga bog‘1iq. Kalsiy oksidi ohak og‘ir1igining 15-25 foiz miqdorida bo‘1ishi kerak. Suv minimal nam so‘ndiri1gan mahsulot hosil bo‘1adigan miqdorda quyilishi zarur. Aks holda gidravlik birikmalar ortiqcha quyilgan suv bilan barvaqt o‘zaro ta’sir etishib, qisman gidratatsiyalanadi, natijada sifati pasayadi.
So‘ndirgich shnekda ohak batamom so‘nmaydi. Ohak undan so‘ndirgich siloslarga yuboriladi va bu yerda batamom so‘ndiriladi. Gidravlik ohak sekin so‘nadigan modda bo‘1gani uchun ko‘pincha 10-15 kungacha siloslarda saqlanadi. Issiq suvni ishlatish so‘ndirish jarayonini ancha yaxshilaydi. Shu maqsadda so‘ndirgich shnekda ohak bug‘ bilan namlanadi. Silosdagi massaning isishiga ohak
gidratatsiyalanayotgan vaqtda ajralib chiqadigan issiq ham yaxshi yordam beradi.
So‘ndiri1gan ohak silosdan bir oz so‘nmagan yirik donalar aralashgan kukun holida chiqadi. So‘nmagan donalarini ajratib olish uchun ohak separatorga yuboriladi. 0,2-0,2,5 mm o‘1chamdagi mayda tovar fraksiya omborga, yirik so‘nmagan donalari esa shar tegirmonlarga yuboriladi. Shar tegirmonda maydalanadi, so‘ngra yana so‘ndirgich silosga olib kelinadi.
Mazkur texnologiya bo‘yicha bir yo‘la ikki xi1 mahsulot, ya’ni kuchli gidravlik ohak va kuchsiz gidravlik ohak olish mumkin. Tarkibida talaygina gidravlik birikmalar bo‘lgan, so‘nmagan mayda tuyilgan donalari butun ohak massasiga aralashtirib yuborilmasdan, tayyor mahsulot sifatida ishlatilsa, bu kuchli gidravlik ohak hisoblanadi. Separatordan olingan mayda fraksiyada gidravlik birikmalar nisbatan kam bo‘ladi va bu xossalari jihatidan kuchsiz gidravlik ohak hisoblanadi. Tarkibida gil aralashmalar ko‘p (gidravlik moduli ko‘pi bilan 4-5 ga teng) ohaktoshlardan foydalanayotganda bir yo‘la ikki xi1 ohak ishlab chiqariladi.

Download 228.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling